Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


  Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1. 
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Bu yalpi ichki 
mahsulotning bir maromda va yetarli sur’atlar bilan o‘sishiga sharoit 
hozirlashni bildiradi, chunki YAIM qanchalik tez o‘sa, mamlakat 
iqtisodiy qudrati shunchalik oshadi. 
2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’minlash, uning chet 
elga qaram bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Iqtisodiyot qanchalik mustaqil 
bo‘lsa, shunchalik milliy manfaatlarga ko‘proq xizmat qiladi. 


 564
3. 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy aylanmaning 
uzluksizligini, ya’ni takror ishlab chiqarishning to‘xtovsiz davom 
etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l qo‘yilmasligini bildiradi. 
4. Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’minlash 
mamlakatdagi pul muomalasining me’yorida borishiga erishish, pulni
iqtisodiy aloqalarning muntazam ishlab turuvchi vositasiga aylantirish. 
5. Aholi turmush farovonligini mustaqil oshirib, iqtisodiyotning 
ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashish. 
6. Milliy iqtisodiyotni xalqaro integratsion jarayonlar va glo-
balizatsiyada faol ishtirok etib, xalqaro iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishi,
baynalminal iqtisodiy munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga 
aylanishiga erishish. 
7. Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’minlash, ya’ni uni uzoq 
kelajakda o‘sib borishiga sharoit hozirlash. 
Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya’ni uzoq davrga 
mo‘ljallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq uning qisqa vaqtdagi taktik, 
ya’ni juz’iy maqsadlari ham bor. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan 
chiqib ketish, narxlarning barqarorligini ta’minlash, investitsion faollikni 
rag‘batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, novatsiyalarni ta’minlash, 
yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Juz’iy maqsadlar 
strategik maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat qiladi. 
Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga quyidagi vositalar bilan 
erishadi: birinchisi, iqtisodiy vositalar bo‘lib, bular jumlasiga soliqlar, 
subsidiyalar, litsenziyalar, eksport kvotalari, uchot stavkalari, davlat 
buyurtmalari, davlat investitsiyalari, transfertlar, turli iqtisodiy 
sanksiyalar (jazolash vositalari) kabilar kiradi. Ikkinchisi, yuridik 
vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat 
tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos 
ravishdagi qonun osti hujjatlarini ishlab chiqish, ularni qabul qilish va 
joriy etishdan iboratdir. 
Qonunchilik iqtisodiyotning huquqiy asoslarini belgilab beradi, bular 
esa bozor iqtisodiyotining obyektiv iqtisodiy qonunlari talabidan kelib 
chiqishi zarur. Iqtisodiyotga oid yuridik qonunlarni parlament qabul 
qiladi. Hukumat esa ularning amalga oshirilishini ta’minlaydigan qarorlar 
va farmoyishlarni ishlab chiqadi. Tegishli davlat idoralari qonunlarning 
amalga oshirilishini nazoratga oladi. Uchinchisi, siyosiy-ma’muriy 
vositalar. Davlat hokimiyat sohibi bo‘lganidan o‘z siyosatiga rioya 
etilishini o‘z organlari kuchi bilan ta’minlaydi. Davlat oliy siyosiy institut 
hisoblanar ekan, uning qarorlari va buyruqlariga hamma itoat etishi kerak 


 565
bo‘ladi. Ma’muriy usul yordamchi usul hisoblanadi, u bozor tizimida 
yaxshi natija bermaganidan cheklangan holda qo‘llaniladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling