Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Fiskal siyosat ikki xil bo‘ladi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Fiskal siyosat ikki xil bo‘ladi. Faol fiskal siyosat. Bu qo‘llanilganda 
diskretsion vositalar ishga solinadi, masalan, soliqlar kamaytiriladi, 
ulardan saylangan tarzda bo‘lsa-da siylovlar beriladi, budjetdan 
transfertlar berish ko‘paytiriladi, firmalar subsidiyalar oladi. Bularning 
hammasi iqtisodiy faollikka olib keladi. Firmalar xarajati qisqarib foydasi 
ortadi, aholining transfertlar hisobidan xarid qobiliyati oshadi. Xullas, bu 
siyosat firmalar va xonadonlar talabini oshiradi. Mana shunday yo‘l ko‘p 
hollarda iqtisodiyot qiyinchilikdan chiqib o‘zini o‘nglab olishi uchun 
qo‘llaniladi. 
Nofaol fiskal siyosat. Bu siyosat moliyaviy stabilizatorlarni 
o‘zgartirmay, ularning erkin ishlashiga yo‘l berishga qaratiladi, chunki 
bozor mexanizmi yaxshi ishlab turgan bo‘ladi. Iqtisodiyotning 
uzilishlarsiz yuksalib borishi tufayli moliya vositalarini o‘zgartirishga 
hojat qolmaydi. Demak, bu siyosat iqtisodiy o‘sish to‘xtovsiz borayotgan 
kezlarda ish beradi. 
Investitsiya siyosati. Bu investitsiya resurslarini shakllantirish va 
ularning kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan 
siyosatidir. Bu siyosat investitsion faollikni oshirishga yoki kamaytirishga 
qaratiladi. Bu davlatning struktura (ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish) 
siyosati bilan bog‘liq, bu esa ishlab chiqarishning eski sohalarini cheklab, 
yangi, masalan, eksportga mo‘ljallangan sohalarini o‘stirishni bildiradi. 
Investitsiya siyosatiga ko‘ra yangi istiqbolli sohalarga investitsiya 
qilingan foydadan umuman soliq olinmaydi yoki qisqartirilgan miqdorda 
olinadi. Yangi sohalardagi mol-mulkdan soliq olinmagan holda eski 
sohalardagi mol-mulkdan soliq ko‘proq olinadi. Bu bilan yangi 
sohalarning jadal o‘sishi rag‘batlantiradi, eski sohalar esa 
rag‘batlantirilmaydi. 
Investitsiya siyosati texnika taraqqiyotini ham jadallashtiradi. Yangi 
texnologiyalarga pulni investitsiyalayotgan firmalarga subsidiyalar 
ajratiladi, soliqdan yengilliklar beriladi. Bu siyosat firmalarga tushadigan 
investitsiya yukini kamaytirishni ham ko‘zlaydi. Shu maqsadda bir qator 
serkapital, binobarin, katta investitsiyalarni talab qiluvchi va 
investitsiyalar o‘zini tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni 
davlat o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan firmalar investitsiyasining serfoyda 
ishlarga yuborilishiga ko‘mak beriladi. 
Bozor qoidalariga binoan investitsiyalarni serfoyda sohalarga 
yuborilishi davom etadi. Biroq davlat xususiy investitsiyalarni 


 34
umumiqtisodiy ahamiyatga molik sohalarga yuborilishini o‘z qo‘lidagi 
moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi.
Agrar siyosat. Bu davlatning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan siyosatidir. Mazkur siyosat qishloq xo‘jaligining barqaror 
o‘sishini, oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlaydi. 
Uning doirasida davlat qishloqdagi ishlab chiqarish infratuzilmasining 
(suv xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, gaz va elektr energiyasi ta’minotining) 
xarajatlarini qisman o‘z zimmasiga oladi, davlat yerni ijaraga olib 
ishlatilishini, yerni garovga qo‘yib kredit olishni huquqiy jihatdan 
ta’minlaydi. Agrar siyosatda (yer davlatniki bo‘lgan joyda) davlatning 
xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Dehqonlarni 
qo‘llab turish uchun yer solig‘i yengil qilib belgilanadi. Qishloq 
xo‘jaligida rentabellik past bo‘lganidan kapitalni u yerdan chiqib 
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat fermerlarga subsidiya berib turadi, 
uning hisobidan xarajatlar qisman qoplanib fermerlar me’yordagi 
daromadga ega bo‘lishadi va qishloq xo‘jaligini tark etmaydilar. 
Fermerlarni rag‘batlantirish uchun davlat qishloq xo‘jaligi mahsulotini 
ulardan kelishilgan narxlarda sotib oladi. Davlat narxlari bozor narxlariga 
yaqin turadi, ularga binoan mahsulotni davlatga sotish fermerlar uchun 
qulay bo‘ladi, chunki davlat xaridi mahsulotlarning sotilishini va kanda 
qilmay daromad olinishini kafolatlaydi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling