Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Funksiyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida turli funksiyalarni 
bajaradi. Bulardan birinchisi – bilish funksiyasidir. Bunda nazariyani 
o‘rganish orqali iqtisodiy hodisalar nima ekanligi, ularni nima yuzaga 
chiqarishi, ular nimaga olib kelishi anglab olinadi. Nazariya 
iqtisodiyotning sir-asrorlarini o‘rgatib, kishilarni ulardan xabardor qiladi, 
ularning bilim darajasini oshiradi. Boshqa iqtisodiy fanlar qatori u ham 
kishilarga iqtisodiy bilimlarni yetkazib beradi, ularni iqtisodiyotda 
ma’lum qonun-qoidalar borligidan ogoh etadi, ularga rioya etish 
zarurligini tushuntirib beradi. 
Mazkur fanning ikkinchi funksiyasi – bu boshqa iqtisodiy fanlar 
uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishidir. Bu fan umumnazariy, ya’ni 
iqtisodiyotga xos bo‘lgan umumiy qonun-qoidalarni o‘rganadi. Shu 
jihatdan u boshqa xususiy funksional nazariyalardan, masalan, moliya 
nazariyasi, pul nazariyasi, statistik nazariya, buxgalteriya nazariyasi kabi 
fanlardan farqlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi umumiy fan bo‘lganidan, u 
asoslangan nazariy qonun-qoidalarga boshqa iqtisodiy fanlar tayanadi. 
Masalan, nazariyada asoslab berilgan talab kategoriyasining talqiniga 
mikroiqtisod, makroiqtisod, marketing, firma iqtisodi, menejment kabi 
fanlar tayanadi. Ammo boshqa falar nazariyadan faqat oziqa olish bilan 
cheklanadi deb bo‘lmaydi. Bu fan boshqa iqtisodiy fanlar uchun nazariy 
tayanch bo‘lsa-da, ularning yutuqlarini umumlashtirish hisobidan ulardan 
ham oziqa oladi. Boshqa fanlar erishgan natijalar va xulosalarga tayanib 
iqtisodiyot nazariyasi o‘z kategoriyalari va qonunlariga yangilik kiritadi, 
yangi ilmiy xulosalar chiqaradi. Xullas, boshqa iqtisodiy fanlar yutug‘i 
nazariyaning ham fan sifatida rivojlanishiga xizmat qiladi. 
Mazkur fanning uchinchi funksiyasi bu uning amaliyot uchun 
ilmiy baza bo‘lib xizmat qilishi, unga umumiy tarzdagi tavsiyalar 
berishidir. Bu fan muayyan firma ishi yoki xonadon xo‘jaligini qanday 
tashkil etish to‘g‘risida tavsiyalar bermaydi. Uning tavsiyalari 
umumiqtisodiy tavsifga ega qonun-qoidalarga qanday amal qilishga 
taalluqli bo‘ladi. Bu tavsiyalar iqtisodiy siyosatni takomillashtirishga 
qaratiladi. Bular davlatning, firmalarning, xonadonlarning, xalqaro 
iqtisodiy uyushmalar va tashkilotlarning siyosatiga tegishli bo‘ladi. 
Demak, nazariya amaliyot bilan iqtisodiy siyosat orqali bog‘lanadi. 
Iqtisodiy siyosatda u yoki bu nazariy g‘oyaga tayaniladi, u taqozo 
etadigan yo‘l-yo‘riqlar asos qilib olinadi. Buni tarixiy dalillar tasdiqlaydi. 
1929–1933-yillari AQSh dahshatli iqtisodiy inqirozga yo‘liqib, 


 17
iqtisodiyot falaj bo‘lib qolgan, undan chiqish uchun o‘sha paytdagi
prezident F. Ruzveltning «Yangi kurs» deb nomlangan siyosati amalga 
oshirilgan. Bu siyosat tanglikdan chiqish uchun davlat iqtisodiyotga faol 
aralashuvi zarur degan g‘oyaga tayangan. Uning natijasida AQSh 
iqtisodiyoti o‘nglanib ketgan. XX asr 70-yillarining ikkinchi yarmidagi 
tanglikdan chiqish uchun AQSh hukumati prezident (R. Reygan) nomi 
bilan aytilgan «Reygonomika» siyosatiga amal qildi. Bu iqtisodiyot 
barqaror o‘sib borishini bozor kuchlari, bozor mexanizmining o‘zi 
ta’minlay oladi, shu bois davlat iqtisodiyotni erkin qo‘yib, o‘z iqtisodiy 
faoliyatini cheklashi kerak, degan nazariy xulosaga tayangan 
«Reygonomika» siyosati tufayli AQSh iqtisodiyoti tanglikdan chiqib, 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlagan. 
Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalari mikrodarajadagi siyosatga ham qo‘l 
keladi, bu firmalarga to‘g‘ri strategik (kelajakni ko‘zlagan) yo‘lni tanlash 
imkonini beradi. Masalan, nazariyadagi diversifikatsiya g‘oyasi kapitalni 
bir vaqtning o‘zida turli sohalarga joylashtirish zarurligini bildiradi. 
Kapitali katta firmalar shunga amal qilganlarida bir sohadan ko‘rilgan 
zarar, boshqa sohaga qo‘yilgan kapital keltirgan foyda hisobidan qoplanib 
turadi. 
Nazariyaning yana bir amaliy ahamiyati shundaki, bu fan 
iqtisodiyotning sir-asrorlarini ochib berar ekan, undan xabardor har bir 
kishi iqtisodiyot qoidalariga amal qilsa, bundan faqat foyda ko‘radi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling