Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar 
Iqtisodiyot nazariyasi quruq yerda paydo bo‘lmagan. Shu bois iqtisodiy 
bilimlarning paydo bo‘lishiga oid ma’lumotlarni keltirishni joiz deb topdik, 
sababi turli tarixiy davrlardagi ilmiy qarashlar muayyan ma’noda 
taraqqiyotga hissa qo‘shgan. 
Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim va Sharq mutafak-
kirlari (Xammurapi, Manu, Konfutsiy, Ksenofont, Platon, Aristotel, 
Varran, M.Katon, Kollumela va boshqalar)ning iqtisodiy qarashlariga e’tibor 
bersak, ular mehnat taqsimoti, yaratilgan mahsulot taqsimlanishi, 
boylikning vujudga kelishi, xo‘jalik yuritish qoidalari, mehnatni tashkil 
qilish, yerga mulkchilik masalalariga oid o‘z yondashuvlarini bayon 
qiladilar. 
Miloddan keyingi dastlabki ming yillikdagi iqtisodiy qarashlarda 
iqtisodiy bilimlarning rivojlanishida muqaddas manbalar («Qur’on», 
«Hadis») hamda O‘rta Osiyo va Sharqning buyuk allomalari qarashlari 
alohida o‘rin tutganligini ko‘ramiz. 


 18
Islom dinining muqaddas kitobi – Qur’oni karimda (arabcha – qiroat, 
ya’ni o‘qish) iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar muayyan darajada o‘z aksini 
topgan. Islom dinida Qur’oni karim Alloh tomonidan payg‘ambar 
Muhammad (s.a.v.)ga 23 yil davomida vahiy qilingan deyiladi. 
Payg‘ambar Muhammad alayhissalom 570-yili Makkada quraysh 
qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonida tug‘ilib, 632-yilning 
iyun oyida Madinada vafot etgan. Qur’oni karimdagi asosiy g‘oyalardan 
biri musulmonlarning qardoshligi bo‘lib, arab qabilalari shu bayroq 
atrofida birlashdilar. Unda dehqon va hunarmandlar mehnati, umuman 
halol mehnat ulug‘lanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo‘lishi 
uqtiriladi. Iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlari va usullarini tahlil 
qilish shuni ko‘rsatadiki, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va ularning 
iste’molida diniy tushunchalar, odamlarning iymon-e’tiqodi katta ta’sir 
kuchiga ega. Islomning asosiy manbai Qur’oni karimning oyatlari 
bandlarning har jihatdan poklikka, iymon va salomatlikka chorlaydi. Bu 
muqaddas kitobning 293 ta oyati bevosita iqtisodiy tafakkurga 
bag‘ishlangan. Boshqa ko‘plab oyatlarda ham qisman iqtisodiyotga 
tegishli fikrlar uchraydi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat 
beriladi, sudxo‘rlik (sudxo‘rlik foizi) qoralanadi, mulkning muqaddasligi, 
birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh, deb 
ko‘rsatiladi. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan 
olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi, yolg‘on ishlatish, 
o‘g‘rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qur’oni karimda qarz 
olish va berish, merosni taqsimlash, yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-
ehson qilish, o‘zaro yordam berish haqidagi g‘oyalar, soliq turlari va 
miqdori to‘g‘risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Oyati 
karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa, 
dehqonchilik, qo‘ychilik bilan shug‘ullanish, mehnat qilish zarurligi 
marhamat qilingan. Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash 
Qur’oni karimdagi «Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof 
qilmanglar», degan oyat asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng 
asosiy muammolardan biri hisoblanadi). «Daryo bo‘yida tahorat qilsangiz 
ham, suvni isrof qilmanglar» kabi qoida aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti 
va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir.
Shuningdek, «Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati 
ilgarilab, rivojlana bordi. Ko‘chmanchilikka asoslangan Markaziy 
Osiyoda eski turmush tarzi o‘rnini o‘troq yashash egallay boshladi, 
sug‘oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari 
taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo‘lishi 


 19
o‘troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko‘rsata bordi. Ana shu 
o‘troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan 
ko‘chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini 
ko‘rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati kattadir. 
«Avesto»da «yerga yaxshi, sog‘lom urug‘lar sepishdan ortiq savob 
ish yo‘q» deb, xalq xo‘jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat 
kasb etishi ta’kidlangan. «Olam go‘zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, 
kimki yerga urug‘ qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu 
yo‘lgina haqiqat bo‘lib, qolgani sarobdir», deyiladi unda. Qo‘riq va bo‘z 
yerlarni o‘zlashtirish, uni jamoa o‘rtasida adolatli taqsimlash eng savobli 
ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va 
chorva mollarini ko‘paytirishga ham alohida e’tibor berilgan. 
«Avesto»da yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslash og‘ir gunoh ekanligi 
ta’kidlanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, 
atrof-muhitga vahshiyona munosabatda bo‘lmaslikka undaydi. Kitobda 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish to‘g‘risida shunday deyiladi: 
«Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog‘lom, 
baquvvat bolalarga ega bo‘ladi. … yomon ovqatlanishdan odob-axloq 
ham aynib ketadi. Agar non mo‘l-ko‘l bo‘lsa, muqaddas so‘zlar ham 
yaxshi qabul qilinadi». 
Bu yerda biz sog‘lom avlod tarbiyasi, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy 
yuksalish o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida fikr 
yuritilganligini ko‘ramiz. O‘sha davrda aytilgan bunday fikrlar 
ajdodlarimiz qadimgi dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganidan 
dalolat beradi. 
Ushbu noyob kitobda patriarxal urug‘ jamoasi, uning tugatilishi 
davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli 
ma’lumotlar beriladi. 
Buyuk mutafakkirlarimiz hazrati inson ehtiyojlari (Forobiy), 
daromadlar va xarajatlar muvozanati (Ibn Sino), pulning kelib chiqish 
sabablari (Abu Rayhon Beruniy), jamiyatda mehnatning roli, moddiy 
ne’matlarning xususiyatlari, pul va uning vazifalari (Yusuf Xos Hojib) 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, davlat moliyasi, soliqlarni 
belgilash tartibi (A.Navoiy), insonlarning ishlab chiqarish faoliyati, tovar 
qiymati va iste’mol qiymati, ayirboshlash jarayoni, tarixiy-ijtimoiy 
taraqqiyot prinsiplari (Ibn Xoldun) kabi masalalarga o‘z munosabatlarini 
bildirganlarini ko‘ramiz. 
Iqtisodiyot nazariyasi ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozorlarning 
qaror topishi va jahon bozorining vujudga kelishi sharoitida (XVI–XVII 


 20
asrlar) iqtisodiy bilim va qarashlarning yaxlit tizimi sifatida «siyosiy 
iqtisod» nomi bilan mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. 
«Siyosiy iqtisod» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «politikos» –
ijtimoiy, «oykos» – uy, uy xo‘jaligi, «nomos» – qonun degan ma’nolarni 
anglatadi. Fransuz iqtisodchisi Antuan Monkretyen (1575–1621-y.) birinchi 
marta «Siyosiy iqtisod trakti» (1615-y.) asarida bu fanni ilmiy jihatdan 
asosladi va u 300 yildan ortiq vaqt davomida shu nom bilan rivojlandi. 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanish jarayonida vujudga 
kelgan asosiy g‘oyaviy oqimlar quyidagilardan iborat: 
¾ merkantalizm – jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, 
u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi», deb 
tushuntiradi. Merkantalizm – italyancha «myersantye» so‘zidan olingan 
bo‘lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. 
XVI asrning boshlariga qadar natural xo‘jalik va iste’mol ustun 
bo‘lgan davrda birorta nazariya yaratilmagan bo‘lsa-da, mahsulot ishlab 
chiqarish, tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bilan, Yevropada 
Uyg‘onish davri, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik bilan 
hamohang ravishda dastlabki merkantalizm ta’limoti yaratildi. 
Ma’lumki, har qanday iqtisodiy dunyoqarashda boylik manbai 
masalasi muhim sanaladi. Chunonchi, iqtisodiyotda ikki soha mavjud: 
ishlab chiqarish (hunarmandchilik, sanoat, qishloq xo‘jaligi) hamda 
muomala (pul, savdo-sotiq, hozirgi davrda xizmatlar).
Bu oqimning namoyandalari Vil Stafford, Tomas Men, Antuan 
Monkretyen, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalar. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling