Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Normativ usul – bu iqtisodiy voqelikning amalda qanday bo‘lishi
kerakligini va buning uchun nima qilish zarurligi xususida tavsiya berishdir. Masalan, pozitiv usulda stipendiya mohiyatan nimaligi tushuntiriladi, ya’ni uni yoshlarga ular o‘qigan paytida beriladigan yordam deb talqin etilsa, normativ usulda uni qachon va qanchaga oshirish zarurligi asoslanadi. Pozitiv usul nazariy talqinni bildirsa, normativ usul amaliyotda nima bo‘lishini bildiradi. Nazariyada tahlilning induktiv va deduktiv usullari ham ishlatiladi. Induktiv usul qo‘llanilganda hodisalarni kuzatishdan ularni umumlashtirishga o‘tilib, umumiy xulosalar chiqariladi. Deduktiv usul qo‘llanilganda esa shakllangan nazariy xulosalar asosida iqtisodiyotdagi ayrim hodisalar tahlil etiladi. Bu bilan aytilgan qoidalar naqadar haqqoniy ekanligi sinab ko‘riladi. Nazariyada oddiy hodisalar tahlilidan murakkab hodisalar tahliliga o‘tish ham qo‘llaniladi. Masalan, dastlab individual talab, so‘ngra ayri bozor talabi va nihoyat jamiyatdagi yalpi talab tahlili o‘tkaziladi. Yana bir usul – bu hodisalarni turli darajada olib o‘rganishdir. Nazariyada iqtisodiyotning qonun-qoidalari uch xil darajada o‘rganiladi: mikrodarajada – bunda xonadonlar va firmalarning iqtisodiy xatti- harakati, ayrim bozordagi o‘zgarishlar o‘rganiladi; makrodarajada – bunda butun iqtisodiyotdagi, aniqrog‘i milliy iqtisodiyot darajasidagi, milliy bozordagi hodisalar va jarayonlar o‘rganiladi; metadarajada – xalqaro global miqyosdagi, jahon xo‘jaligidagi yuz beradigan jarayonlar, ularga xos bo‘lgan qoidalar o‘rganiladi. Har uchala daraja o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi, chunki mikrodarajadagi iqtisodiy faoliyat yaxlitlikda makrodarajani, turli mamlakatlardagi makrodarajadagi iqtisodiyot metadarajani, jahon iqtisodiyotini yuzaga keltiradi. Turli darajadagi iqtisodiyot o‘rganilganda, ularning har biriga xos qonun-qoidalar alohida ko‘rib chiqiladi. 15 Nazariyada miqdoriy tahlil ham qo‘llaniladi, ammo bu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar nazariy xulosa chiqarishga xizmat qiladi. Masalan, miqdoriy tahlil ishsizlar sonining kamayishini ko‘rsatsa, iqtisodiyotda bandlik oshayapti degan, bordi-yu bu tahlil inflatsiya pasayishini ko‘rsatsa, pul muomalasi barqarorlashib borayapti degan xulosalarga kelamiz. Miqdoriy tahlil o‘tkazilganda turli formulalar qo‘llaniladi, ular vositasida iqtisodiyotga oid hisob-kitob ishlari olib boriladi. Bular yordamida iqtisodiy qonun-qoidalarning naqadar amal qilishi, iqtisodiyotda xos bo‘lgan tendensiyalar bilib olinadi. Miqdoriy tahlil natijalari turli illustratsiyalar – chizmalar, rasmlar, egri chiziqlar yordamida tasvirlanadi. Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni ifodalovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar o‘zgaruvchan qiymatlardan iborat bo‘lib, bunda bir qiymat ikkinchisiga, ikkinchisi uchinchisiga va hokazo bog‘liq bo‘ladi. Masalan, resurslar narxining o‘zgarishi xarajatlar o‘zgarishini, o‘z navbatida bu narxning, binobarin chiqarilgan tovarga talabning o‘zgarishini yuzaga keltiradi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik chizmalarda aks ettiriladi. Bular yordamida nazariy g‘oya atroflicha, ya’ni tasvir vositasida ham ifoda etiladi va shuningdek, o‘zgaruvchan qiymatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga xizmat qiladi. Chizmalar doirasimon bo‘lganda, u bo‘laklarga ajratiladi, ya’ni hissa – ulush tasvirlanadi. Masalan, davlatning daromadlardagi ulushi 25 foiz bo‘lsa, bu doiraning 1/4 qismi shaklida bo‘ladi. Chizmalar miqdoriy o‘zgarishlarni, masalan, narxni yoki mahsulot miqdoridagi o‘zgarishlarni bildiradi. Ikki o‘zgaruvchan qiymatning o‘zaro ta’sirini anglash uchun koordinatlarga asoslangan chizma hosil etiladi. Bunda abssissa o‘qiga bir ko‘rsatkich qo‘yilsa, ordinata o‘qiga boshqasi qo‘yiladi. Bir qiymat miqdorining o‘zgarishi boshqasining qanchaga o‘zgartirishiga qarab vertikal va gorizontal chiziqlar hosil etiladi, ular kesishgan nuqtalar egri chiziq bilan birlashtirilganda iqtisodiy o‘zgarishlar qandayligi aniqlanadi. Nazariyada sifatli tahlil usuli birlamchi, u mantiqqa asoslangan asbtraksiyalash usulidan iborat bo‘lib, nazariy xulosalar chiqarishga va qonun-qoidalarni ilmiy ta’riflashga xizmat qiladi. Ammo bu miqdoriy tahlilga tayanadi, chunki mazkur usul kuzatish ma’lumotlarini jamlash, ularni umumlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari miqdoriy tahlil yordamida nazariy qonun-qoidalar iqtisodiyotda naqadar amal qilayotganligi bilib olinadi. Masalan, inflatsiya darajasini miqdordan aniqlash orqali pul muomalasi qonunining amal qilishi ko‘rsatiladi. Nazariy tahlilda qo‘llanadigan turli-tuman usullar bir-biridan ajratib olib 16 alohida ishlatilmaydi, ular birgalikda, lekin turli kombinatsiyada (nisbatda) ishlatiladi. Bu tahlil darajasi va miqyosiga bog‘liq bo‘ladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling