40
Postindustrial iqtisodiyot – bilimlarning tabiiy kapitalning saqlanishini
ta’minlovchi darajasiga asoslangan takror ishlab chiqarishning noosfera
tipidagi iqtisodiyot.
Insonning rivojlanishi –
shaxsning muayyan individual, ijtimoiy-guruhiy
va ijtimoiy qadriyatlar doirasidagi faoliyati davomida uning miqdor va sifat
o‘zgarishlari bilan kechadigan uzluksiz jarayon.
Iqtisodiy «antropotsentrizm» – insonning butun iqtisodiy faoliyat
markaziga chiqishidan iborat obyektiv jarayon bo‘lib,
bunda ishlab chiqarishni
rivojlantirish maqsadi, insoniyatni rivojlantirish maqsadi bilan
aynanlashtiriladi: iqtisodiyotning insonparvarlashuvi
takror ishlab chiqarish
jarayonining ichki xususiyatiga aylanadi.
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar:
1. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining
cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
2.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyat
a’zolarining yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy
ne’matlarni, xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol
qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, samarali xo‘jalik
yuritish qonun-qoidalarini o‘rgatadi.
3. Iqtisodiyot nazariyasi o‘z predmetini o‘rganishda obyektiv qonun va
kategoriyalarni qo‘llaydi. Bular umumiqtisodiy va ayrim tizimlarga xos
bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani jamiyat ahliga iqtisodiy hodisalarni idrok
etish, kishilarga iqtisodiy bilim berish, jamiyat
iqtisodiy taraqqiyotining
umumiy asoslarini shuningdek iqtisodiy siyosatga oid amaliy tavsiyalar
berishdan iborat.
4.
Ushbu fan bilish, iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos hamda amaliyot
uchun ilmiy baza bo‘lib xizmat qiladi.
5. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotning asosiy muammosi bo‘lgan
iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning yuksalib borayotgan
ehtiyojlarini qanday qilib mukammalroq qondirib borish mumkinligi
to‘g‘risidagi masalaning yechimini hal etishning nazariy jihatlarini
tadqiq
qiladi.