Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiyot yaxlit 
bo‘lar ekan, iqtisodiy siyosat ham yagonadir. Lekin davlat siyosatining 
aniq yo‘nalishlari bor. 
Monetar siyosat – bu davlatning pul-kredit siyosati bo‘lib, pul 
muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni 
ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini boshqarib turish siyosati 
hisoblanadi. Uning maqsadi narxlarni va shunga ko‘ra milliy pul birligi 
xarid qurbini, uning valuta kursini barqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga 
talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat bo‘ladi. 
Monetar siyosatning uchta asosiy jihati bor: 1.
Qayta 
moliyalashtirish yoki uchot siyosati. Bunda davlat nomidan markaziy 
banklar uchot stavkasini o‘zgartiradi. Stavka oshganda pul qimmatlashib, 
unga talab qisqaradi. U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga talab 
oshadi. 
Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat bo‘lishini bildiradi. Bu 
esa iqtisodiyotga kredit hisobidan yuboriladigan investitsiyalarni 
o‘zgartirib, uning o‘sishiga ta’sir etadi. Masalan, Yevropa mamlakatlarida 
qayta moliyalashtirish stavkasi XXI asrning birinchi o‘n yilligida 0,9
foizga tushdi. Bu bilan kredit arzonlashtirildi, chunki tijorat banklari 
shunga qarab kredit uchun undiriladigan foiz stavkalarini belgiladilar. 
2. Ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish siyosati. Bu davlat 
obligatsiyalarini chiqarib firmalar, banklar va aholiga sotish va vaqti 
kelganda, ularni qaytadan sotib olishni bildiradi. Bu obligatsiyalarni olish 
qulay bo‘ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan foizni davlat to‘laydi, bu 
bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi. Davlat obligatsiyalari 
sotilganda, pul ularga bog‘lanib qoladi, natijada uning muomaladagi 


 31
miqdori qisqaradi. Aksincha, ular qaytadan sotib olinganda, pul ulardan 
bo‘shab muomalaga keladi, u yerdagi pul miqdori ko‘payadi. Demak, bu 
usul bilan ham pul miqdori tartiblanadi. 
3Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar 
boshqa banklar uchun kredit resursining majburiy rezervini kiritadi. Bu 
tartibga ko‘ra banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy 
banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli qisqaradi, agar u 
kamaysa, bu pul ko‘payadi. Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 
80 mlrd. dollar. Shundan 10 foiz zaxiraga o‘tkazilsa, 72 mlrd. dollar 
kredit uchun pul qoladi. Bordi-yu bu zaxira 15 foizga chiqarilsa, kreditga 
68 mlrd. dollar qoladi. Bu bilan kreditga mo‘ljallangan pulning taklifi 
oshadi yoki qisqaradi. Shunga qarab kredit olish goh oshib, goh qisqarib 
turadi. Monetar siyosatning aytilgan yo‘nalishlari shuni ko‘rsatadiki, unda 
turli iqtisodiy vositalar qo‘llanadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling