Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Ijtimoiy xavfsizlik deganda jamiyat barcha ahlining zaruriy
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy minimum normal turmush kechirish va ish qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi iste’molni bildiradi.
Ijtimoiy xavfsizlik deganda jamiyat barcha ahlining zaruriy
moddiy va ijtimoiy mavqeini ta’minlash bo‘yicha davlatning chora- tadbirlari majmui tushuniladi. U, birinchidan, malakali ish kuchini takror ishlab chiqarishni, ikkinchidan, jamiyatning mehnatga qobiliyatli a’zolari salohiyatini amalga oshirish uchun sharoitning mavjudligini, uchinchidan, ishsizlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish, to‘rtinchidan, ijtimoiy kafolatlarni bildiradi. Iste’mol eng kam deganda tirikchilik minimumini, ko‘p deganda ijtimoiy minimumni ta’minlashi talab qilinadi. Tirikchilik minimumi inson sog‘-salomat yashab, ish qobiliyatini saqlab qolishi uchun zarur bo‘lgan darajada iste’mol qilinishini bildiradi. Ijtimoiy minimum normal turmush kechirish va ish qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi iste’molni bildiradi. Ijtimoiy barqarorlik bo‘lishi uchun iste’mol tirikchilik minimumidan ijtimoiy minimum tomon o‘sib borishi talab qilinadi. Ijtimoiy xavfsizlik nuqtai nazaridan iste’mol mehnat salohiyatining vayron bo‘lishiga yo‘l bermay, uning saqlanib qolishini ta’minlashi kerak bo‘ladi. Ammo mehnat salohiyatini saqlash xarajatlari mamlakatlar bo‘yicha jiddiy farqlanadi, chunki ish kuchini qaytadan yaratish sarflari hamma yerda bir xil bo‘lishi mumkin emas. Rivojlangan mamlakatlarda bu sarf bir kun hisobida eng kamida 18 dollar, AQShda esa 33 dollar qilib belgilangan. Bunday farqlanish iste’mol minimumining miqdoran va tarkiban har xil bo‘lishidan va narxlar darajasidan kelib chiqqan. 549 Inson sog‘lom yashashi uchun ovqatlanishi miqdoran va tarkiban yetarli bo‘lishi zarur. Kundalik ovqatlanish me’yori 2150 kilokaloriya energiya quvvati bera olishi lozim. Bu ham ijtimoiy zarurat hisoblanadi. Biroq oziq-ovqat tarkibida kishi organizmiga zarur bo‘lgan moddalar minimal darajada bo‘lishi talab qilinadi. Masalan, kundalik ovqatlanishda har bir kishi uchun kamida 30–32 g. go‘sht, baliq, tuxum va sut kabi mahsulotlar beradigan oqsil moddasi bo‘lishi kerakligi mutaxassislar tomonidan ta’kidlanadi. Binobarin, xavfsizlik darajasi bo‘lishi uchun oziq-ovqat tarkibida uglevodlarlardan tashqari, oqsil, yog‘ va vitaminlar ham bo‘lishi kerak. Buning uchun uglevodli non, makaron, kartoshka va guruchdan tashqari, oqsilga boy sut, go‘sht, tuxum, baliq ham iste’mol qilinishi zarur bo‘ladi. Inson uchun oziq-ovqat xavfsizligi darajasini aniqlashda kundalik ovqatlanish beradigan energiya quvvati uning me’yori bilan taqqoslanadi. Ijtimoiy xavfsizlik nooziq-ovqat tovarlarini, jumladan xizmatlarni ham minimal darajada bo‘lsa-da, iste’mol etilishini bildiradi. Biroq o‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda aholi iste’moli tarkibida buzilishlar yuz beradi. Bu jami iste’molda oziq-ovqat hissasining ortib ketishidan iborat bo‘lib, daromadlarning umuman kamayishi va aholi tarkibida kam ta’minlanganlar hissasining ortishi bilan izohlanadi. Bunday hodisa o‘tish davrining dastlabki yillarida ko‘pchilik MDH mamlakatlarida kuzatildi. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi real iqtisodiy sharoitdan kelib chiqqanini hayotning o‘zi isbotladi. Gap shundaki, O‘zbekiston, birinchidan, sotsialistik iqtisodiy tizim sharoitida, ikkinchidan, esa Sovet imperiyasi tarkibida rivojlandi. Bu esa uni qoloqlikka mahkum etdi. O‘zbekiston resurslarga boy mamlakat bo‘la turib, iqtisodiy taraqqiyotda ko‘pgina Sharq mamlakatlaridan orqada qolib ketdi. 1990-yili aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 75–80 o‘rinni egalladi, ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati, uning strukturasi, tarkibining yangilanishi, ya’ni diversifikatsiyasi jihatidan dunyo talablaridan ancha orqada qoldi. Dastlab, jon boshiga hisoblangan nooziq-ovqat tovarlari iste’moli qisqardi, demak, ularning yetishmovchiligi yuzaga keldi. Bu, ayniqsa, turli xizmatlar iste’molida yaqqol ko‘zga tashlandi. Xizmat ko‘rsatishning pulli bo‘lishi va daromadning yetishmasligi iste’mol darajasining qisqarishiga olib keldi. Natijada ijtimoiy xizmatlarni iste’mol qilish uchun ketgan sarflarning oilaning jami xarajatlaridagi hissasi kichik bo‘ldi, lekin uning o‘sishga moyilligi kuzatildi. 550 Xavfsizlikka erishishda ijtimoiy farovonlikning ahamiyati katta. Bu iqtisodiy farovonlikdan farqliroq turmush kechirishning shart-sharoiti qandayligi bilan tavsiflanadi. Bunga hayot kechirishning xavfsizligi, kommunal xizmatlar iste’moli, ijtimoiy ne’matlar, o‘rtacha umr ko‘rish kabilar kiradi. Xalqaro miqyosda ijtimoiy farovonlik darajasini aniqlash uchun bolalarning qanchasi maktablarda o‘qishi, o‘qituvchilar soni, ta’lim olishdagi teng huquqlilik darajasi, davlatning jon boshiga hisoblangan ta’lim uchun sarflari kabilar hisobga olinadi. Sog‘liqni saqlash xizmati darajasi aniqlanganda, bolalar orasidagi o‘lim, bola tug‘ish paytida onalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati, bolalarning emlanishi, har ming nafar aholiga hisoblangan vrachlar soni, kasalxonalarda o‘rinlar soni va davolanish darajasi kabilar inobatga olinadi. Ijtimoiy farovonlikni aholining toza ichimlik suvi va zamonaviy kanalizatsiyadan foydalanishi ham belgilaydi. Ona va bola salomatligini himoyalash bo‘yicha bajarilayotgan tadbirlar natijasida o‘tgan o‘n yil (2000–2010) davomida mamlakatimizda onalar o‘limi har ming kishi uchun 33,1 nafardan 19,7 nafarga, bolalarning nobud bo‘lishi esa 18,9 nafardan 10,1 nafarga tushdi. Tug‘ma va irsiy kasalliklar bilan tug‘iladigan bolalar soni qariyb ikki barobar kamaydi. Yaponiya parlamenti a’zolari O‘zbekistonda aholi savodxonligi darajasini qariyb 100 foiz, deb ta’kidladi 1 . Iqtisodiy va ijtimoiy farovonlikning asosiy ko‘rsatkichlari (jon boshiga daromad miqdori, savodxonlik darajasi, o‘rtacha umr ko‘rishi) asosini inson kamoloti indeksi orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ijtimoiy barqarorlik ta’minlanadi. Barqarorlik sharoitida ijtimoiy konfrontatsiya (qarshi turish) o‘rniga ijtimoiy konsolidatsiya (hamkorlik) yuzaga keladi. Ijtimoiy hamkorlik bor joyda inson kapitali rivoj topadi va bu milliy xavfsizlikning asosini belgilovchi iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikka xizmat qiladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling