Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir»


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir» deb aytgan chuqur 
ma’noli so‘zlarini yana bir bor eslatmoqchiman»
1
, – deb ta’kidladi.
Davlatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq mamlakatimiz 
kelajagi, davlatimiz va jamiyatimizning siyosiy-ijtimoiy qurilishini 
belgilashda birinchi navbatda Konstitutsiyamizni ishlab chiqish va 
tasdiqlashda mulk va mulkiy munosabatlar haqidagi prinsipial masala 
davlatimiz rahbari Islom Karimovning diqqat markazida bo‘lganini 1992-
yilda chop etilgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» 
asaridagi: «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga 
qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi» 
yoki 1993-yilda nashr etilgan «O‘zbekiston bozor munosabatlariga 
o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asaridagi: «Iqtisodiy islohotlarning bugungi 
bosqichida eng muhim dolzarb vazifa – mulkiy munosabatlarni tubdan 
o‘zgartirmoqdir. Uning tub mohiyati – mulkni haqiqiy egalari qo‘liga 
berishni tezlashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo‘l ochib berish va 
mulkdorda yangi mulk egasi hissiyotini tarbiyalashdan iborat», – degan 
ilmiy qarashlaridan anglash mumkin. Shuningdek, Prezident Islom 
Karimovning dunyoning o‘nlab mamlakatlari tillarida chop etilgan 
«O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asaridagi: «Mamlakatda chinakam 
o‘rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara 
beradi, mulkchilik masalalari hal bo‘ladi» yoki: «Chinakam mulkdorlar 
sinfi ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni 
izchil amalga oshirish hisobiga, ham kichik va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishni rag‘batlantirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni 
vujudga keltirish yo‘li bilan shakllantiriladi. Strategik jihatdan olganda
biz ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo‘ymoqdamiz. 
Bunda ustuvorlik xususiy mulkka, kichik biznesga beriladi» yoxud: «Kichik 
1
Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɧɢ ɦɨɞɟɪɧɢɡɚɰɢɹ ԕɢɥɢɲ ɣʆɥɢɧɢ ɢɡɱɢɥ ɞɚɜɨɦ ɷɬɬɢɪɢɲ –
ɬɚɪɚԕԕɢɺɬɢɦɢɡɧɢɧɝ ɦɭԟɢɦ
ɨɦɢɥɢɞɢɪ: ɉɪɟɡɢɞɟɧɬ ɂɫɥɨɦ Ʉɚɪɢɦɨɜɧɢɧɝ
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ʉɨɧɫɬɢɬɭɰɢɹɫɢɧɢɧɝ 18 ɣɢɥɥɢɝɢɝɚ ɛɚԑɢɲɥɚɧɝɚɧ
ɬɚɧɬɚɧɚɥɢ ɦɚɪɨɫɢɦɞɚɝɢ ɧɭɬԕɢ // ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2010. – 8 ɞɟɤ.


 523
biznes – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘tadillashtirishga 
yordam beradigan o‘rta tadbirkorlar sinfining paydo bo‘lishi demakdir. Bu – 
respublika bozorini zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishdir. Bu 
yangi ish o‘rinlaridir» kabi istiqbolni belgilovchi ilmiy qoida va xulosalarga 
asoslangan bashorati bo‘lib, bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
sharoitida O‘zbekistonda uning yengil kechishining tamal toshi bundan 21 yil 
oldin qo‘yilganligini anglamaslik, sezmaslik mumkin emas. Muhimi, mazkur 
asarda O‘zbekiston davlatchiligining iqtisodiy negizini daxlsiz, davlat 
himoyasidagi, teng huquqli mulk shakllari tashkil etishi, bunda ustuvorlik 
xususiy mulkka berilishi hamda O‘zbekiston davlatchiligining siyosiy negizini 
o‘rtacha mulkdorlar sinfi tashkil etishi haqidagi ilmiy qoidalar mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirishning nazariy asoslarini tashkil 
etadi. «2011-yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili», «2012-yil – 
Mustahkam oila yili», «2013-yil – Obod turmush yili» deb e’lon qilinishi 
mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirishda muhim qadamlardir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
Vatanimiz taraqqiyotini va xalq farovonligini yanada yuksaltirishda belgilovchi 
yetakchi kuch ekanligini inobatga olib, davlatimiz rahbari uni rivojlantirishni 
siyosat darajasiga ko‘targanligi o‘ta muhim hodisadir. Buning boisi shuki, 
ijtimoiy yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotida kichik biznes 
nihoyatda muhim o‘rin egallaydi. Eng avvalo, kichik biznes bozor 
konyunkturasi o‘zgarishlariga tez moslashishga, iste’molchilarning talab-
ehtiyojlari o‘zgarishiga qarab ish tutishga qodirdir. Kichik biznes 
raqobatchilik muhitini shakllantiradi, busiz bozor iqtisodiyotini tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, kichik biznes yangi ish o‘rinlari jadallik 
bilan barpo etilishini, aholining bandligi o‘sishini va daromadlari oshib 
borishini ta’minlaydi. Uchinchidan, kichik biznes ichki bozorni tovarlar 
va xizmatlar bilan boyitishning muhim manbai hisoblanadi hamda yalpi 
talabni o‘stiradi. 
Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam, ya’ni o‘rta sinf 
yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishdan, 
mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko‘p 
manfaatdordir. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi 
kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va 
tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan 
kuchga aylanib borayotgani qayd etildi
1
.
1

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling