Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Korrupsiyani idrok etish indeksi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2-jadval 
Korrupsiyani idrok etish indeksi 
Davlat 
o‘rni 
Mamlakatlar Indeks 
bali
Tadqiqot-
lar soni 
Standart 
deviatsiya
Min. 
/maks. 
ball 
1 Finlyandiya 
9,7 

0,4 8,9–10,0
2 Daniya 
9,5 

0,3 
8,9–9,9 
3 Yangi 
Zelandiya 
9,5 

0,2 
8,9–9,6 
4 Islandiya 
9,4 

0,4 8,8–10,0
Ɇɚɧɛɚɥɚɪɧɢ ɛɚԟɨɥɚɲɞɚɝɢ ɮɚɪԕ.
Transparency International, Corruption Index 2002, Germany, 2002


 595
5 Singapur 
9,3 
13 
0,2 
8,9–9,6 
6 Shvetsiya 
9,3 
10 
0,2 
8,9–9,6 
7 Kanada 
9,0 
10 
0,2 
8,7–9,3 
8 Lyuksemburg 
9,0 

0,5 
8,5–9,9 
9 Niderlandiya 
9,0 

0,3 
8,5–9,3 
10 Buyuk 
Britaniya 
8,7 
11 
0,5 
7,8–9,4 
11 Avstraliya 
8,6 
11 
1,0 
6,1–9,3 
12 Norvegiya 
8,5 

0,9 
6,9–9,3 
13 Shveysariya 
8,5 

0,9 
6,8–9,4 
14 Gonkong 
8,2 
11 
0,8 
6,6–9,4 
15 Avstraliya 
7,8 

0,5 
7,2–8,7 
16 AQSh 
7,7 
12 
0,8 
5,5–8,7 
Korrupsiya darajasi va uning shakllarini iqtisodiy salohiyat bilan 
izohlab bo‘lmaydi. Sof iqtisodiy yondashuv XIX asrdagi iqtisodiy 
nazariya oqimlariga xos bo‘lgan. XX asrning boshlariga kelib, 
institutsionalizm oqimi paydo bo‘lishi bilan sof iqtisodiy yondashuvdan 
chekinish paydo bo‘ldi. Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni faqat uning o‘zini 
rivoji bilangina tushuntirib bo‘lmaydi. Shu jihatdan qaralganda korrupsiya 
ildizlarini g‘ayriiqtisodiy shart-sharoitlar mavjudligi bilan ham izohlashga 
to‘g‘ri keladi. Bu sharoitlarni faqat demokratiyaning naqadar 
rivojlanganligi bilan chegaralab bo‘lmaydi, chunki korrupsiya ildizlari 
milliy va mahalliy an’analarga ham borib taqaladi. Umuman Sharqda, 
xususan Markaziy Osiyoda korrupsiyani oziqlantiruvchi manba Osiyocha 
ishlab chiqarish usuli sarqitlarining uzoq saqlanishidir. Osiyocha ishlab 
chiqarishda asosiy resurslar oliy hukmdorlar qo‘lida bo‘lganidan ulardan 
foydalanish hukmdorlarga so‘zsiz tobelik qilish, ular xizmatida bo‘lish 
yoki amaldorlarga pora berish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bunday munosabat 
asrlar mobaynida doimo takrorlanib turganidan an’analar tusiga kirgan. 
Amaldorlik va pora olish o‘zaro chirmashib, chuqur ildiz otgan. Osiyocha 
an’analar hozir ham saqlanib qolgan, bu korrupsiyaga moyillik hosil etadi. 
O‘zbekistondagi korrupsiyani ham qisman bo‘lsa-da, an’analar yuzaga 
keltiradi. Biroq, bu iqtisodiy erkinlik, demokratiya holati va kambag‘allik 
o‘rtasida aloqalar mavjudligini yo‘qqa chiqarmaydi.
So‘zsiz, korrupsiya tayanchli kadrlarsiz rivojlana olmaydi, chunki 
ular jinoiy pullarni nazoratdan olib qochish, ularni legallashtirish, 
xufiyona pullarning rasmiy bozorda bemalol ishlashi uchun sharoit 
yaratadilar. Bunday mutaxassislar doirasi juda keng, bular jumlasiga 
korrupsiyani huquqiy jihatdan himoya qiluvchi huquqshunoslar, 
moliyaviy firibgarlikni amalga oshiruvchi iqtisodchilar, bu qonunbu-


 596
zarliklarni ko‘rsa-da, ko‘rmaslikka olgan tergov-jazo xodimlari, 
soliqchilar, hukumatda ularning shaxsiy manfaatlarini himoya qiluvchi 
siyosatchilar kiradi.
Korrupsiya shunisi bilan xavfliki, u ijtimoiy tengsizlikni yuzaga 
keltiradi, biznes yuritish xarajatlarini oshiradi, demak, milliy iqtisodiyotni 
raqobatga bardoshsiz qiladi, muayyan darajada siyosiy beqarorlik keltirib 
chiqaradi. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, 80-yillar boshida korrupsiya, 
iqtisodiyotni uquvsiz boshqarish bilan birga, Venesueladek neftga boy 
mamlakatning to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lishiga olib keldi. 
2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar tashkiloti-
ning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi» muqaddimasida aytilganidek, 
«korrupsiya endilikda cheklangan doiradagi (lokal) muammo emas, balki 
barcha mamlakatlar jamiyati va iqtisodiyotiga daxldor bo‘lgan transmilliy 
muammoga aylandi. Bu esa korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi 
kurash sohasida xalqaro hamkorlikning nihoyatda katta ahamiyatga ega 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi». 
«Davlatni egallab olish» deganda, davlat yoki xususiy sektor vakillari 
bo‘lgan ayrim shaxslar, guruhlar yoki kompaniyalarning o‘z manfaatlari 
yo‘lida qonunlar, nizomlar, farmonlar hamda davlat siyosatining boshqa 
vositalari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladigan 
harakatlari tushuniladi. Bunday xatti-harakatlarning o‘lchovi sifatida 
«davlatni sotilish indeksi» qo‘llaniladi. Mazkur ko‘rsatkich parlament 
qabul qilgan qonunlar, hukumat qarorlari, davlat rahbarining farmonlari
hukumat tuzgan dasturlar naqadar ayrim shaxslar va ijtimoiy guruhlarning 
egoistik-korporativ manfaatiga qaratilishini bildiradi. Bu ko‘rsatkich 
qanchalik past bo‘lsa, shunchalik davlat toza hisoblanadi. Ayrim xalqaro 
tadqiqotlarga ko‘ra, MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston davlati eng 
toza hisoblanadi. Masalan, 2000-yilga kelib davlatning sotilish indeksi 1,0 
ga teng bo‘lib, bu eng past, ya’ni eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi, 
chunki boshqa bir mamlakatlarda bu indeks 5,5 ga teng bo‘lgan. 
Korrupsiyani jilovlashda davlatning tozaligining o‘zi yetarli emas. Buning 
uchun qonunlar yaxshi ishlashi kerak, buni qonunlarni yuridik 
samaradorligi belgilaydi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 2001-yil 2,0 ga 
teng bo‘lib, bu boshqa mamlakatlar bilan qiyoslaganda o‘rtacha bo‘lib 
chiqadi. Bu ko‘rsatkich eng yuqori, ya’ni 4,0 ga teng bo‘lgan mamlakatlar 
jumlasiga Vengriya, Ruminiya, Polsha, Bolgariya, Chexiya va Estoniya 
kirgan. Qonunlar samaradorligini ularning o‘zining mukammalligidan, 
ya’ni real sharoitga mosligidan tashqari aholining huquqiy madaniyati 


 597
ham belgilaydi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkichning yuqori bo‘lmasligi 
huquqiy madaniyatning yetishmasligidan kelib chiqadi. 
Ma’muriy korrupsiya qonunlar va qoidalarni bajarish jarayoniga 
atayin buzilishlar kiritishni bildiradi. Korrupsiyaning ushbu turi firmalar 
va kompaniyalar daromadining pora berish uchun sarflaydigan hissasi 
bilan o‘lchanadi. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda bu 
ko‘rsatkich 5 foiz bo‘lgan. Xususan, Sharqiy Yevropa mamlakatlarda bu 
ko‘rsatkich o‘rtacha – 2,2 foiz (Vengriyada – 1,7 foiz, Polshada – 1,6
foiz), MDHda – 3,7 foiz (Rossiyada – 2,8 foiz)ni tashkil etgan. 
Korrupsiya shakllari xilma-xil bo‘lib, ularga pora olishdan tortib, 
amaldor xizmat burchiga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan jamiyat 
mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirishgacha kiradi. Biznes eng ko‘p duch 
keladigan va eng ko‘p tarqalgan korrupsiya shakli – import va eksport 
litsenziyalari, valuta nazorati, soliqlarni baholash, imtiyozlar berish, 
kreditlar olish bilan bog‘liq ravishda g‘ayriqonuniy to‘lovlar va pora talab 
qilishdir. 
Hozirgi vaqtda korrupsiya bo‘yicha turli xil qiyosiy tadqiqotlar 
o‘tkazilmoqda. Ushbu sohadagi eng mashhur ishlanmalardan biri – 
«Korrupsiyani idrok etish indeksi» bo‘lib, uni 1995-yildan boshlab ish 
olib borayotgan Transparency International (TI) mutaxassislari ishlab 
chiqqanlar. Ushbu tor ixtisoslashgan integral indeks davlatlarning 
umumiy korrupsiyalashganlik darajasi bo‘yicha, ya’ni korrupsiyaning 
turlari va shakllarini inobatga olgan holda ajratadi. Korrupsiya 
iqtisodiyotning quyidagi sohalarida eng chuqur ildiz otgan deb 
hisoblanadi: 
– davlat mulkini xususiylashtirish; 
– budjetni bajarish va budjet mablag‘larini sarflash
– eksklyuziv huquqlar, imtiyozlar, davlat transfertlarini taqdim etish 
va sh.k.; 
– bank sohasi; 
– uy-joy va kommunal soha; 
– soliq va boj to‘lovlari. 
Korrupsiya hodisasini o‘rganayotgan ko‘pchilik tadqiqotchilarning 
ta’kidlashlaricha, korrupsiya davlatning yuqori darajadagi soliq solishlar 
va davlatlar xarajatlari orqali iqtisodiyotga faol aralashuvning, iqtisodiy 
faoliyatni nazorat qilish va boshqarish funksiyalari kattaligining oqibati-
dir. Ushbu ro‘yxatga raqobat muhitining sustligi hamda iqtisodiyotda 
monopoliyaning mavjudligi ham qo‘shiladi. Korrupsiya asosan 
demokratik institutlarning noadekvatligi va ojizligi tufayli yuzaga keladi 


 598
degan, fikr ham mavjud. Mamlakat qanchalik ko‘p darajada demokratik 
bo‘lsa, matbuot qanchalik erkin bo‘lsa, davlatning moliyaviy 
mexanizmlari oshkora bo‘lsa, matbuot qanchalik erkin bo‘lsa, korrupsiya 
shunchalik ojiz bo‘ladi. Hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-birini 
nazorat qilishi, hukumat faoliyatiga oid axborotdan erkin foydalanish 
ushbu salbiy hodisaning rivojlanishiga imkon bermaydi. Ko‘pchilik 
mamlakatlar demokratiya va fuqarolik jamiyati barpo etish borasida 
siyosiy islohotlarni amalga oshirib korrupsiyaga qarshi kurashda jiddiy 
muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar. Yurtboshimiz Islom Karimov 
aytishicha, «shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini 
qanchalik kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari 
va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va 
korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik 
nazoratini uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham har 
tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu 
masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q»
1
.
Ba’zi olimlar korrupsiya mavjudligining asosiy sababi xizmat 
mavqeini suiiste’mol qilish uchun imkon qoldiruvchi qonunlardagi 
nomukammallik deb hisoblaydilar. Xususan, o‘tish davri iqtisodiyoti 
mavjud bo‘lgan mamlakatlarda xususiy tadbirkorlik va bozor infratuzil-
masi faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq yangi faoliyat sohalari paydo 
bo‘ldi. Ushbu sohalarning qonunda qat’iy tartibga solinmaganligi 
korrupsiya uchun qulay zamin hozirlaydi. Qonunlarning nomukammalligi 
ularning yomon sifatida ham, ijro tizimining yo‘lga qo‘yilmaganligida 
ham namoyon bo‘lishi mumkin. Amalda bu ko‘pincha bevosita amal 
qilmaydigan va ko‘plab o‘zaro zid keluvchi qonun osti hujjatlari bilan 
tartibga solinadigan normalarga havola etadigan blanket qonunchilikning 
mavjudligida o‘z ifodasini topadi. 
Biroq barcha tadqiqotchilar korrupsiya iqtisodiyotga ulkan zarar 
keltirishi masalasida hamfikrdirlar. Korrupsiya xususiy sektor 
daromadlarining kattagina qismini soliqqa tortishdan yashirib qolishga 
imkon beradi. Ayrim korxonalarning (soliq, kredit va boshqalar bo‘yicha) 
imtiyozlardan foydalanishi raqobat muhitini buzadi. Korrupsiya o‘ziga 
xos soliq bo‘lganligi sababli bu hol tadbirkorlarning iqtisodiy xarajatlarini 
oshiradi va investitsiya kiritish uchun rag‘batni kamaytiradi. 
1

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling