Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Kapitalistik nazariya – klassik siyosiy iqtisodni, xususiy 
mulkchilikni o‘ta mutlaqlashtirish, iloji boricha ko‘proq foyda olish 
maqsadida iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartibga solishi g‘oyalariga 
asoslangan nazariya. 
Sotsialistik nazariya – marksizm g‘oyalarini targ‘ib qilib, mulkni 
yoppasiga davlat ixtiyoriga olish, resurslarni markazlashtirilgan tarzda 
ma’muriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash 
yo‘li bilan ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini oshirish 
muammolarini hal qilishga urinib kelgan nazariya. 
Atoqli vatandoshimiz, ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning yozishi-
cha: «Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. 
Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni 
kelganda, so‘mni ayamas
»
1
.
Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o‘rganishdagi eng muhim bosqich – 
nazariyani iqtisodiy siyosat bilan bog‘lashdir.
Nazariya iqtisodiyotga qanday tendensiyalar xos bo‘lishini, uning 
qanday omillar ta’sirida rivojlanishini, unda qanday o‘zgarishlar 
bo‘lishini bashorat eta oladi. Shu sababli nazariyani iqtisodiy siyosatning 
ilmiy asosi, deb aytish mumkin. 
Siyosat deganda nafaqat davlatning umummilliy, umumjamiyat 
miqyosidagi siyosatini, balki ayrim korxona, firmaning amaliyoti 
dasturini, uning qanday xatti-harakatga qo‘l urishini ham tushunmoq 
zarur. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning: «Siyosat – iqtisodiyotning 
mujassam ifodasi ekanligi haqidagi qoida hozir har qachongidan ham 
dolzarb bo‘lib qoldi», – degan fikri bu boradagi masalani yanada 
oydinlashtiradi. 
Iqtisodiyot ijtimoiy hayotning bir qismi bo‘lib, uning bevosita ta’siri 
ostida bo‘ladi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri 
qiyinchiliklarini bartaraf etish konsepsiyasining poydevorini «Iqtisodiyot 
siyosatdan ustun bo‘lishi kerak» degan mashhur qoida tashkil etadi.
Nazariya iqtisodni sof holda emas, balki siyosiy, psixologik, axloqiy, 
milliy-demografik omillarning ta’sirini inobatga olgan holda o‘rganadi. 
Iqtisod har doim siyosatga nisbatan birlamchi bo‘ladi. Davlatimiz 
rahbari Islom Karimovning tashabbusi bilan to‘g‘ri tanlangan siyosat 
iqtisodga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Vaholanki, noto‘g‘ri yuritilgan siyosat esa 
unga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin (Bu 2008-yilda boshlangan jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozida namoyon bo‘ldi). 
1
Ⱥɜɥɨɧɢɣ Ⱥ. Ɍɭɪɤɢɣ ɝɭɥɢɫɬɨɧ ɺɯɭɞ ɚɯɥɨԕ. – Ɍ., 1992. – Ȼ. 33.


 24
Iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning rivojlanish qonun-qoidalarini 
o‘rgatar ekan, ularga tayanib taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini yoritib 
beradi, shu ma’noda u siyosatning ilmiy asosi bo‘ladi. 
 Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish yo‘llari: 
jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida (oddiy ishchi, mehnatkashdan 
vazirgacha, ishbilarmondan tortib olimgacha) yangi tipdagi iqtisodiy 
tafakkurni shakllantirish
ishlab chiqarishning bozor mexanizmini yaratish, boshqarishning 
eski tizimini tugatib, zamonaviy boshqarish tizimini tashkil etish
mulkchilikning turli shakllarini tashkil etish; 
ochiq raqobatga chidamli, jahon iqtisodiyotiga kira oladigan 
iqtisodiyotni yaratish
yangi zamonaviy iqtisodchilar, ishbilarmonlar, tadbirkorlar 
guruhini vujudga keltirish, ularga barcha imkoniyatlar yaratib berish; 
iqtisodiy fanlarni mafkuraviy qoidalar, aqidalar, subyektivizm va 
volyutarizmdan xalos etish. 
 Rivojlanayotgan davlatlar «muqobil rivojlanish» nazariyalarining 
turli konsepsiyalari: 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling