Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tamoyili – bu


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tamoyili – bu 
iqtisodiyot va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni hisobga olishdir.
Iqtisodiyot tabiatdan tashqarida bo‘lishi mutlaqo mumkin emas, chunki 
bu uning moddiy tayanchidir. Tabiatdan olingan resurslardan 
foydalanmay turib, ishlab chiqarishning bo‘lishi mumkin emas. Tabiiy 
sharoit ishlab chiqarishning qanday bo‘lishini belgilab beradi. Qazilma 
boylik qayerda ko‘p bo‘lsa, shu yerda undirma sanoat, yer yaxshi joyda 
dehqonchilik, yaylovlar ko‘p joyda chorvachilik, o‘rmonzor ko‘p yerda 
yog‘ochni ishlash sanoati, suvga yaqin joyda kemasozlikning rivojlanishi 
bunga misol. 
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiyotning tabiatga qayta ta’siri ham 
hisobga olinadi. Tartibsiz iqtisodiy faoliyat tabiatga putur yetkazadi, 
undagi ekologik muvozanatni buzadi, ekologik xatarni yuzaga keltirishi 


 12
mumkin, bu bilan iqtisodiyotning tabiiy tayanchi darz ketadi. Mana shu 
muammo ham nazariyada uning predmeti nuqtai nazaridan tahlil etiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tamal toshi – bu 
iqtisodiyotni statikada (turib qolgan holatda) emas, balki dinamikaga 
(rivojlanishga) asoslanib o‘rganishdir. Bu bilan iqtisodiy hodisalarning 
kelib chiqish sabablari, undagi o‘zgarishlar qanday borishi bilib olinadi. 
Iqtisodiyotning rivojlanishiga xos bo‘lgan tendensiyalar (moyillik) 
aniqlanadi. Bular nimaga olib kelishi va shunga ko‘ra xo‘jalik faoliyatini 
kelajakda qanday tashkil etish kerakligi aniqlanadi. 
Mazkur fan iqtisodiyotga xos qonun-qoidalarning obyektiv 
bo‘lishidan, kishilar ularni o‘z bilganicha bekor qila olmasligidan, lekin 
ularni anglab yetgan holda ular talabiga moslashib faoliyat ko‘rsata 
olishlaridan kelib chiqadi. 
Nazariyadagi boshqa bir metodologik tamoyil bu iqtisodiyotni 
texnologik o‘zgarishlarni hisobga olib o‘rganishdir. Texnologiyaning o‘zi 
iqtisodiyot nazariyasining predmeti emas, shu bois uni texnikaviy fanlar 
o‘rganadi. Ammo texnologiya iqtisodiyotning moddiy asosi bo‘lganidan, 
undagi jiddiy o‘zgarishlar iqtisodiy faoliyatni tubdan yangilab yuboradi. 
Mana shu narsani nazariya e’tibordan qochirmaydi. Masalan, nazariyada 
«Katta sikllar – katta to‘lqinlar» degan tushunchalar borki, bular 
texnologiyadagi katta burilishning iqtisodiyotga ta’sirini nazarda tutadi. 
Mutlaqo yangi texnologiya paydo bo‘lishi bilan iqtisodiyot rivojida yangi 
davr – katta sikl boshlanadi, bu odatda 50–60 yil davom etadi. Mana 
shularni nazariya tahlil etadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling