Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Aholining jamg‘arma mablag‘lari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

 Aholining jamg‘arma mablag‘lari. Aholining jamg‘arma mablag‘-
lari iste’mol budjetining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yurtimizda 
1995–2010-yillarda aholi omonatlari hajmi barqaror oshib bordi. 
Ayniqsa, yuqori o‘sish sur’atlari 2000–2010-yillarga to‘g‘ri keladi, bu 
davrda mazkur ko‘rsatkich 28,6 barobar oshgan. Hozirgi vaqtda, so‘rov 
natijalariga ko‘ra, mamlakatimizdagi qariyb barcha xonadon sohiblari 
banklarda o‘z jamg‘arma mablag‘lari – omonatlariga ega. 
Bozor munosabatlari chuqurlashib, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik rivojlanib borgani sayin aholining yalpi xarajatlari tarkibida 
yangi yo‘nalish – tadbirkorlik faoliyati uchun xarajatlar yo‘nalishi paydo 
bo‘ldi. Ularning ulushi hozirgi paytda 8,5 foizni tashkil etmoqda. O‘z 
mohiyatiga ko‘ra, bu usul oila xo‘jaligining asosiy kapital uchun mablag‘ 
jamg‘arishning samarali shakli bo‘lib, xususiy mulk asosida o‘z 
daromadlarini shakllantirish va ko‘paytirish imkonini beradi. 


 543
6. Davlatning ijtimoiy siyosati. O‘zbekistonda ijtimoiy
siyosatning asosiy yo‘nalishlari 
Ijtimoiy siyosiy davlat siyosatining muhim bo‘g‘inidir. Xalqaro 
Mehnat Tashkiloti (XMT)ning «Ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadlari 
va me’yorlari to‘g‘risida»gi 117-sonli konvensiyasida insonning o‘zi, 
oilasi salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
turmush darajasiga, shuningdek ishsizlik, nogironlik, bevalik va unga 
bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra yashash uchun zarur 
mablag‘lardan mahrum bo‘lgan hollarda ijtimoiy ta’minotga ega bo‘lish 
huquqi belgilangan. 
XMT tomonidan qabul qilingan «Ijtimoiy ta’minotning minimal 
me’yorlari to‘g‘risida»gi 102-sonli konvensiyani ijtimoiy himoyalash 
bo‘yicha asosiy hujjat deb qarash mumkin. Ushbu konvensiya ijtimoiy 
himoyaning quyidagi 9 turini o‘z ichiga oladi: tibbiy xizmat, ishsizlik va 
keksalik nafaqasi, ishlab chiqarishda olgan jarohatlar tufayli nogironlik 
nafaqasi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va 
farzand tug‘ilishi bo‘yicha nafaqa, kasallik nafaqasi va oilaviy nafaqa. 
Iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikning o‘zaro aloqasini iqtisodiy 
manfaatlar yuzaga chiqaradi. Iqtisodiy manfaatlar – bu kishilarning 
hayotiy ehtiyoji, lekin bu anglangan va ma’lum xatti-harakatni yuzaga 
keltirganda, iqtisodiy manfaatga aylanadi. Manfaatlar o‘zining homiy 
subyektiga qarab har xil bo‘ladi. Ayrim kishining manfaati individual, 
jamoaning manfaati guruhiy-korporativ va nihoyat davlatning manfaati 
umummilliy bo‘ladi. Bozor tizimida individual manfaat ustuvorlikka ega
chunki bu yerda xususiy mulk yetakchi bo‘ladi. Individual manfaat bu ish 
kuchi egasi bo‘lgan yollanib ishlovchi manfaatiga, tadbirkorlar, mulk 
sohiblari va menejerlar manfaatiga ajraladi. Har bir individ o‘z qo‘lidagi 
resurslardan ko‘proq daromad topishga intiladiki, bu bilan u o‘z 
manfaatini ro‘yobga chiqarishga oshiqadi. Ish kuchi egasi ko‘proq ish 
haqi olsam, tadbirkor foydani ko‘p topsam, pul egasi ko‘p foizga ega 
bo‘lsam, deydi.
Hozirgi iqtisodiyot faqat bozor qonunlari boshqarib turadigan 
iqtisodiyot emas. Uning muhim jihati davlat tomonidan tartibga 
solinishidir. Bozor kuchlari muqobil tanlovni yuzaga keltiradi. Bunga 
ko‘ra, iqtisodiyotda saralanish yuzaga kelib, tabaqalanish chuqurlashadi. 
Iqtisodiy ishtirokchilarning mavqei tez-tez o‘zgarib turadi. Bozor 
mexanizmi o‘z-o‘zidan ijtimoiy tengsizlikni yaratadi. Binobarin, unda 
ijtimoiy kelishmovchilik yaratish salohiyati ham yo‘q emas. Demak, 


 544
bozor kuchlarida iqtisodiyotni rivojlantira olishga layoqat bor. Biroq ular 
ijtimoiy muvozanatni ta’minlashda layoqatsiz bo‘ladi. Ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlashda davlat faollik qilishi kerak, bunga ta’sirchan 
ijtimoiy siyosat orqali erishiladi. Davlat iqtisodiyot ishtirokchisi sifatida 
boshqa subyektlardan siyosiy hokimiyat sohibi ekanligi bilan farqlanadi. 
Shu hokimiyatga tayanib, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotni tartibga 
solib turadi. 
Shu jihatdan davlatni jamiyat manfaatini himoya qiluvchi eng oliy

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling