Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi me’yori shundan iboratki,
davlatning faoliyati bozor mexanizmining ishlashiga xalaqit
bermasligi, zarur bo‘lganda, bu mexanizm ishini to‘ldirib turishi
ham talab qilinadi
1
.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida tartiblashning bozor mexanizmi bilan
davlat mexanizmi amal qiladi.
Sobiq Ittifoq davrida total davlatlashtirish kuchli bo‘lgan. Total
davlatlashtirish iqtisodiy sohada, jumladan siyosiy va ma’naviy hayotda,
iqtisodiyotni tashkil etishning barcha nodavlat shakllarini bostirishda
davlat monopoliyasining qaror topishidir.
Totalitar iqtisodiyotda tobelik g‘oyasi kuchli bo‘lgan. Davlat o‘ziga
haddan tashqari ziyod vazifalarni olganki, bu iqtisodiyotni
siyosiylashtirishga olib kelgan.
Iqtisodiyotni siyosiylashtirish deganda iqtisodiy rivojlanishni
siyosiy-g‘oyaviy maqsad va vazifalarni bajarishga bo‘ysundirish
jarayoni tushuniladi.
Davlatlashtirish – bu hamma vaqt iqtisodiyotni siyosiylashtirish bo‘lib,
u hukmron siyosat va g‘oyaga bo‘ysunib keladi. Bu quyidagi oqibatlarga
olib keladi:
birinchidan, davlatlashtirilgan firmalar samarasiz iqtisodiy strategiya
ishlab chiqadi, sababi davlat firmalarga bozor qoidalari bilan emas,
siyosiy motivlar bilan rahbarlik qilishga majbur etadi. Qayd etish lozimki,
siyosiy motivlar doimo iqtisodiyotning davlat sektorida ishtirok etadi;
ikkinchidan, davlat sektori korxonalarida ishlab chiqarishning past
samarali tartibida faoliyat ko‘rsatadi. Davlat firmalari «imtiyozli, qulay»
iqtisodiy sharoitda bo‘ladi va ular o‘zlaridan ham ko‘proq davlatga
ishonadi. Chunki davlat ularga imtiyozli soliq va kredit rejasini
belgilaydi, dotatsiya to‘laydi, subsidiyalar beradi, qarzini kechib
yuboradi. Bu davlat sektorini bankrotlikdan qutqaradi. Ularga
boqimandalik kayfiyati ustuvordir. Shu sababli yangilikka intilmaydi,
mehnat unumdorligi va sifatni oshirish qayg‘usi yetishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |