Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

DAVLATNING ROLI 
1. Davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalari 
Ko‘plab masalalar mavjudki, uni bozor mexanizmi yechishga qurbi 
yetmaydi. Bunga davlatning bozor tizimida faol ishtirok etishi asos 
bo‘ladi. Davlat, eng avvalo, mamlakatning milliy manfaatlarini ifodalaydi 
va bozor mexanizmining samarali ishlashiga qulay sharoitlar hozirlaydi. 
Bozor iqtisodiyotida davlatning tag-zaminli funksiyasi jamiyat 
miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Faqat 
davlat jamiyatning sa’y-harakatlarini tartibga soluvchi oliy muassasa 
bo‘la oladi. Faqatgina davlat jamiyatning turli manfaatlarini 
uyg‘unlashtiradi, ularni yagona umummilliy manfaatga birlashtiruvchi 
kuch hisoblanadi. 
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda 
qanday chora-tadbirlarni amalga oshiradi?
Bunda davlat, soliq-budjet siyosatini yuritadi. Davlat budjet orqali 
daromadlarni jamiyatning turli toifadagi fuqarolari o‘rtasida ularning 
ajralmas huquqlarini, ya’ni farovonlikning ma’lum standartiga erishish 
maqsadida amalga oshirish siyosatini qo‘llaydi.


 555
Davlatning daromadlarni qayta taqsimlashdagi faoliyati jamiyatda
band bo‘lgan, fiksirlangan daromadlarga ega fuqarolar (davlat boshqaruvi 
sohasidagi xizmatchilar, olimlar, harbiy xizmatchilar va h.k.)ning 
mavjudligidan ham kelib chiqadi. 
Ma’lumki, jamiyatda nogironlar, mehnatga layoqatsiz fuqarolar ham 
istiqomat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 
muvofiq, davlat ish bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholiga 
quyidagilarni kafolatlaydi: 
– ishsizlik nafaqasini to‘lash; 
– mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, 
qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishi hamda 
shu davrni umumiy mehnat stajiga qo‘shish; 
– ishsiz shaxsga qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda, moddiy 
yordam berish; 
– 
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati
– mehnat organlarining taklifiga binoan, ishlash uchun ixtiyoriy 
ravishda boshqa yerga ko‘chish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling