Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Iqtisodiy siyosat uch darajada bo‘ladi, bular mikro, makro va meta 
(xalqaro) siyosatdir. Mikrosiyosat xonadon va firmalar siyosati 
hisoblanadi. Bu g‘oyat individuallashgan bo‘ladi, bunga yaxlitlik xos 
emas. Xonadon siyosati iste’molga va jamg‘arishga oid bo‘ladi. Bu 
siyosat tanlov tamoyiliga asoslanadi. Xonadon o‘zining individual yo‘lini 
tutadi, lekin uning siyosati obyektiv sharoitga moslashishi zarur, chunki 
ayrim xonadon obyektiv iqtisodiy muhitni o‘zgartirishga qodir emas, uni 
hisobga olishdan boshqa iloji yo‘q. Ayni paytda uning siyosatida 
subyektiv jihat ham bor, chunki har bir xonadon o‘zi bilgan yo‘ldan 
qolmaydi. Xonadon siyosatining maqsadi yaxshi yashash bo‘lganidan u 
bunga erishishning eng ma’qul yo‘lini belgilab oladi. Bu yo‘ldagi birinchi 
ish – bu ko‘p pul topish bo‘lsa, ikkinchisi pulni oqilona sarflash bo‘ladi. 
Oddiy mehnatkash xonadonining asosiy resursi ish kuchi bo‘lganidan uni 
yaxshiroq pulga sotish, ya’ni yaxshi ish haqi beradigan joyga o‘rnashib 
olish uning siyosatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi, chunki pul 
topishning birlamchi sharti bandlikdir. Xonadon siyosatining boshqa bir 
yo‘nalishi o‘z daromadini to‘g‘ri sarflash siyosati, ya’ni xarajatlar 
siyosatidir. Bu siyosat eng avval daromadning qanday qismi joriy 
iste’molga yuborilishini belgilaydi, so‘ngra esa xarid uchun ajratilgan 
pulga tovarlarning eng ma’qul to‘plamini tanlab olishni mo‘ljallaydi, 


 27
tanlov esa tovarlarning narxi va nafliligidan kelib chiqqan holda ularni 
shunday kombinatsiyada (nisbatda) olishga qaratiladiki, bu uning xarid 
qobiliyati doirasida ehtiyojlarini maksimal qondirishi kerak bo‘ladi. 
Xonadonning jamg‘arish siyosati uning daromad topish imkoniyati
daromadning bir qismini jamlab, puldan pul chiqarish imkoniyatidan 
kelib chiqadi, jamg‘arishning muqobil usullarini tanlashni ko‘zlaydi. 
Jamg‘ariladigan pul moliyaviy yoki moddiy aktivlarga aylantiriladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling