Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
birinchi prinsip – strategiya milliy xarakterga ega bo‘lishi zarur va
barcha manfaatdor shaxslar ishtirokida ifodalanishi va tatbiq etilishi hamda so‘nggi natijalar monitoringini ishlab chiqish zarur bo‘ladi; ikkinchi prinsip – strategiya Anin natijalariga asoslanishi va kambag‘allarga naf keltirishi kerak. Jahon tajribasiga ko‘ra, KQSni qo‘llash ayrim mamlakatlarda kambag‘allik holatini biroz yaxshilashga olib keldi; uchinchi prinsip – KQS kompleksliligi. KQS kambag‘allikning kelib chiqishi sabablarini to‘g‘ri aniqlash, uni tugatish choralarini tan olishi zarur. Shuningdek, ushbu hujjat qanday qilib makroiqtisodiy, tuzilmaviy va ijtimoiy siyosatni o‘zgartirish kerakki, bu kambag‘allikni qisqartirsin, degan savolga javob bersin; 1 «Poverty Reduction Strategy Papers-Progress in Implementation, by staffs of IMF and World Bank, September 12, 2003. 530 to‘rtinchi prinsip – ko‘rilayotgan tadbirlar, ko‘p tomonlama, ya’ni davlat va nodavlat yo‘li bilan ko‘rilayotgan choralarni muvofiqlashtirish zarur. Donorlar KQS ishlab chiqish va tatbiq etishda rivojlanayotgan davlatlarga makroiqtisodiy siyosat korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik jamiyati qurish masalasi yuzasidan maslahatlar berish yo‘li bilan ham qatnashishi kerak bo‘ladi; beshinchi prinsip – KQS uzoq muddatli bo‘lganidan, unga kiradigan rejalar istiqbolga mo‘ljallab ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. So‘nggi yillardagi tadqiqotlarga ko‘ra, KQS sohasidagi turli mamlakatlar siyosati doirasida sezilarli tafovutlar mavjudligini aniqlan- gan. Jumladan, BMT Taraqqiyot dasturining rivojlanish Konsepsiyasida: «Kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi ichki o‘sish «import qilingandan ko‘ra afzalroq» 1 , – deyilgan. KQS esa ichki milliy ehtiyojlardan emas, xalqaro kreditorlar manfaati asosida shakllanishi ta’kidlangan. Shuning uchun ham Konsepsiyada milliy, jumladan iqtisodiy xavfsizlikni samarali ta’minlash uchun kambag‘allikni qisqartirish strategiyasining milliy xarakterini kuchaytirish zarurligi uqtirildi. Konsepsiyaga muvofiq, donor mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga qo‘yilayotgan shartlarini yengillashtirish ma’qul, deb topilgan. Xalqaro tashkilotlar KQSda milliy manfaatlarni himoya qilishga amaliy yordam berishiga da’vat etadilar. Kambag‘allikni qisqartirish strategiyasida milliy xarakter hisobga olinar ekan, mutaxassislar fikriga ko‘ra ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarda amal qilinayotgan soliq tizimini adolatli va samarali deb bo‘lmaydi. Soliq yuki daromadi past xonadon xo‘jaliklari sohiblariga tushishi, boylar esa qonunchilikdagi kamchiliklardan foydalanishiga yo‘l beriladi. Jahon xo‘jaligining so‘nggi o‘n yilliklari rivojlanish jarayoni dunyoda kambag‘allikni qisqartirishga turtki bo‘ldi. Jahon bankining «2004-yilda jahon taraqqiyoti ko‘rsatkichlari» 2 statistik ma’ruzasiga ko‘ra, yer shari aholisining o‘ta kambag‘al yashayotganlari hissasi 1981-yildan 2001- yilga qadar 40 foizdan 21 foizga qisqargan. Shuningdek, ma’ruzada rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi jon boshiga YAIM so‘nggi 20 yil ichida 30 foizga oshganligi ma’lum qilingan. Ma’ruzada kambag‘allik yuqori sur’atlarda 1980-yillarda jadal qisqargan, 1990-yillarda esa 1 UNDP Devolopment Viewpoint «Poverty Rediction Strategies: Home Drowth Rather Than Imported», Draft Development Viewpoint, March, Bureau for Development Policy, UNDP, New York. 2 World Development Indicutors 2004. 531 aksincha, buning sur’ati pasaygan. O‘ta kambag‘allar bor-yo‘g‘i 120 mln. kishiga qisqargan xolos. Kambag‘allikning qisqarishi dunyo mamlakat- larida notekis xarakter kasb etganligi, kuzatilgan kambag‘allikning qisqarishi Xitoy va Hindistondagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezligi hisobiga yuz berganligi ma’ruzada qayd etilgan. BMTning «Tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam. Kambag‘allikka ishlovchi biznes» (2004-yil) nomli ma’ruzasida ko‘rsatilishicha, yirik korxonalar – TMK va davlat monopolistlar yetarli darajadagi ish joylari yaratishi vazifasini uddalay olmayotganligi ko‘rsatilgan. Ba’zi bir huquqni himoya etuvchi va tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlar YUNKTADning San-Paulidagi sessiyasida korporatsiyalar dunyo jamoat- chiligi oldida uchinchi dunyo mamlakatlaridagi faoliyatlari uchun javobgar ekanligini bayon etishi, bejiz emas. Ushbu ma’ruzada, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish borasida samarali iqtisodiy siyosat yuritgan davlatlar sifatida Xitoy, Hindiston, Uganda ta’kidlandi. 1980–2005-yillarda samarali iqtisodiy o‘sishni ta’minlagani uchun 400 mln. xitoyliklar kambag‘allik toifasidan o‘rta toifaga chiqqan. Kambag‘allik hamma yerda bor, lekin bu mamlakatlar- ning iqtisodiy salohiyatiga qarab farqlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda kambag‘allik nisbiy mazmunga ega. Bu yerda umumiy aholi iste’moli g‘oyat yuqori bo‘lgani holda, kambag‘allar iste’moli past bo‘ladi. Ular odatda sifatli tovarlarni kamroq iste’mol qiladilar, xizmatlardan kamroq foydalanadilar, biroq ular uchun ovqatlanish va kiyinish muammosi yo‘q. Rivojlangan mamlakatlarda kambag‘allik keng tarqalgan hodisa bo‘lib, bu hatto ocharchilikni ham yuzaga keltirishi mumkin. Kambag‘allik miqyosi iqtisodiy darajadan tashqari davlat ijtimoiy siyosatining naqadar faol bo‘lishiga, ya’ni davlat aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlab turishiga ham bog‘liq bo‘ldi. Shu sababli kambag‘allarning aholi tarkibidagi hissasi har doim ham iqtisodiy holatga qarab shakllanavermaydi. Kuchli ijtimoiy siyosat tufayli O‘zbekistonda kambag‘allik miqyosi mamlakatning iqtisodiy darajasiga nisbatan kichik bo‘lishini ta’minlaydi. O‘zbekistonda ham kambag‘allik- ning asosiy sababi iqtisodiyotning yetarlicha rivojlanmaganidir. Prezident Islom Karimovning ta’kidlashicha, «mamlakatdagi kambag‘allik va qoloqlik muammolarini hal etish mumkin va zarur» 1 . Buning uchun iqtisodiyotni modernizatsiya qilib, uning o‘sishini jadallashtirish talab 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ȼɢɡɧɢɧɝ ɛɨɲ ɦɚԕɫɚɞɢɦɢɡ – ɠɚɦɢɹɬɧɢ ɞɟɦɨɤɪɚɬɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɹɧɝɢɥɚɲ, ɦɚɦɥɚɤɚɬɧɢ ɦɨɞɟɪɧɢɡɚɰɢɹ ɜɚ ɢɫɥɨԟ ɷɬɢɲɞɢɪ. – Ɍ., 2005. – Ȼ. 36. 532 etiladi. Biroq O‘zbekistondagi kambag‘allik miqyosi mamlakatning iqtisodiy darajasiga nisbatan yuqori emas, chunki davlatning faol ijtimoiy siyosati vositasida muhtojlarga yordam beriladi, kishilarning kambag‘al- likdan chiqib ketishlari uchun sharoit yaratiladi. Ta’kidlash joizki, bepul ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli bilan bir vaqtda pulli bilim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish parallel ravishda mavjud. Odatda ko‘proq yuqori sifatli xizmatlar pulli ravishda ko‘rsatiladi. Yaqin kelajakda pulli ma’lumot olish va tibbiy xizmatdan foydalanish ro‘yxatining kengayib borishini taxmin qilish mumkin. Buni bozor qoidalari talab qiladi. Hozirning o‘zidayoq aholining ma’lum qatlamlari pulli ijtimoiy xizmatlardan foydalanadilar. Shu bois, 1994– 2000-yillarda o‘qish xizmatlariga haq to‘lashning aholi xarajatidagi hissasi oshayotganligi kuzatilmoqda. Pirovardida, ijtimoiy xizmatlarning u yoki bu turini faqat pulli asosda olish holati yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Shu sababli pulli xizmatlarning eng kam miqdoriga qarab kambag‘allikni tahlil etish o‘rinli bo‘ladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling