Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tayanch tushunchalar: 
Tizim, iqtisodiy tizim, huquqiy tizim, ishlab chiqaruvchi kuchlar, iqtisodiy 
munosabatlar, iqtisodiy tizim turlari, iqtisodiy tizim modellari, an’anaviy 
tizim, totalitar-iqtisodiy tizim, bozor iqtisodiyoti tizimi. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar nima va ular bir-biridan qanday farqlanadi? 
2. 
Umumbashariy tizim hisoblangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
jarayonining uch xil yo‘lini tushuntiring. 
3. Bozor tizimiga o‘tishning «O‘zbek modeli»ni izohlang. 
4. An’anaviy iqtisodiyot nima? 
5. Tizimlarning qiyofasini belgilaydigan belgilarni izohlang. 
6. Iqtisodiy-ijtimoiy tizimda inson omili: shakllanishi, amal qilishi va 
faollashuvi haqida fikringiz? 
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Iqtisodiyotning funksional tizimi – hozirgi zamon iqtisodiyotida 
funksional aloqa va munosabatlarning o‘zaro bog‘liq va rivojlanib borayotgan 
birligi. 
Iqtisodiyot tizimi – uning elementlarining ongli ravishda tartibga 
solingan o‘zaro bog‘liq birligi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar quyidagicha bo‘ladi: 
An’anaviy iqtisodiyot – bu o‘ta zaif ishlab chiqarish omillariga tayangan, 
kam unumli natural ishlab chiqarishga, an’analar shakliga kirgan ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiyotdir. 
Bozor iqtisodiyoti – bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega 
bo‘lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan, aniq ijtimoiy mo‘ljali bor, 
bozor signallariga binoan va pul vositasida boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir. 
Totalitar-rejali iqtisodiyot – bu davlatlashtirilgan, ijtimoiy mulkka 
tayangan, bir markazdan turib rejalashtirishga va boshqarishning ma’muriy-
buyruqbozlik usullariga asoslangan iqtisodiyotdir.
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim baholanganda moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va 
g‘oyaviy-siyosiy belgilar asos qilib olinadi. Bularga resurslar va yaratilgan 
mahsulotlarning xarakteri, mulkchilik shakllari, iqtisodiy mexanizmning 
qandayligi, qanday g‘oyalar va siyosatning ustuvorligi kabilar kiradi. 


 56
2. Jamiyat taraqqiyotida uchta ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, bular 
an’anaviy tizim, bozor tizimi va rejali tizimdir. Bular o‘zining tub belgilari 
bilan bir-biridan farqlanadi. Hozirgi dunyoda bozor tizimi umumbashariy tizim 
hisoblanadi. 
3. 
Tizimlar taraqqiyoti ikki xil kechadi. Birinchidan, rivojlanish 
salohiyatini tugallatgan tizim yangi istiqbolli, salohiyati yuksak tizim bilan 
almashadi. Ikkinchidan, mavjud, o‘z salohiyatini saqlagan tizimda yangi 
iqtisodiyot tomon transformatsiya yuz beradi. Hozir bu bozor iqtisodiyotining 
rivojlangan mamlakatlarda aralash iqtisodiyot sari transformatsiyasidir. 
4. Bozor iqtisodiyotining afzalligi tufayli unga o‘tish zaruratga aylanadi. 
Bunday o‘tish uch yo‘l bilan yuz beradi: a) klassik yo‘l; b) mustamlaka 
iqtisodiyotidan milliy bozor iqtisodiyotiga o‘tish; c) rejali iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish. Hozir uchinchi yo‘l amal qiladi, bu eng keyingi yo‘l 
bo‘lib, mohiyatan ilgari rivojlanishi zo‘rlik (revolutsiya) yo‘li bilan to‘xtatib 
qo‘yilgan bozor iqtisodiyotiga yangidan qaytish yo‘lidir. Bu yo‘ldan 
borilganda davlatning faol ishtirokida o‘tkaziladigan bozor islohotlari tufayli 
rejali tizim o‘rniga bozor tizimi keladi. O‘zbekistonning bozor tizimiga o‘tishi 
uchinchi yo‘l doirasida, lekin «O‘zbek modeli»ga binoan yuz beradi. 
5. Rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotining ichki rivojlanishi 
yuz berib, u o‘z taraqqiyotining yangi – aralash iqtisodiyot bosqichiga chiqishi 
bilan tavsiflanadi. Aralash iqtisodiyot yangi iqtisodiyot bo‘lib, XIX asrdagi 
klassik bozor iqtisodiyotidan jiddiy farqlanadi. 
6. Ishlab chiqarish munosabatlari tizimning moddiy tomonini ifodalaydi. 
Tizim deganda uning tarkibida nomoddiy munosabatlarni, xususan, 
mafkuraviy munosabatlarni ham ko‘rish kerakki, ular siyosiy, huquqiy, 
axloqiy, diniy va boshqa shakllarga ega bo‘ladi. Ammo, ularning har birida 
iqtisodiyotning muhri bor. Turli tizimning o‘z iqtisodiyotiga mos ravishda o‘z 
dunyoqarashi mavjud bo‘ladi. Bozor tizimga xos g‘oya – bu erkinlik va 
demokratiya g‘oyasidir. Totalitar iqtisodiyot tizimida tobelik va itoatkorlik 
g‘oyasi birlamchi bo‘lgan. 
7. Tizimlar baholanganda moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g‘oyaviy shart-
sharoit birgalikda qaralishi inobatga olinishi kerak. Moddiy shart-sharoit 
belgilari bu yaratilgan mahsulot va xizmatlarning qanday bo‘lishi, ya’ni 
ularning natural mahsulot yoki tovar mahsulot bo‘lishi, ularning tarkibiy 
tuzilishining qandayligi, moddiy shakldagi yoki nomoddiy xizmat shaklida 
bo‘lishidan iboratdir.
8. Tizimlar belgilarini aniqlashda ishlab chiqarish shaxsiy insoniy 
omilining sifatli tavsiflari ham ahamiyatlidir. Tizimlar qanday ish kuchining 
qo‘llanishi bilan ham ajralib turadi.


 57
9. Tizimlar tafsilotida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni ham 
muhim mezon rolini o‘taydi. Buni eng avval mulkchilik belgilab beradi. Shu 
bois, davlatimiz rahbari Islom Karimov mustaqillikning ilk yillaridanoq mulk 
masalasini hal etish milliy, iqtisodiy, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash sharti 
ekanligini alohida qayd etib keldi.
10. Mamlakatimizda ko‘p ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat, korporativ 
va xususiy mulkning tengligi, ayni paytda xususiy mulkning ustuvorligi aniq 
belgilab qo‘yilgan davlatimizning siyosiy va iqtisodiy tizimini, biz barpo 
etayotgan jamiyatning ma’no-mazmunini aniq va ravshan ko‘rsatib beradi. 
11. O‘zbekistonning iqtisodiy ustuvorlik g‘oyasida mulk va mulkdorlar 
masalasini yechishda umume’tirof etilgan tamoyillar bilan birga, o‘zimizga 
xos milliy xususiyat va hayot tarzi inobatga olingan. Aynan shunday 
yondashuv va olib borayotgan siyosatimiz bugungi murakkab sharoitlarda 
mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlashda, iqtisodiyotimiz-
ning ishonchli poydevori va tez sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashda 
mustahkam omil bo‘lmoqda. 
12. Dunyodagi ko‘pgina taraqqiy topgan, bugungi kunda barqaror va 
badavlat yashab kelayotgan davlatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, avvalo 
o‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan shaxs va bunday shaxslardan iborat 
bo‘lgan toifa, bu boylikni yanada ko‘paytirishga, o‘zini va oilasini boqishga, 
shu bilan birga, davlat va jamiyat zimmasida bo‘lgan ko‘pgina vazifalarni 
amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shadi. Va eng muhimi, o‘z yurtida tinchlik 
va osoyishtalikni saqlash va himoyalashga astoydil jon kuydiradi. 
13. Ko‘pchilikni tashkil etgan va bunday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan 
toifa – ijtimoiy qatlamlarning o‘rta sinfi deb nom olgani. O‘zbekiston tanlagan 
va bugun amalga oshirayotgan taraqqiyot yo‘lida ana shu o‘rta sinf, tobora 
kuchga kirayotganligini ijtimoiy hayotimiz isbotlamoqda. 
14. O‘zbekiston tanlagan model, chuqur o‘ylangan va izchil amalga 
oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarning ustuvor 
yo‘nalishlari yurtimizdagi iqtisodiy, siyosiy tizim, fuqarolik jamiyati, milliy 
iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishi, aholining hayot darajasi 
izchil oshib borishi uchun mustahkam va ishonchli poydevor yaratdi. 


 58
3- MAVZU. ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI VA ULARGA

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling