Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

to‘g‘risida»gi qonun, o‘tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti 
hujjati unga uyg‘unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko‘rib 


 254
chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etmoqda»
1
, – deb 
tegishli mutasaddi tashkilotlarga vazifa yuklagani barchamizga ma’lum. 
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida raqobatchilik muhitini 
vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat 
monopoliyasidan nodavlat turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga 
asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga 
o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo 
mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo 
qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy 
mas’uliyatlar asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan tadbirkorlik texnikasini 
zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik subyektlarining mavjudligi, ularning 
bozor orqali aloqa qilishidir. 
O‘zbekiston Respublikasi «Tovar bozorlarida monopolistik 
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi qonunining amal qilishi,
unga zid ravishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik 
rivojiga to‘siq bo‘luvchi ayrim xatti-harakatlar uchrab turibdi. 
Yuqorida qayd etilgan qonunning 7-moddasiga asosan, mahalliy davlat 
organlariga quyidagilar taqiqlanadi: 
– birdan-bir faoliyat sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni 
tashkil qilishga cheklashlar joriy etish, shuningdek, ayrim faoliyat 
turlarini amalga oshirish yoki muayyan bir tovarlar ishlab chiqarishni 
taqiqlash; 
– xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ayni bir tovar bozorining o‘zida 
ishlaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchilar. 
Raqobatchilik muhitini yaratishda va unga qarshi kurashda 
mamlakatimizda qonunchilik asoslarini yaratishga katta e’tibor 
qaratilmoqda. 
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini 
taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan 
muhitda bo‘lishi mumkin. Bozor munosabatlari rivojlangan mamla-
katlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida o‘z-o‘zidan tadrijiy 
yo‘l bilan vujudga kelgan. 
O‘zbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga 
qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan 
mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin egallaydi. 
Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ
ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ. – Ɍ.: 
«ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2010. – Ȼ. 52.


 255
topshiriladi, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik 
muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik 
muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi 
davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga 
asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga 
o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo 
mustaqil tovar ishlab chiqarishning paydo bo‘lishini taqozo qiladi, chunki 
raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z 
manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlikni o‘z zimmasiga olgan erkin 
xo‘jalik subyektlarining mavjudligidir. 
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Prezident 
Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek: «Iqtisodiyotni 
erkinlashtirish – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va 
iqtisodiy mustaqilligi oshirish, tadbirkorlik faoliyatini oshirish yo‘lidagi 
mavjud to‘siqlarni bartaraf etishni anglatadi». Shu maqsadda O‘zbekiston 
Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 
qonuni (1996-y.) g‘irrom raqobatga yo‘l qo‘ymaslik, respublika 
bozorlarini belgilangan talablarga javob bermaydigan mahsulotlardan 
(kontrabanda tovarlaridan) himoyalash kabilarga yordam beradi.
Raqobat bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim xususiyati. U amal 
qilishi uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo‘lishini talab qiladi. 
Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida bo‘lishi mumkin, chunki 
shunda unga zaruriyat bo‘ladi, shuningdek unga yo‘l ochiladi. 
G‘arb mamlakatlarida raqobatga davlat aralashmaydi. Davlat xususiy 
monopoliyalarni jilovlashga qaratilgan tadbiri – 1890-yilda AQShda 
«Sherman qonuni» qabul qilingan, tarixda antitrest deb ham nom olgan. 
Antimonopol qonunchiligi asosan uch yo‘nalishda bo‘ladi: 
1) ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi qonunlar yoki ular 
modellarini aniq belgilash, ya’ni hech bir korxonaga yuqoridagi 
me’yordan ortiq tovar ishlab chiqarishga yo‘l bermaydi, mahsulotning 
qolgan qismini albatta, boshqa korxonalar ishlab chiqaradi, demak, ular 
o‘rtasidagi raqobat ta’minlanadi; 
2) barcha yirik korporatsiyalarning ishtirokchilari boshqa 
korporatsiyalar aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdoridan ortig‘iga 
ega bo‘lmasligi kerak; 
3) narxlarning talab va taklif muvozanati belgilangan darajadan 
yuqori yoki past tutib turishini, narx xususida kelishib olishni man 
qiluvchi antitrest qonunlarini joriy etish. 


 256
Bozor erkin iqtisodiy faoliyatni talab qilgandan jamiyat 
raqobatchilarga bir xil imkoniyat yaratib beradi, xo‘jalik subyektlariga 
o‘zini saqlab turishi uchun bir xil sharoit hozirlaydi, davlat raqobat 
qoidalariga rioya etilishini o‘z nazoratiga oladi, ayrim yoki bir guruh 
tadbirkorlarning monopol mavqeida bo‘lishiga yo‘l bermaydi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling