Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining 
ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va 
xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi. 
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga 
shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; 
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi 
pul tushumlari; 
c) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimov «qariyb yigirma yillik mustaqil 
taraqqiyotimiz mobaynida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 
3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining 
real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. 
Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy 
himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar 
ko‘paygani»
1
ni alohida ta’kidladi. 
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarning asosiy 
qismini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham, pul 
daromadlari umumiy hajmining shakllanishida ham o‘zining yetakchi 
rolini saqlab qoladi. 
Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo‘yicha 
to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya 
ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi. Aholining 
moliya-kredit tizimi orqali oladigan pul daromadlari quyidagilardan 
iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va 
matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg‘arma bankiga 
qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ
ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ. – Ɍ.: 
«ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2010. – Ȼ. 4–5.


 509
ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya 
bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil 
topadigan, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya 
to‘lovlari va h.k. 
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini 
taqqoslash, iste’molchilik budjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’mol-
chilik budjetlari quyidagicha ko‘rsatish mumkin: o‘rtacha oila uchun
yuqori darajada mo‘l-ko‘l budjet, minimal moddiy ta’minlanganlar 
budjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa ijtimoiy guruhlari budjeti, 
shular jumlasidandir. 
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday 
chegarasi bilan belgilash mumkinki, undan keyin ishchi kuchini takror 
hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik 
minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) 
sifatida ifoda etiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb 
ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh 
iste’molchilik savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy 
uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli 
qog‘ozlar va zebu ziynatlar kiradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling