Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya siyosati.
2. Nofaol fiskal siyosat. Bu siyosat moliyaviy stabilizatorlarni
o‘zgartirmay, ularning erkin ishlashiga yo‘l berishga qaratiladi, chunki bozor mexanizmi yaxshi ishlab turgan bo‘ladi. Iqtisodiyotning uzilishlarsiz yuksalib borishi tufayli moliya vositalarini o‘zgartirishga hojat qolmaydi. Demak, bu siyosat iqtisodiy o‘sish to‘xtovsiz borayotgan kezlarda ish beradi. Investitsiya siyosati. Bu investitsiya resurslarini shakllantirish va ularning kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatdir. Bu siyosat investitsion faollikni oshirishga yoki kamaytirishga qaratiladi. Bu davlatning struktura (ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish) siyosati bilan bog‘liq, bu esa ishlab chiqarishning eski sohalarini cheklab, yangi, masalan, eksportga mo‘ljallangan sohalarini o‘stirishni bildiradi. Investitsiya siyosatiga ko‘ra yangi istiqbolli sohalarga investitsiya qilingan foydadan umuman soliq olinmaydi yoki qisqartirilgan miqdorda oshadi. Yangi sohalardagi mol-mulkdan soliq olinmagan holda, eski sohalardagi mol-mulkdan soliq ko‘proq olinadi. Bu bilan yangi sohalarning jadal o‘sishi rag‘batlantiriladi, eski sohalar esa rag‘batlan- tirilmaydi. Investitsiya siyosati texnika taraqqiyotini ham jadallashtiradi. Yangi texnologiyalarga pulni investitsiyalayotgan firmalarga subsidiyalar ajratmadi, soliqdan yengilliklar beriladi. Bu siyosat firmalarga tushadigan investitsiya yukini kamaytirishni ham ko‘zlaydi. Shu maqsadda bir qator serkapital, binobarin katta investitsiyalarni talab qiluvchi va investitsiyalar o‘zini tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan firmalar investitsiyasini serfoyda ishlarga yuborilishiga ko‘mak beriladi. Bozor qoidalariga binoan investitsiyalarning serfoyda sohalarga yuborilishi davom etadi. Biroq davlat xususiy investitsiyalarni umumiqtisodiy ahamiyatga molik sohalarga yuborilishini o‘z qo‘lidagi moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi. Agrar siyosat. Bu davlatning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatidir. Mazkur siyosat qishloq xo‘jaligining barqaror o‘sishini, oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlaydi. Uning doirasida davlat qishloqdagi ishlab chiqarish infratuzilmasining (suv xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, gaz va elektr energiyasi ta’minotining) xarajatlarini qisman o‘z zimmasiga oladi, davlat yerni ijaraga olib 569 ishlatilishini, yerni garovga qo‘yib, kredit olishni huquqiy jihatdan ta’minlaydi. Agrar siyosatda (yer davlatniki bo‘lgan joyda) davlatning xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Dehqonlarni qo‘llab turish uchun yer solig‘i yengil qilib belgilanadi. Masalan, 2002- yili O‘zbekistondagi yagona yer solig‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun bozor qiymatining 3–5 foizidan oshmadi. Bu soliq dehqonlarga og‘irlik qilmadi. Qishloq xo‘jaligida rentabellik past bo‘lganidan kapitalning u yerdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat fermerlarga subsidiya berib turadi, uning hisobidan xarajatlar qisman qoplanib, fermerlar me’yordagi daromadga ega bo‘lishadi va qishloq xo‘jaligini tark etmaydilar. Fermerlarni rag‘batlantirish uchun davlat qishloq xo‘jaligi mahsulotini ularga ma’qul narxlarda sotib oladi. Davlat narxlari bozor narxlariga yaqin turadi, ularga binoan mahsulotni davlatga sotish fermerlar uchun qulay bo‘ladi, chunki davlat xaridi mahsulotlarning sotilishini va kanda qilmay daromad olinishini kafolatlaydi. Tashqi iqtisodiy siyosat. Bu davlatning o‘zaro foydali tashqi aloqalarni rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro‘yobga chiqarish jarayonidir. Bu siyosatning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligidagi mavqeini mustahkamlashdir. Unga binoan eksport va import, chetga kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi migratsiyasiga doir tadbirlar amalga oshiriladi. Bu siyosatda bojxona to‘lovlari, eksport- import litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Aytilgan vositalar iqtisodiy chegara hosil etib, milliy iqtisodiyotni himoya qiladi. Eksportni kuchaytirish zarur bo‘lsa, unga litsenziyalar (ruxsatnoma) beriladi, eksport kvotasi oshiriladi. Bordi-yu importni qisqartirish ma’qul bo‘lsa, uning kvotasi kamaytiriladi, import uchun boj to‘lovi oshiriladi, importga litsenziya berish chegaralanadi. Davlat siyosati kapital chiqarish va kapital kiritish tartibini ham belgilaydi. Kapital kiritish zarur bo‘lsa, bu ish rag‘batlantiriladi. Kapital chiqishi ma’qul bo‘lsa, davlat bunga sharoit yaratib beradi. Chet elga ish kuchini chiqarish uchun ham yordam beriladi. Bordi-yu mamlakatga arzon ish kuchi kerak bo‘lsa, uning chetdan oqib kelishi uchun migratsiya qoidalari (chegaradan o‘tish, yashash va ishlash uchun ruxsat olish va h.k.) yengillashtiriladi. Davlat siyosati xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ham mo‘ljallaydi. Davlat iqtisodiy siyosatining samaradorligi uning monitoringi orqali aniqlanadi. Bunda iqtisodiy o‘sish 570 sur’atlari, inflatsiya darajasi, eksport va import holati, tashqi qarz miqdori, budjet defitsiti kabi ko‘rsatkichlarga qarab, iqtisodiy siyosat natijasi baholanadi. Iqtisodiy siyosat doirasida davlatning turli dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ulardan kutiladigan natijalar, ularni moliyalashtirish manbalari aniqlanadi. Dasturlar milliy iqtisodiyot uchun ustuvor bo‘lgan muammolarni hal etishga qaratiladi. Bular jumlasiga tanglikdan chiqish, oziq-ovqat, energiya ta’minoti, texnologiyalarni yangilash, infratuzilmalarni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, qoloq hududlarni rivojlantirish kabi dasturlar kiradi. Dasturlarda belgilangan muammolarning hal etishishi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga turtki beradi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling