Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Bozor iqtisodiyotining asosiy samarasi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Bozor iqtisodiyotining asosiy samarasi: 
– bozorning o‘ta monopollashuvi xavfi – ijtimoiy infratuzilmani, 
transport, jamoat tartibini rivojlantirish stimuli (rag‘bati)ning yo‘qligi; 
– atrof-muhitni ifloslantirish xavfi va tabiiy resurslardan foydala-
nishning samarasizligi; 
– aholi daromadlari tabaqalanishining yuqori darajasi va ijtimoiy 
tengsizlik; 
– iqtisodiyotning siklik (notekis) rivojlanishi, iqtisodiy-moliyaviy 
inqirozlarning buzg‘unchi xarakteri. 
Bozor iqtisodiyotida davlatning asosiy vazifalari: 
1) qonunchilik – qonunchilik bazasi; 


 557
2) samaradorlik – raqobat muhitini yaratish va qo‘llab-quvvatlash, 
ijtimoiy tovarlar bilan ta’minlash uchun resurslarni qayta taqsimlash
3) adolatlilik – boylik va daromadlarni qayta taqsimlash; 
4) barqarorlik – makroiqtisodiy stabilizatsion siyosat. 
Davlat boshqaruvining metodlari: 
1. Davlat boshqaruvining ma’muriy metodlari – antimonopol 
choralar, ma’muriy standartlar o‘rnatish, biznes va tadbirkorlik sohasida 
ro‘yxatga oluvchi protseduralar, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash-
tirish, biznes va tadbirkorlikni yuritish borasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri man 
etuvchi va ruxsat beruvchi tamoyillar.
2. Davlat boshqaruvining iqtisodiy metodlari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
tartibga solish, budjet orqali moliyalashtirish, davlat xaridlari, davlat 
sektorining faoliyati, makroiqtisodiy siyosatning barcha shakllari.
3. Davlat boshqaruvining ijtimoiy metodlari – davlatning ijtimoiy 
ta’minoti, ish haqining kafolatlangan minimumini o‘rnatish, ishsizlik 
uchun to‘lovlar.
Iqtisodiyotda davlat sektorini tashkil etish shakllari: 
– markazlashgan iqtisodiyotdan meros qolgan davlat korxonalari
– davlat budjeti vositalari hisobidan davlat qurilishi; 
– davlat vositalari hisobidan xo‘jalik subyektlarini sotib olish
– korxonalarni natsionalizatsiya qilish. 
Ijtimoiy ne’matlar tovarlar yoki xizmatlar bo‘lib, ulardan bir 
iste’molchining foydalanishi boshqalarning iste’moli imkoniyati va 
ulardan foydalanishi huquqini kamaytirmaydi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling