Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Fiziokratlar – jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi,
degan g‘oyani ilgari suradilar. Bu ta’limotning asoschisi Fransua Kene (1694–1774-y.) hisoblanadi. Klassik siyosiy iqtisod – boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi. Bozor munosabatlari afzalligi isbotlab berildi, ayniqsa, to‘la iqtisodiy erkinlik siyosati ilgari surildi, xususiy mulk qo‘llab-quvvatlanib shu g‘oyalarga asoslangan holda xo‘jalik yuritish eng mukammal ekanligi isbotlandi. U. Petti (1623–1686-y.) boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e’tirof etgan. «Mehnat boylikning otasi, yer uning onasi», degan ibora unga tegishlidir. Uilyam Petti isbotlab berdiki, agar merkantalistlar hisobi bo‘yicha ish yuritilsa, XVII asrda Angliya boyligining bor-yo‘g‘i 3 foizini javohirlar va pullar tashkil etgan bo‘lardi. 21 Vaholanki, o‘sha davrda 5,5 million aholining 4,1 millioni qishloqlarda yashagan va dehqonchilik qilib, boylik yaratgan. Savdo-sotiqda 246 ming, sanoatda esa 240 ming kishi band bo‘lgan. Bu davrda merkantalizm g‘oyalari cheklangan edi. A. Smit «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776-y.) asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o‘z-o‘zini tartibga solishi («ko‘rinmas qo‘l») g‘oyasini ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat shaxsiy manfaatdir, deb ko‘rsatadi. D. Rikardo mehnat qiymatning, turli sinflar daromadlari va foydaning yagona manbai ekanligini ta’kidlagan. Sismondi (Jon Sharl Leonard Simon de Sismondi) kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo‘lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo‘lmog‘i lozim, deb uqtiradi. Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sharl Furye, Robert Ouen) kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkchilikni yo‘q qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni qayta tashkil etish va adolatli tuzum (industrial jamiyat, garmonik jamiyat, kommunizm) o‘rnatish talabi bilan chiqadilar. Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan almashinishi sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini ilgari suradi. Endi iqtisodiyot nazariyasidagi yangi oqimlar (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari)ga to‘xtalsak: ¾ marjinalizm vakillari (marginal – keyingi, qo‘shilgan) – keyingi tovar nafliligi, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqanlar. Keyingi tovar nafliligining kamayib borish qonuni bu oqimning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, narx xarajatga bog‘liq bo‘lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. Marjinalizm vakillari iqtisodiyotda ishlab chiqarish emas, iste’mol hal qiluvchi, degan g‘oyani ilgari surganlar. Mehnat natijasi muhim sanalgan. Foyda, naflik ijobiy faoliyat sifatida qaralgan. Marjinalizm asoschilari Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Eygen fon Bem-Baverk, Uilyam Stenli Jevons hisoblanadi; ¾ neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall) bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini ilgari surgan. Bozor 22 mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ta’kidlagan. U funksional bog‘lanish g‘oyasini asoslaydi, bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat deb hisoblaydi. Bu ta’limot tadbirkorlar iqtisodiyotni, sarmoyani, ish kuchini va yerni davlatga nisbatan samaraliroq ishga solishi va boshqarishini ko‘rsatib bergan. Markscha davlat mulkining afzalligi to‘g‘risidagi g‘oya inkor etilgan. Bu maktab vakillaridan L. Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, I. Shumpetter esa iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki kuchlarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik, degan xulosaga kelgan; ¾ keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratgan. Jon Meynard Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936-y.) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflatsiya va bandlikka ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi. Neoklassik yo‘nalishda yangidan vujudga kelgan oqimlar (XX asrning 50–60-yillaridan boshlab): ¾ neoliberalizm (F. Xayek, I. Shumpetter, L.Erkard) – asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi; ¾ monetarizm (M. Fridman) – iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi; ¾ institutsionalizm tarafdorlari (T. Veblen, J. Gelbreyt) fikriga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Institutsionalizm tarafdorlari taraqqiyotning iqtisodiy omillari bilan birga odamlarning aqliy, ruhiy, ma’naviy, ayniqsa, huquqiy va boshqa omillariga alohida urg‘u berishadi. «Insoniy omil», millat ruhi asosiy deb qaraladi. Institutlar bu – davlat, oila, kasaba uyushmalari, din, huquq idoralari va boshqalar bo‘lib, davlat yuqori o‘ringa qo‘yiladi. Bu yo‘nalishlar (neoklassika, institutsionalizm va keynschilik)ning asosiy tamoyillari bir xil – bozor munosabatlari hal qiluvchi hisoblanadi. Ammo eng muhim farqi davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasidir. 23 Dunyoviy taraqqiyot yo‘lida bir-biriga zid iqtisodiy nazariyalar: Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling