Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Xufiyona iqtisodiyot oqibatlarining statistikasi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
3. Xufiyona iqtisodiyot oqibatlarining statistikasi
«Xufiyona» jarayonlar dinamikasining omillari, ularning miqyosi va ularni o‘lchash usullari. Xufiyona iqtisodiyot rivojlanishining tamoyillari 583 milliy iqtisodiyotda uning rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishining har bir aniq tarixiy davrida yuz beradigan jarayonlar bilan bog‘liq. Xufiyona iqtisodiyot miqyosi va dinamikasini belgilovchi omillarning quyidagi guruhlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Antropologik omillar: insonning ziddiyatli tabiati, ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashi, insonning kam kuch sarflab ko‘proq foyda olishga intilishi va sh.k. Iqtisodiy omillar: tadbirkorlik faoliyatining yuqori darajadagi transaksiyaviy xarajatlari («qonunga bo‘ysunish bahosi»), bozor xo‘jaligi doirasidagi raqobat, iqtisodiyotning turli sektorlarining notekis rivojla- nishi, inflatsiya, almashuv kurslarining keskin o‘zgarib turishi, soliqqa tortish tizimi va boshqalar. Ijtimoiy omillar: jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuvi, «xavf guruhla- ri»ning mavjudligi, mehnat qonunchiligining buzilishi, muhojir ishchilar, ayollar va o‘smirlar mehnatidan foydalanishda ijtimoiy adolat prinsiplari- ga rioya etilmasligi va h.k. Huquqiy omillar: tadbirkorlikning huquqiy asosi nomukammalligi, bozor xo‘jaligining o‘zgarib boruvchi shart-sharoitlari bilan mavjud qonunchilik bazasi o‘rtasida ziddiyat mavjudligi, uy xo‘jaligining tartibga solinmasligi va sh.k. Axloqiy omillar: qonunchilik hamda tadbirkorlikning axloqiy asoslari o‘rtasidagi ziddiyatlar, davlat va jamiyat, davlat va individ manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar; milliy an’analarning hisobga olinmasligi, diniy qoidalarning ta’siri va boshqalar. Siyosiy omillar: hokimiyat va yirik kapital o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oligarxiyaning shakllanishi, hokimiyat kuchi hamda iqtisodiy faoliyatga ta’sir ko‘rsatishning kuchga asoslangan usullari o‘rtasidagi nisbat. Iqtisodiyotni rivojlantirishning obyektiv ehtiyojlari va davlat siyosati o‘rtasidagi ziddiyat va sh.k. YAIMga o‘xshatma tarzda yalpi jinoiy mahsulot (YaJM) termini ham paydo bo‘ldi. XVFning bahosiga ko‘ra, 2004-yilda uning miqdori taxminan 800 mlrd. dollarni tashkil qildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, «yuvilgan» kapitalning miqdori bugun shunchalik kattaki, nafaqat ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotiga, balki xalqaro moliyaviy tizimning barqarorligiga ham xavf solmoqda. «Xufiyona» iqtisodiy faoliyat u yoki bu daraja va shaklda har qanday mamlakatda ham mavjud, ammo uning YAIMdagi ulushi har bir mamlakatda o‘zgacha bo‘lib, bu bir qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillar bilan bog‘liqdir. Mamlakat YAIMda «xufiyona» 584 iqtisodiyotning ulushini aniqlash maqsadidagi yondashuvlar ham mavjud. Bunda «xufiyona» iqtisodiyot miqyosi quyidagi tartibda baholanadi: a) turli iqtisodiy tizimlarga mansub mamlakatlarda (rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar); b) turli qit’alardagi rivojlanayotgan mamlakatlarda (Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi); c) mamlakatlarning mazkur guruhlarida turli davrlardagi ma’lumotlar bo‘yicha (masalan, 1990–1995-y., 1995–2000-y., 2000–2005-y., 2005– 2010-y). Rivojlangan mamlakatlarda xufiyona iqtisodiyot miqyoslarini baho- lash uchun an’anaga ko‘ra usullarning quyidagi guruhlaridan foydala- niladi: 1) o‘ziga xos ko‘rsatkichlar usuli, ular orasida bevosita usullar (soliq to‘lovchilarning ayrim guruhlari daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farqni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan maxsus tadqiqotlar, so‘rovlar, tekshiruvlar va ularni tahlil qilish va boshqalar) hamda bilvosita usullar (farqlash usuli, bandlik ko‘rsatkichi bo‘yicha usul, monetar usullar); 2) «yumshoq» modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli – «xufiyona» iqtisodiyotni belgilovchi omillar majmuini ajratish hamda uning nisbiy hajmlarini hisoblash; 3) tarkibiy usul – ishlab chiqarishning turli tarmoqlaridagi «xufiyo- na» iqtisodiyot miqdoriga doir ma’lumotlardan foydalanish; 4) aralash usullar – «xufiyona» iqtisodiyot determinantlarining ham, ko‘rsatkichlarining, ya’ni uning hajmiga bog‘liq kattaliklarning ham katta miqdorini inobatga oluvchi modelini yasash; 5) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash – xufiyona iqtisodiyotni noaniq ko‘rinishda baholash; 6) «xufiyona» iqtisodiyotning o‘zini va ayrim unsurlarini rasmiy statistika ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha turli hisob-kitoblar ko‘rinishida baholash. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida aksariyat hollarda hisobga olinmaydigan xususiy va yakka tartibdagi faoliyat sifatida baholanadigan «xufiyona» iqtisodiyot hajmini aniqlash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: – matbuot, jinoyatlarga oid statistika, sud materiallari va shu kabilarni sinchiklab o‘rganishga asoslanadigan ikkilamchi axborot manbalarini o‘rganish; – bevosita usullar (tekshiruvlar, soliq auditi va boshqalar); 585 – umumlashgan bilvosita usullar (statistik farqlash usuli, monetar usullar va sh.k.); – tarkibiy usul (ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan milliy daromad, eksport va import o‘rtasidagi statistik farqlarni aniqlash usuli va boshq.); – aralash usullar. Xufiyona faoliyatni baholashda Rossiyada qo‘llangan quyidagi usullar majmuidan foydalanilganini keltirish mumkin: 1) bevosita usullar; 2) farqlash usuli; 3) bandlik ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlash usuli; 4) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash; 5) monetar usullarning ayrim unsurlari. «Xufiyona» iqtisodiyotni bevosita usullar bilan baholash uchun taklif etiladigan ko‘rsatkichlar umumlashtiruvchi va juz’iy (xususiy) ko‘rsat- kichlarni o‘z ichiga oladi. Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar guruhiga umuman milliy iqtisodiyot xufiyona sektorining turli usullar bilan hisoblangan mutlaq va nisbiy hajmini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar kiradi. Juz’iy usullariga xufiyona faoliyatning ayrim tomonlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiritiladi: daromadlarni yashirish; resurslardan nooqilona foydalanish; kamomadlar, talon-torojliklar va boyliklarni buzishning umumiy summasi; davlat nazorati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv va tadqiqotlar davomida aniqlangan zararning umumiy qiymati; soliq tekshiruvlari bo‘yicha boqimandalar; tuzatishlar kiritilgan boj qiymati bo‘yicha bojlar va boshqalar. Farqlash usuli ikki yoki undan ortiq ma’lumotlar manbalari yoki statistik hujjatlarni qiyoslashga asoslanadi. Ma’lumotlar manbalari ham, statistik hujjatlar ham ayni bir iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqidagi axborotdan iborat yoki ayni bir ma’lumotlardan axborot olish uchun turli usullar qo‘llaniladi, deb hisoblanadi. Masalan, xufiyona iqtisodiyot aylanmasi quyidagi usullar bilan hisoblanishi mumkin: 1) aholining iste’mol xarajatlari bilan rasman inobatga olinadigan tovar va xizmatlar aylanmasi (muomalasi) o‘rtasidagi farq; 2) aholining iste’mol xarajatlari bilan tovar va xizmatlar, jumladan sotishning barcha kanallari orqali amalga oshiriladigan tovar aylanmasi (muomalasi) o‘rtasidagi farq. Bandlik ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlash usuli quyidagicha tadqiqot o‘tkazish imkonini beradi: – hisob-kitob asosida bandlikning amaldagi va rasman qayd etilgan darajasi o‘rtasidagi farq yotadi; 586 – hisob-kitob asosida amalda ishlangan va rasman qayd etilgan vaqt o‘rtasidagi farq yotadi. Birinchi holda bandlikning haqiqiy darajasi o‘zini ish bilan ta’minlash qo‘shimcha bandlikni inobatga olgan holda uy xo‘jaliklarini tanlab tekshirish ma’lumotlari bo‘yicha baholanadi, bu esa amalda ish bilan band bo‘lganlar, jumladan o‘rindoshlar sonini aniqlashga imkon beradi. Bandlarning rasman aniqlangan miqdori bilan tanlab o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida olingan ko‘rsatkichlar, muayyan xatolar bilan «xufiyona» iqtisodiyotda band bo‘lganlar sonini ko‘rsatadi. «Xufiyona» iqtisodiyotda band bo‘lganlar hamda iqtisodiyot bo‘yicha o‘rtacha mehnat unumdorligining ko‘paytmasi norasmiy iqtisodiyotdagi xufiyona iqtisodiy faoliyat miqdorini aks ettiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (batamom) hisoblash bilvosita ma’lumotlar va ekspertlar baholarini qo‘llashga asoslanadi. Hisob- kitoblarni xufiyona faoliyatning ta’siri kuchli bo‘lishi taxmin qilinadigan ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkazish maqsadga muvofiq: kichik korxonalar, tovar aylanishi, yakka tartibdagi qurilish, yakka ishlab chiqaruvchilar ko‘rsatadigan bozor xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlarning to‘liq doirasiga- cha hisoblashlar. Masalan, yakka ishlab chiqaruvchilar ko‘rsatadigan bozor xizmatlari bo‘yicha batamom hisoblash soliq inspeksiyasining ma’lumotlari va quyidagi bilvosita ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: xususiy taksi sifatida foydalaniladigan avtomobillar soni; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi shifokorlar, huquqshunoslar soni va h.k. Monetar usuldan foydalanish quyidagi taxminlarga asoslanadi: 1) xufiyona bitimlar asosan naqd pullar yordamida amalga oshiriladi; 2) pulning muomala tezligi rasmiy va «xufiyona» iqtisodiyotda taxminan bir xil; 3) naqd pul mablag‘larining miqdori daromadlar, soliqlar, foiz stavkalari o‘zgarishi natijasida ham «xufiyona» iqtisodiyotning amal qilishi oqibati ham o‘zgarib turadi. U (xufiyona iqtisodiyot bo‘lsa kerak) hisobga olinmagan omillar hisoblanadi. Shu bois, umumiy pul massasida naqd mablag‘lar ulushining korrelyatsion-regressiv modellarini qurish natijalar ko‘rsatkichining o‘zgarishida «xufiyona» iqtisodiyotning ulushini aniqlashga imkon beradi. «Xufiyona» iqtisodiyotning mutlaq hajmini monetar usul bo‘yicha aniqlash naqd pullar va omonatlar nisbati «normal» bo‘lgan, ya’ni «xufiyona» iqtisodiyot bo‘lmagan bazaviy davrni aniqlashning qiyinligi tufayli murakkablashadi; turli vaqt oraliqlarida (hatto bazaviy davr shartli aniqlanganida ham) iqtisodiyotning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni qiyoslab bo‘lmasligi. 587 Qo‘llaniladigan usullarning xilma-xilligi xufiyona iqtisodiy tuzil- malar o‘lchamlarini miqdoriy baholashning yagona usuli, ma’lumotlar- ning ishonchlilik mezonlari yo‘qligidan dalolat beradi. Bir qator mamlakatlarda «xufiyona» iqtisodiyotning o‘lchamlariga doir turli usullar bilan olingan ma’lumotlar nihoyatda ziddiyatli bo‘lib, YAIMning 1 foizdan 33 foizgacha o‘zgarib turadi. Hisob-kitoblar natijasining ko‘rsati- shicha, bevosita usullar past ko‘rsatkichlar beradi; bilvosita usullar, shuningdek yashirin o‘zgaruvchilar, «yumshoq» modellashtirish usullari, tarkibiy usul esa yuqori ko‘rsatkichlarni beradi. Bevosita usullarning asosiy kamchiligi – ma’lumotlarni to‘plashning qiyinligi va aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazish natijasida olingan axborotning atayin buzilishi. Bilvosita usullar nihoyatda xilma-xildir; ularning asosida yotgan gipote- zalar shartli bo‘ladi; statistik axborot yetishmovchiligi sababli qo‘llash qiyin kechadi. Shunday qilib, «xufiyona» iqtisodiyotni tadqiq etishdan ko‘zlangan maqsad har bir aniq vaziyatda aynan shu vaziyatga mos keladigan usul yoki bir qancha usullar majmuini tanlashni taqozo etadi. Xufiyona iqtisodiyot miqyosi yashirin iqtisodiy aylanmani, ya’ni ruxsat etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi, uning aniq hisob-kitobi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga uni taxminan baholash usuli qo‘llaniladi. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan asrning oxirlarida Yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining 27,5 foizga teng bo‘lgan, biroq xufiyona iqtisodiyot miqyosi turli mamlakatlarda farqlanadi. Xufiyona iqtisodiyot eng rivojlangan mamlakatlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan 2008-yilda o‘tkazilgan tezkor tahliliy tadbirlar natijasida 4430 ta jinoiy va 1109 ta ma’muriy huquqbuzarlik holatlari aniqlandi. Natijada budjetga 191 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ning hisoblanishi va 79,6 mlrd. so‘m undirilishi ta’minlandi. Jumladan, «xufiyona» iqtisodiyotga qarshi kurashish natijasida 669 ta yashirish ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatildi. Huquqbuzarlardan 701,4 mln. so‘mlik mahsulot, xom ashyo va uskunalar olib qo‘yildi. Naqd pullarning bankdan tashqari noqonuniy aylanmasiga barham berish bo‘yicha 1250 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 361 mlrd. noqonuniy pul aylanmasi aniqlandi. Tovarlarning noqonuniy importi yuzasidan 893 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 9 mlrd. so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi. Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga 588 kiritish bo‘yicha esa 1027 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 889,8 mln. so‘mlik mahsulotlar olib qo‘yildi. Ta’kidlash joizki, barcha tezkor qidiruv va tahliliy operatsiyalarda tadbirkorlarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. «2011-yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e’lon qilinishi mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik Vatanimiz taraqqiyotini va xalq farovonligini yanada yuksaltirishda belgilovchi yetakchi kuch ekanligini inobatga olib, davlatimiz rahbari uni rivojlantirishni siyosat darajasiga ko‘targanligi o‘ta muhim hodisadir. Buning boisi shuki, ijtimoiy yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotida kichik biznes nihoyatda muhim o‘rin egallaydi. Eng avvalo, kichik biznes bozor konyunkturasi o‘zgarishlariga tez moslashishga, iste’molchilarning talab-ehtiyojlari o‘zgarishiga qarab ish tutishga qodirdir. Kichik biznes raqobatchilik muhitini shakllantiradi, busiz bozor iqtisodiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, kichik biznes yangi ish o‘rinlari jadallik bilan barpo etilishini, aholining bandligi o‘sishini va daromadlari oshib borishini ta’minlaydi. Uchinchidan, kichik biznes ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitishning muhim manbai hisoblanadi hamda yalpi talabni o‘stiradi. Ma’lumki, davlatning iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy usullar orqali yuz beradi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizni isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida davlat va nazorat tuzilmalarining korxonalar, moliya xo‘jalik subyektlari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli darajada kengaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Noqonuniy tekshiruvlar soni kamaydi. Ruxsat berish bilan bog‘liq 20 ga yaqin tartib-taomil bekor qilindi, hisobot ma’lumotlarini noqonuniy talab qilganligi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Yaratilgan huquqiy zaminlar, qabul qilingan kafolatlar, imtiyoz va preferensiyalar hayot, najot, saodat yo‘li bo‘lgan kichik biznesning jadal rivojlanishiga imkoniyat yaratdi, buning natijasida uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 30,0 foizdan 2011-yil yakuniga kelib qariyb 54,0 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda jami band aholining 75 foizga yaqini mazkur sohada mehnat qilmoqda. 589 Tadbirkorlar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash borasidagi huquqiy normalar mustahkamlandi, tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik faoliyatiga nazorat qiluvchi idoralarning aralashuvini keskin qisqartirish choralari ko‘rildi. Ustuvor yo‘nalishlardan yana biri – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘lib, unda oxirgi-yillarda tadbirkorlik sohasida o‘z ishini ochish uchun ruxsat olish, soliq, moliya va statistika organlariga hisobot topshirish masalalarini tartibga solish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Ayni paytda, kichik biznes subyektlarining energiya, gaz, suv va kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va boshqa shu kabi muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi yoki ularni qurishda ishtirok etishi uchun ruxsat olish tartib-qoidalarini soddalashtirish masalasi bugungi kunda amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, davlatimiz rahbari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ushbu soha rivoji uchun yanada keng yo‘l ochib berish maqsadida mavjud normativ-huquqiy bazani tanqidiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish, yangi qonun hujjatlarini qabul qilish masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda Islom Karimov joylarda kichik bo‘lsa ham o‘z ishini, o‘z biznesini ochishga intilayotgan xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, mahalliy amaldorlar tomonidan ularni ko‘rolmaslik, qo‘lidan ish keladigan odamlarning yo‘liga turli-tuman g‘ov-to‘siqlar qo‘yilayotganiga aslo toqat qilib bo‘lmasligini aytib o‘tib, keyingi yillarda bunday salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida tegishli ishlar olib borilayotganligi, jumladan, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish, shuningdek, xo‘jalik va tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy huquq va erkinliklarini sezilarli darajada kengaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilganligini ta’kidladi. Lekin nazorat organlariga mansub ayrim mansabdorlar malakasining pastligi hanuz o‘tkir muammo bo‘lib qolayotganligi va ishimizga salbiy ta’sir o‘tkazayotganligini kuyinib gapirdi. Shular qatorida ko‘pgina viloyat va tumanlarda korrupsiya degan balo, ya’ni poraxo‘rlik, tamagirlik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish kabi illatlar uchrab turayotganini inkor etib bo‘lmasligini, qonunga zid bo‘lgan bunday xunuk holatlar bilan murosa qilishga chek qo‘yishning vaqti kelganligi, yoshi va vazifasidan qat’i nazar, bizningcha, keng jamoatchilik ongiga korrupsiyaning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalardagi, mamlakatning barqarorligi va iqtisodiy o‘sishiga g‘ov ekanligi, oxir-oqibatda aholi farovonligini o‘stirishga salbiy ta’sir 590 ko‘rsatuvchi illat ekanligini singdirish zarur. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «mamlakatimizning kelajagini va obro‘- e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog‘i darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo‘lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis foydalanishini orzu qiladigan har bir fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog‘i lozim» 1 . Chunki biz mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning navbatdagi mantiqiy bosqichi davom etayotgan davrda yashayapmiz. Zero, davlatimiz rahbari Islom Karimovning «o‘z mehnati, aql-zakovati va salohiyati bilan o‘zini o‘zi boqadigan, o‘zini himoya qilishga, kelajagini o‘z qo‘li bilan qurishga qodir bo‘lgan xalqni jahon ahli e’tirof etadi. Barchamiz, avvalo, yoshlarimiz bu oddiy haqiqatni hech qachon unutmasligimiz zarur» 2 ligi to‘g‘risidagi da’vati kundalik shiorimizga aylanmog‘i lozim. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling