Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet332/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Mutlaq qashshoqlik – shaxs yoki uy xo‘jaligining real daromadning 
yashash uchun zarur bo‘lgan eng kam mablag‘ hajmiga mos keladigan holati. 
Detsil koeffitsiyent – xonadon xo‘jaliklarining eng ko‘p daromadli 10
foizning o‘rtacha daromadi bilan eng kam ta’minlangan 10 foizning o‘rtacha 
daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi koeffitsiyent. 
Daromadni qayta taqsimlashda davlatning ishtirok etish indeksi 
daromadlarni qayta taqsimlashga davlat aralashuvining darajasini ifodalovchi 
ko‘rsatkich. 


 552
Daromadlarning konsentratsiyasi indeksi – jamiyatning daromadlar 
bo‘yicha qutblashuv darajasini ko‘rsatuvchi indeks. 
Nominal daromad – tovar va xizmatlarning joriy yoki nominal baholari 
doirasidagi pul daromadlari darajasi. 
Nisbiy qashshoqlik – uy xo‘jaligining o‘rtacha uy xo‘jaligi daromadiga 
qaraganda ikki marta kam darajadagi real daromadiga mos keluvchi ahvoli. 
Daromadlarni shaxsiy taqsimlash davlatning daromadlarni uy 
xo‘jaliklari o‘rtasida keyinchalik qayta taqsimlashi yoki shaxslar bo‘yicha 
pirovard taqsimlashi. 
Daromadlarni indekslash – iste’mol buyumlari narxlar indeksining 
oshishiga muvofiq ravishda aholiga to‘lanadigan ish haqi, nafaqa, stipendiya, 
pensiya va boshqa to‘lovlar miqdorining oshirilishi. 
Daromadlarni muzlatish – aholi pul daromadlarining o‘sishini 
sekinlashtirish yoki to‘xtatib qo‘yishga qaratilgan siyosat hamda 
qo‘llaniladigan chora-tadbirlar tizimi.
Real daromad – narx o‘zgarishini inobatga oluvchi va narxlarni 
qandaydir bazaviy davrga keltirish orqali hisoblanadigan daromad. 
Iqtisodiyot sohasidagi ijtimoiy adolat – muayyan jamiyatda 
shakllangan iqtisodiy munosabatlar tizimining ushbu adolat haqidagi, ya’ni 
iqtisodiy transaksiyalar va xo‘jalik yuritish sohasidagi oqibatlarning to‘g‘riligi, 
halolligi, tartibliligi, ziyoliligi haqidagi tasavvurlarga muvofiqligi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling