Yalpi iste’mol xarajatlari. Oilaning yalpi daromadlari oshib borishi
bilan bir vaqtda yurtimizda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini
oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish
hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoit
yaratildi.
6-jadval
1990-2010-yillarda aholi yalpi xarajatlarining tarkibi (foizda)
1990-
yil
2000-
yil
2009-
yil
2010-
yil
1. Jami xarajatlar tarkibi
100,0
100,0
100,0
100,0
Ulardan:
iste’mol xarajatlari
81,1
84,3
78,5
78,4
iste’moldan tashqari xarajatlar
(soliqlar, chiqimlar (badallar) va
boshqa to‘lovlar)
7,1 6,9 6,3
6,2
pul omonatlari va jamg‘armalar
11,8
8,8
15,2
15,4
2. Jami iste’mol xarajatlari
100,0
100,0
100,0
100,0
Shu jumladan:
oziq-ovqat mahsulotlari uchun
58,3 59,8 51,9
49,8
nooziq-ovqat mahsulotlari uchun
31,5 26,8 31,9
33,7
xizmatlar uchun to‘lovlar
10,2
13,4
16,2
16,5
Agar 1990-yilda aholi daromadlarining bor-yo‘g‘i 46–48 foizi
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovar resurslari bilan ta’minlangan
bo‘lsa, 2010-yilda bu ko‘rsatkich 75 foizdan oshdi. 2010-yilda iste’mol
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1990-yilga nisbatan 6,7 barobar,
aholiga pullik xizmat ko‘rsatish hajmi esa 1,4 barobar o‘sdi.
Yuqorida qayd etilgan omillar aholi yalpi daromadlarining o‘sishi
bilan birga, uning pul omonatlari va jamg‘arma mablag‘lari barqaror o‘sib
borishini ham ta’minladi. Bu mablag‘larning xarajatlar tarkibidagi ulushi
o‘sib, 1990-yildagi 11,8 foizdan 2010-yilda 15,4 foizga yetdi.
Oilalarning iste’mol xarajatlari makrotarkibi ham optimallashib
bormoqda, oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar ulushi
barqarorlashib, xizmatlar uchun xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Bunday
holat iqtisodiy rivojlanib borayotgan davlatlar uchun xosligini qayd
etishimiz joiz.
540
Do'stlaringiz bilan baham: |