Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monetar siyosat
3. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiyot yaxlit bo‘lar ekan, iqtisodiy siyosat ham yagonadir. Davlatning iqtisodiy siyosati – bu makroiqtisodiy siyosat bo‘lib, uning muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga oid puxta o‘ylangan va ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-harakatlaridir. Lekin davlat siyosatining aniq yo‘nalishlari bor. Monetar siyosat – bu davlatning pul-kredit siyosati bo‘lib, pul muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini boshqarib turish siyosati hisoblanadi. Uning maqsadi narxlarni va shunga ko‘ra milliy pul birligi xarid qurbini, uning valuta kursini barqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat bo‘ladi. Monetar siyosatning uchta asosiy jihati bor: 1. Qayta moliyalashtirish yoki uchot siyosati. Bunda davlat nomidan markaziy banklar uchot stavkasini o‘zgartiradi. Stavka oshganda pul qimmatlashib, unga talab qisqaradi. U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga talab oshadi. Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat bo‘lishini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotga kredit hisobidan yuboriladigan investitsiyalarni o‘zgartirib, uning o‘sishiga ta’sir etadi. 2. Ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish siyosati. Bu davlat obligatsiyalarini chiqarib, firmalar, banklar va aholiga sotish va vaqti kelganda ularni qaytadan sotib olishni bildiradi. Bu obligatsiyalarni olish qulay bo‘ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan foizni davlat to‘laydi, bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi. Davlat obligatsiyalari sotilganda pul ularga bog‘lanib qoladi, natijada uning muomaladagi miqdori qisqaradi. Aksincha, ular qaytadan sotib olinganda pul ulardan bo‘shab, muomalaga keladi, u yerdagi pul miqdori ko‘payadi. Demak, bu usul bilan ham pul miqdori tartiblanadi. 3. Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar boshqa banklar uchun kredit resursining majburiy rezervini kiritadi. Bu tartibga ko‘ra banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli qisqaradi, agar u kamaysa, bu pul ko‘payadi. Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 80 mlrd. dollar. Shundan 10 foiz zaxira o‘tkazilsa, kredit uchun 72 mlrd. dollar qoladi. Bordi-yu bu zaxira 15 foizga chiqarilsa, kreditga 68 mlrd. 566 dollar qoladi. Bu bilan kreditga mo‘ljallangan pulning taklifi oshadi yoki qisqaradi. Shunga qarab, kredit olish goh oshib, goh qisqarib turadi. Monetar siyosatning aytilgan yo‘nalishlari shuni ko‘rsatadiki, unda turli iqtisodiy vositalar qo‘llaniladi. Monetar siyosat ikki xil bo‘ladi: 1) qattiq siyosat. Bunda pul massasi qisqartiriladi, uning emissiya (pul chiqarish) hisobidan o‘sishi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib, tovar massasiga tenglashadi. Pulning qisqarishi talabni kamaytiradi, narxlar esa o‘smaydi, pul birligining xarid qurbi barqaror- lashadi. Pul topishga intilish iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat ilgari ta’kidlaganimizdek, odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflatsiyani keskin susaytirish uchun qo‘llaniladi; 2) yumshoq monetar siyosat. Bunda davlat pul massasining ortishiga to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi hadeb cheklanavermaydi, natijada pul ko‘payib, uning arzonlashuvi yuz beradi. Yumshoq siyosat iqtisodiyot o‘sish pallada bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi, chunki pul massasining o‘sishiga qarab tovarlar massasi ham o‘sadi. Bunda tovar-pul muvozanati pulni qisqartirish hisobidan emas, balki tovarlarning ko‘payishi tufayli ta’minlanib turadi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling