25
Iqtisodiy kategoriyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
umumiqtisodiy kategoriyalar – iqtisodiy taraqqiyotning hamma
bosqichlariga xos bo‘lgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy tizimga aloqasi
bo‘lmagan umuminsoniy kategoriyalarni ifodalovchi kategoriyalardir:
ishlab chiqarish omili, mulk,
mehnat jarayoni, mahsulot, ish vaqti,
mehnat
taqsimoti, ehtiyoj, ishlab chiqarish, ayirboshlash, iste’mol, iqtisodiy
manfaat,
mehnat unumdorligi, samaradorlik kategoriyalari;
formatsion maxsus kategoriyalar – iqtisodiy taraqqiyotning
tarixiy muayyan bosqichiga xos bo‘lgan, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning
tabiatiga aloqador o‘tkinchi munosabatlarni
ifodalovchi maxsus
kategoriyalardir. Bular: ekspluatatsiya, renta, ekspansiya, ortiqcha aholi,
qashshoqlanish,
monopoliya, monopsoniya, oligopoliya kategoriyalari;
Do'stlaringiz bilan baham: