Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli. 1990-yili respublikamizda
nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol bozorida o‘ta taqchillik vujudga keldi. Aholining sifatli kiyim-bosh, poyafzal, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlarni xarid qilish imkoniyatlari cheklangan edi. Odamlarga mebel, gilam, muzlatgich, televizor va yengil avtomobillarni sotish ko‘pincha korxonalar orqali oldindan tuzilgan ro‘yxatlar asosida amalga oshirilar, bunday tovarlarni xarid qilish uchun esa bir necha yillab navbat ɤɭɬɢɲɝɚ to‘g‘ri kelar edi. Barcha turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining qariyb 88 foizi chakana savdo tarmoqlarida katta uzilishlar bilan sotilardi. Ko‘plab taqchil mahsulotlar qonunga xilof ravishda ustiga qo‘shimcha narx qo‘yib sotilardi. Aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan nooziq-ovqat mahsulotlarning katta qismi respublikamizda ishlab chiqarilmas, balki chetdan keltirilar edi. Jumladan, televizorlar, kir yuvish mashinalari, gazmollarning qariyb 40 foizi, barcha turdagi oyoq kiyim va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlarning 30 foizi chetdan olib kelinardi. Mustaqillik yillarida yurtimizda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning ancha faol o‘sishi asosan 2000-yildan so‘ng, mamlakatimizda ularni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan shart- sharoitlar bosqichma-bosqich yaratila boshlangandan keyin kuzatildi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari, yengil avtomobillarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlay oladi. Mamlakatimizda televizorlar, konditsionerlar va ekologik xavfsiz muzlatkichlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Trikotaj mahsulotlari, oyoq kiyimlar tayyorlash va yengil sanoatning boshqa 542 tarmoqlarida ham ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Agar 2000-yilga qadar o‘tish davrining obyektiv shart-sharoitlari tufayli aholining asosiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi va ta’minoti pasaygan bo‘lsa, so‘nggi o‘n yillikda bu boradagi ko‘rsatkichlarda barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu jarayonda uy xo‘jaliklari eskirgan va noqulay maishiy va elektrotexnika buyumlaridan voz kechib, yangi, zamonaviy, sifat jihatdan eski buyumlardan keskin farq qiladigan mahsulotlarni tez sotib olmoqda. Qayd etilgan davrda mutlaqo yangi mahsulotlar paydo bo‘ldi. Bugun ularni xonadon egalari katta qiziqish bilan sotib olmoqda: raqamli televizor va fotoapparatlar, sun’iy yo‘ldosh antennalari va mobil telefonlar, DVD pleyerlar, kompyuter va unga qo‘shimcha qurilmalar, noutbuklar va boshqa elektron texnikalar, qurilish materiallarining yangi turlari, qadoqlash buyumlari va boshqa ro‘zg‘or ashyolari shular jumlasidan. Shunisi e’tiborliki, xonadonlarning zamonaviy maishiy va elektrotexnika bilan ta’minlanish sur’atlari yurtimizning barcha hududlarida bir maromda, mutanosib tarzda o‘sib bormoqda. Aholining xarid qobiliyati, ya’ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste’mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarining ta’minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi. O‘rtacha oylik maosh xarid qobiliyatining o‘sish dinamikasi, minimal iste’mol savati bilan qiyoslanganda, hozirgi paytda 7,2 barobar oshdi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling