Tadqiqotning strukturalistik metodi – u yoki bu iqtisodiy jarayonning
ichki tuzilishini aniqlash va tahlil qilishga asoslangan usul.
Tadqiqotning subyektivistik metodi – vositalari, bir tomondan, firma,
davlat kabilarga o‘xshash iqtisodiy subyektning emas, balki aniq shaxsning
iqtisodiy xatti-harakati qonuniyatlari bilan bog‘langan, boshqa tomondan
ularni aniqlashga qaratilgan usul.
Iqtisodiy nazariyaning juz’iy metodlari – iqtisodiy hodisalarni tadqiq
etishning aniq va lokal vositalari, usul va yo‘llari majmui.
Iqtisodiy modellar – turli iqtisodiy kattaliklarning miqdoriy baho berish
mumkin bo‘lgan o‘zaro aloqalarini soddalashtirib (chizmalar, grafiklar va shu
kabilar orqali) tasvirlash.
Iqtisodiy manfaat – iqtisodiy subyektning muayyan ehtiyojini
qondirishning u yoki bu ko‘rinishda ifodalangan intilishi.
Iqtisodiyot va iqtisodiy nazariyaning insonparvarlashuvi –
iqtisodiyotning obyektiv voqelik sifatida «insoniylashuvi»dan iborat obyektiv
jarayon hamda bu jarayonning nazariyada subyektiv aks etishi; insonning
takror ishlab chiqarishning kritik omiliga aylanish jarayoni.
Iqtisodiy nazariyaning gumanistik mazmuni – ushbu nazariyada
xo‘jalik yuritish umumiy tizimida insonning tutgan o‘rni va roli bilan bog‘liq
masalalar va muammolarning aks ettirilishi.
Ideal axborot – to‘plangan va ishlab chiqariladigan yangi insoniy
bilimlar shaklida mavjud bo‘lgan axborot.
Ishlab chiqarishning kritik omili – ishlab chiqarishning milliy
yaratuvchi kapital doirasidagi asosiy, hal qiluvchi omili.
Metodologik individualizm – cheklangan ne’matlarni iste’mol qilishdan
olinadigan foydani eng ko‘p darajaga yetkazish maqsadida ulardan eng oqilona
foydalanishga intiluvchi ijtimoiy neytral «atomistik» individ xatti-
harakatlarining qonuniyatlarini aniqlaydigan tadqiqot konsepsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |