Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqichda
- Pozitiv usul
Tahlil uslublari. Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o‘rganishda idrok
etishning ikki bosqichi qo‘llaniladi. Birinchi bosqich kuzatish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda iqtisodiyotga oid ma’lumotlar to‘planadi, ular boshqa noiqtisodiy ma’lumotlardan ajratib olinadi. Ularga dastlabki tarzda umumiy baho beriladi va hali sinab ko‘rilmagan xulosa – gipoteza olg‘a suriladi. Ikkinchi bosqichda gipotezalar boshqa ma’lumotlarni o‘rgangan holda sinab ko‘riladi, ular tasdiqlansa, qabul qilinadi, ular asosida nazariy qonun-qoidalar ta’riflanadi, Nazariy xulosa amaliyot bilan solishtirib ko‘riladi. Agar real iqtisodiy hayot nazariy qoidani doimo tasdiqlab tursa, demak, u to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Agar aytilgan hodisa qisman tasdiqlansa yoki tasdiqlanmasa, ta’riflangan qoidani qaytadan ko‘rish, zarur bo‘lsa, to‘ldirish yoxud undan tamomila voz kechish kerak bo‘ladi. 13 Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy fanlardan farqliroq o‘z xulosalarini laboratoriyadagi tajriba yoki tabiatdagi sinovlar yordamida tekshirib ko‘ra olmaydi. Agar nazariyada iqtisodiy beqarorlik bo‘ladi, uning belgilari ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik va inflatsiya deb qaralsa, uni tasdiqlash uchun tajriba yoki sinov o‘tkazib bo‘lmaydi. Bularni faqat kuzatish, ular haqida ma’lumot to‘plash va bu ma’lumotni nazariy umumlashtirish mumkin, xolos. Nazariyada, tasodifiy yoki juz’iy emas, balki doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy hodisalarni anglash uchun abstraksiyalash usuli qo‘llaniladi. Bu usul nazariya uchun asosiy hisoblanadi. Bu usul yordamida iqtisodiy hodisalar ularga ta’sir etuvchi o‘tkinchi va ikkinchi darajali omillardan xoli etib olinadi, ularga nazariy baho beriladi. Abstraksiyalashda taxmin usuli qo‘llanadi, ya’ni ma’lum shart-sharoit bo‘lganda nima yuz berishi taxmin etiladi. Masalan, narxning talabga ta’sirini bilish uchun talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar o‘zgarmay turibdi deb taxmin qilinadi. Shunday sharoitda narx va talabning o‘zgarishi qanday bo‘lishi aniqlanadi. Boshqa bir misol: texnologiyaning mehnat unumdorligiga ta’siri aniqlanganda narx-navo ishchilarning malakasi, ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti, tovarlarning sotilib turishi o‘zgarmaydi deb taxmin qilinadi. Ammo bunday taxmin qilish amalda bor narsalarni vaqtincha nazardan kechirib turishni bildiradi. Hayotda uchramaydigan fantastik hodisalarni, masalan, boshqa planetalardan odamsimon jonzotlar keldi yoki kelmadi, deb hech qachon taxmin qilinmaydi. Abstraksiyalash asosida mantiqiy usul yotadi, bunda mantiq yordamida iqtisodiy hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi, ularning umumiyligi va farqlari, kelib chiqish sabablari va oqibatlari aniqlanib olinadi. Abstraksiyalash – bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir. Lekin model real iqtisodiy voqelikni aks ettirgandagina ilmiy bo‘ladi. Model aslida iqtisodiy voqelikning nazariy ifodasidir. Murakkab iqtisodiy hodisalarni dastlab tahlil etish va so‘ngra tushuntirib berish uchun sodda yoki murakkab iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Sodda modelga misol tariqasida iqtisodiy sirkulatsiya (oborot) modelini olish mumkin. Bu modelda iqtisodiyot ishtirokchilari faqat firmalar va xonadonlardan iborat, ular boshqalar bilan aloqa qilmaydi, ular bor tovarini va pulini bozorga tashlaydi, deb taxmin qilinadi. Shu modelga binoan iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalar tahlil qilinadi, bu aloqalar bir-biriga tovar va 14 xizmatlar yetkazib berishdan iborat va shunga mos ravishda ular o‘rtasida pulning oldi-berdisi yuz berishi haqida xulosa chiqariladi. Murakkab modellar tuzilganda ko‘pchilik subyektlar o‘rtasidagi va ko‘p turdagi iqtisodiy aloqalar olinib, ular matematik hisob-kitoblar asosida ko‘rib chiqiladi, bunda aloqalarning miqdoriy tahlili o‘tkaziladi. Iqtisodiyot nazariyasi o‘z predmetini tahlil etganda pozitiv va normativ usullarni qo‘llaydi. Pozitiv usul – bu iqtisodiy voqelikni nazariy jihatdan qandayligini tushuntirib berish, ya’ni uni ilmiy talqin etish. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling