Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ijtimoiy dasturlar – aholining bevosita turmush sharoiti va farovonligini 
ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlarni rivojlantirishga oid chora-
tadbirlarni o‘z ichiga olgan rejaviy hujjatlar. 
Kapital mablag‘lar – muayyan maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni 
moliyalashtirish maqsadida shakllantirilgan va yo‘naltirilgan mablag‘lar. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. «Odamlarning dasturxonida, oilaviy ahvolida, umuman kundalik 
hayotimizda ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmasa, bu aholining haqli e’tirozi 
va noroziligiga olib kelishi tabiiy»
1
.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish birlamchi ahamiyat kasb 
etsa-da, uning natijasi daromad, foyda shaklida yuzaga chiqadi, chunki bozor 
qoidalari resurslar sarfi samarasiga ko‘ra daromadlarga ega bo‘lishni 
ta’minlaydi. Demak, aholi turmush darajasining yuksalishi bozor qoidalari 
orqali topiladigan daromadlarga bog‘liq bo‘lib qoladi.
3. Daromadga ega bo‘lish uchun resurs egalari iqtisodiy munosabatlarga 
kirishib, o‘z manfaatini himoya qilishi kerak, aks holda, daromadning 
rag‘batlantiruvchi iqtisodiy mazmuni realizatsiya etilmay qoladi.
4. Daromad – bu iqtisodiyot subyektlarining faoliyati natijasida ular 
ixtiyoriga kelgan hamda mulkiga aylangan pul va moddiy shakldagi tushumlar.
5. Bozor daromadlari – bu iqtisodiyot subyektlarining o‘z qonuniy 
resurslarini bozor qonun-qoidalariga muvofiq amalda ishlab topgan pul 
tushumlaridir.
6. Nobozor daromadlari – bu subyektlarning ijtimoiy maqomiga ko‘ra va 
muhtojlik darajasiga nisbatan beriladigan pul va moddiy tushumlar.
7. Daromadlarni shakllantirishda iqtisodiy institutlar qatnashib, ular ham 
davlat, ham nodavlat institutlari hisoblanadi. Ularning faoliyati daromadlarni 
tartibga soladi va bu ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratiladi.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. əɧɝɢ ԟɚɺɬɧɢ ɷɫɤɢɱɚ ԕɚɪɚɲ ɜɚ ɺɧɞɚɲɭɜɥɚɪ ɛɢɥɚɧ
ԕɭɪɢɛ ɛʆɥɦɚɣɞɢ // ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2005. – 17 ɮɟɜ.


 554
8. O‘tish davrida daromadlar tabiati jihatidan bozor va nobozor tiplarga 
ajralib, iqtisodiy va huquqiy jihatdan qonuniy va noqonuniy tus oladi.
9. Bozor daromadlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) kishilarning tirikchiligini ta’minlaydi va ishchi kuchini takroran hosil 
etadi; 
b) inson salohiyatini takomillashtirib borishga undaydi, u qo‘shimcha 
daromad topib, boshqalardan farovonroq yashash ishtiyoqini uyg‘otadi va 
moliyaviy resurs sifatida iqtisodiyotning o‘sishiga xizmat qiladi hamda 
ahamiyati kuchayib boradi; 
c) daromadlarning kuchli, lekin adolatli tabaqalanishiga olib keladi, hayot 
darajasida jiddiy tafovut yuzaga keladi. Tengsizlik bo‘lishi mumkin, faqat u 
adolatli bo‘lishi lozim; 
d) bozor daromadlaridagi tengsizlik aholini ijtimoiy himoya etishni shart 
qilib qo‘yadi. 
10. Turmush darajasi – aholining zaruriy moddiy va ma’naviy ne’matlar 
va xizmatlar bilan ta’minlanganlik va ularni iste’mol qilish darajasi. 
11. Turmush darajasining past bo‘lishi jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. 
18-MAVZU. IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHDA 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling