Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Qaror qabul qilish tamoyillari. Boshqaruvga oid qaror qabul qilish 
faoliyati juda tayinli tamoyillarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Amaliyotda keng tarqalgan tamoyillar quyidagilar: 
– yakkaboshchilik, bunda qaror yakkaboshchilik asosida qabul 
qilinadi. Agar shu qaror yaxshi deb topilsa, menejment nuqtai nazaridan u 
o‘rinli deb hisoblanishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, bu xildagi qarorlar 
asoslangan tanqidga uchrab turadi. Bu shunga bog‘liqki, menejerlar
o‘zlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lib, yakkaboshchilik bilan qaror qabul 
qilishadi. Ana shunday menejerlar xatti-harakatlarining 90 foizga yaqini
buyruqdan iborat bo‘ladi. Bu narsa ishchi guruhlarda keskinlikni yuzaga 
keltiradi. Boshqaruv ishi obro‘-e’tiborga asoslanib olib borilganda
shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch yo‘qolib qolishi va 
janjallar ko‘p bo‘lib turishi bilan ta’riflanadi; 
– yakdillik – bunday tamoyilning bozor munosabatlari sharoitida to‘la 
namoyon bo‘lishi qiyin. U mohiyat-e’tibori bilan oldinga surilayotgan 
muqobil fikrni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bunday bo‘lishi juda 
kam uchraydigan hodisadir. Chunki qarorlarni qabul qilishda 
qatnashadigan kishilar demokratik uslubda fikrlash tarafdorlari bo‘lsalar, 
odatda boshqalarnikidan farq qiladigan o‘z fikrlariga ega bo‘ladilar; 
– ko‘pchilik – bu tamoyil «kaolitsiyalar» ro‘yi-rost ma’lum bo‘lib 
turgan vaziyatlarda, ya’ni qarorni ishlab chiqish jarayonida ham ayrim 
shaxslar, ham guruhlar tomonidan bildirilgan har xil fikrlar raqobat 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȼɚɬɚɧ ɪɚɜɧɚԕɢ ɭɱɭɧ ԟɚɪ ɛɢɪɢɦɢɡ ɦɚɫɴɭɥɦɢɡ. Ɍ. 9. – Ɍ.: 
“ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ” , 2001. – Ȼ. 422. 


 275
qiladigan mahalda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan qaror qabul 
qilishda ovoz berish yo‘liga o‘tiladi.
Qaror qabul qilish uchun aksariyat ko‘pchilikning ovozi yetarlidir, 
gohida ba’zi prinsipial masalalar yuzasidan me’yor 2/3 deb tasdiqlanadi; 
– konsensus, bu tamoyilning paydo bo‘lishi bir qancha omillarga 
bog‘liq. Birinchidan, bu – boshqaruvni demokratlashtirish jarayonining 
chuqurlashib borishidir. Fikrlar plyuralizmi (xilma-xilligi) sharoitida hal 
etiladigan muammolarni o‘zlaricha talqin etadigan, tasavvur qiladigan 
kishilarning qandaydir bir guruhiga yoki ayrim kishilarga tazyiq o‘tkazish 
mumkin emas. Tarbiya ko‘rgan demokratik jamiyat o‘ziga shunday 
muomala qilinishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi. 
Ikkinchidan, bu axborot oqimining tobora zo‘rayib borayotgani va 
qaror qabul qilishning texnik-iqtisodiy sharoitlari murakkablashayot-
ganidir. Bularning unisi ham, bunisi ham har bir fikrga, g‘oyaga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishini, har bir insonga samimiylik 
bilan e’tibor berishni talab qiladi. 
Konsensus qarorlarini ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli 
masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish, kelishishdir. 
Bu narsaga o‘zaro fikr almashinish va maslahat qilish, shuningdek 
oldinga surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirish-
ning har xil usullarini qo‘llash bilan erishiladi. O‘z mustaqil faoliyatini 
boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkor, qanday sohada bo‘lishidan qat’i nazar, 
quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi lozim: 
1) 
bozor nimaligini va unda qanday dastaklar va qonunlar, xususan 
qiymat, talab va taklif, raqobat qonunlari qanday amal qilib berishini 
yaxshi tasavvur etmoq zarur; 
2) tovarlar (ishlar va xizmatlar) bozorda o‘z o‘rnini topishni, 
qancha ehtiyoj qondirilmay, qolganini «hisoblab chiqishni» va nisbatan 
qisqa muddatlarda talabni qondirishni bilish va uddalash zarur. Buning 
uchun tadbirkor kishi qaysi mintaqada ish boshlashni niyat qilgan bo‘lsa, 
o‘sha mintaqadagi marketing tadqiqotlari asoslarini egallab olmog‘i 
kerak; 
3) 
tadbirkorlik faoliyatini uning obyektlari qaror topgan paytdan 
boshlab tartibga solib boradigan normativ aktlar, qonun-qoidalar 
mazmuni o‘zlashtirib olmoq zarur. Soliq tizimining huquqiy bazasini, 
budjetlar, sheriklar, yollanma xodimlar va ishga aloqador boshqa 
subyektlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarga tegishli qonunlar 
bajarilmaganligi uchun zimmaga tushadigan javobgarlikni aniq bilish 
zarur; 


 276
4) ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, biznes-rejani shakllantirish 
mexanizmini, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yaxshi tasavvur 
qilmoq lozim. Tadbirkor kishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni 
tayyorlash texnologiyasini, uning xossalarini, uni sotish, realizatsiya 
qilish imkoniyatlarini bilishi kerak; 
5) boshqarish asoslarini, osoyishtalik, mojarolarsiz ishlash 
imkoniyatlarini o‘zlashtirib olmoq zarur. Ishlab chiqarish menejmentining 
asoslarini egallab olish muvaffaqiyatga erishmoq uchun katta ahamiyatga 
ega; 
6) tadbirkorlik etikasiga, ya’ni odob-axloq qoidalariga alohida 
e’tibor bermoq va o‘z xatti-harakatlari bilan firma xatti-harakatlarini 
axloq-odob nuqtai nazaridan baholab ko‘rmoq lozim. Axloqiy 
munosabatlar xodimlar, jamiyat, davlat bilan bo‘ladigan butun muomala 
tizimiga daxldordir. Jamiyatning ma’naviy-axloqiy mezonlari va 
qadriyatlariga, rasm-rusumlariga asoslanib, firmaning axloqqa doir 
kodeksini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Boshqaruv maqsadi va boshqaruv funksiyalari. Maqsad – bu 
muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan 
mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularining 
ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan 
maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz: 
• bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi
• faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi; 
• faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo‘naltiradi; 
• u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; 
• pirovard natijamizni baholash me’yorini belgilaydi va h.k. 
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqaruv 
uchun juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan: 
• boshqarish funksiyalari; 
• boshqarish usullari; 
• boshqarishning tuzilmaviy tarkibi; 
• lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar 
hal etiladi. 
Boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy talablar: 1) maqsad bir 
ma’noli va aniq bo‘lishi kerak: 
• agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo‘lni tanlashga 
ham hojat qolmaydi; 
2) maqsad real va bajarilishi mumkin bo‘lishi kerak; 


 277
3) maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak: miqdoran 
o‘lchovga, me’yorga ega bo‘lmagan maqsad – bu sarob; 
4) maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lmog‘i darkor; 
5) maqsad bo‘limlar va mas’ullar bo‘yicha detallashtirilgan bo‘lishi 
kerak. 
Yuqoridagilarga asoslanib quyidagi asosiy xulosalarni bayon etamiz: 
1) menejment – boshqaruv san’ati va mahoratidir. Boshqaruv resursi turli 
tarixiy davrlarda va, ayniqsa, bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
G‘ijjakchi musiqasini ma’lum maromda o‘zi boshqara oladi. Biroq orkestr 
uchun albatta dirijor zarur;
2) boshqaruv deganda, eng avvalo, inson faoliyatini boshqarish 
tushuniladi. Boshqaruv samarali faoliyatni ta’minlaydi. U albatta jamiyat, 
jamoa uchun naf keltiradi; 
3) boshqaruv rahbar faoliyati bilan bog‘liq. Shu bois, 
menejerlikning obyekti va subyekti mavjud. Uning obyekti boshqari-
luvchi obyekt, vaziyat, voqelik. Subyekt esa boshqaruv organi yoki 
rahbarlik. Boshqaruv turli sohaviy darajalarda amalga oshiriladi (davlat, 
viloyat, tuman, konsern, firma, tashkilot va h.k.); 
4) boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilish 
maqsadida turli uslublar qo‘llaniladi. Alohida boshqaruvda kasbiy 
tayyorgarlikni amalga oshiruvchi fanlar, ko‘proq menejment fani 
o‘rganiladi;
5) boshqarishning huquqiy vositalari deganda, ijtimoiy munosa-
batlarga yuridik, qonuniy ta’sir o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan 
huquqiy normalar majmui tushuniladi. Bu borada quyidagi huquqiy 
sanksiyalar qo‘llaniladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling