Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Korrupsiya – xufiyona iqtisodiyotning asosiy ko‘rinishi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

4. Korrupsiya – xufiyona iqtisodiyotning asosiy ko‘rinishi 
Korrupsiya xavfsizlikka tahlika soluvchi hodisa va yashirin 
iqtisodiyotning ko‘rinishi ekanligi ayon narsa, shu sababli korrupsiyani 
iqtisodiy hodisa sifatida talqin etishda bahs-munozaralar deyarli yo‘q. Uni 
davlat amaldorlarining poraxo‘rlik faoliyatidan iborat bo‘lishi va 
jamiyatga katta putur yetkazishini ko‘pchilik tadqiqotchilar e’tirof 
etishadi. Korrupsiya bir qator iqtisodiy muammolar yechimining davlatga 
bog‘liq bo‘lishidan kelib chiqadi. Poraxo‘rlik munosabatlarini uch 
subyektli deb aytish mumkin, bular pora oluvchilar, pora beruvchilar va 
ular o‘rtasidagi vositachilardir. Pora oluvchilar davlat amaldorlari bo‘lsa, 
uni beruvchilar amaldorlar xizmatiga muhtojlar hisoblanadi. Vositachilar 
ayrim shaxslardan va yashirin tashkilotlardan iboratdir. Korrupsiyaning 
iqtisodiy mohiyati va huquqiy baholanishini farqlash zarur. Iqtisodiy 
jihatdan bu erkin bozor qonun-qoidalariga mos kelmaganidan yashirin 
yuz beradigan munosabatdir. Bu munosabatda barcha korrupsiyalashgan 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɏɚɜɮɫɢɡɥɢɤ ɜɚ ɛɚɪԕɚɪɨɪ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɣʆɥɢɞɚ. Ɍ. 6. – Ɍ.: 
«ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1998. – Ȼ. 429.
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɧɢ ɦɨɞɟɪɧɢɡɚɰɢɹ ԕɢɥɢɲ ɜɚ ɢԕɬɢɫɨɞɢɺɬɢɦɢɡɧɢ
ɛɚɪԕɚɪɨɪ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɣʆɥɢɞɚ. Ɍ. 16. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2008. – Ȼ. 98. 


 591
unsurlarning manfaati uyg‘unlashadi. Amaldor xizmatiga talab 
bo‘lganidan, uni taklif etishadi, ya’ni sotishadi. Bu yerda pora yashirin 
xizmat haqi shakliga kiradi. Poraxo‘rlikda ham bozor munosabati bor, 
lekin bu tor egoistik manfaatga bo‘ysunuvchi munosabat bo‘lganidan, 
buni jamiyat tan olmaydi, chunki bu yerda ayrim shaxslar yoxud guruhlar 
manfaatining amalga oshishi boshqalar manfaatiga yo‘l bermaslik 
hisobidan bo‘ladi, shu vajdan buni jamiyat qabul qilmaydi, u yashirin tus 
oladi. Jamiyatga ma’qul hodisalarni yuridik qonunlar tartiblaydi. Shuni 
nazarda tutib, korrupsiyani huquqiy jihatdan g‘ayriqonuniy, qonunlar man 
etadigan iqtisodiy faoliyat deb aytish mumkin. Korrupsiya – global 
hodisa, undan zarar ko‘rmagan mamlakat yo‘q, lekin korrupsiyalashuv 
darajasi har xil. Bu korrupsiya ildizlari chuqur bo‘lishidan guvohlik 
beradi. Korrupsiya sabablari har xil talqin etiladi. Ular obyektiv va 
subyektiv bo‘lishiga e’tibor beriladi. Ular orasida qonunchilikning 
nomukammalligi, demokratiya tamoyillari va uning institutlari rivojlan-
maganligi, davlatning kuchsizligi ajratiladi. Bizningcha, korrupsiyaning 
mavjudligini iqtisodiy tizimning o‘zidan qidirish kerak. Korrupsiya 
iqtisodiy hodisa bo‘lar ekan, uning iqtisodiy ildizlarini topish kerak. Bu 
ildizlar pul munosabatlarining o‘zida joylashgan, pul universal to‘lov 
vositasi, uni hamma operatsiyalar uchun qabul qilishadi, pul boylikning 
timsoli, boylik to‘plashning eng qulay shakli. Puldagi eng yuksak 
likvidlik xususiyati uni ko‘proq topishga intilishdir, pulni saqlash xavfsiz, 
uni xohlaganicha jamg‘arish mumkin. Pul likvidligi eng yuqori bo‘lgan 
aktivdir, likvidlikni esa pulning qadr-qiymati ta’minlaydi. Pul ko‘zdan 
yashiringan moliyaviy aloqalar o‘rnatish imkonini beradi. Pulning 
likvidligi muhim bo‘lganidan, pora berish va qattiq valutalar ishlatiladi, 
chunki bularning qadri-qiymati barqaror bo‘lganidan jamg‘arish vositasi 
bo‘la oladi. Pul bozor munosabatlarining mahsuli, shu sababli uning 
rivojlanishi korrupsiyani oziqlantiradi. 
Natural ishlab chiqarish sharoitida poraxo‘rlik moddiy shaklda 
bo‘lishi mumkin, uni ko‘zdan yashirib bo‘lmaydi. Pul munosabatlari esa 
yashirin munosabat o‘rnatishda qo‘l keladi. Xullas, korrupsiyaning 
obyektiv sababi pulni yuksak likvidlik xususiyatidadir. Bu pul 
fetishizmini, uni ilohiylashtirishni, unga sig‘inishni yuzaga keltiradi, pul 
hamma narsani hal etuvchi kuchga ega bo‘ladi. Bu esa pulga ochko‘zlikni 
uyg‘otadi. Uni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan tan olish imkoniyati bor kishilarni 
korrupsiyalangan shaxslarga aylantiradi, bular, odatda davlat amaldorlari 
bo‘ladi. Bunda bozor mexanizmining kam layoqatli bo‘lishi kuzatiladi
uning ojizligini davlat mexanizmi to‘ldirib boradi. Davlat mexanizmi 


 592
layoqatli bo‘lib qolganda, uning amaldorlari xizmatiga talab oshadi, 
chunki shunday yo‘l bilan ish bitadi. Bu poraxo‘rlikni ta’minlaydi, 
albatta. Bozor tizimi hozirchalik to‘la mukammal emas, uning 
mexanizmlarida uzilishlar bo‘lib turadi va bu korrupsiyaga qulay sharoit 
hozirlaydi. Demak, korrupsiyaga qarshi kurashning eng ma’qul yo‘li bu 
bozor munosabatlarining o‘zini takomillashtirishdir.
Iqtisodiyotda shunday jiddiy holat kuzatiladi. U o‘sgan sari uning 
ijtimoiy yo‘nalishi kuchayadi, bu esa davlatning ijtimoiy dasturlarini 
moliyalashtirish uchun katta mablag‘ talab qiladi va bu budjetda 
to‘planadi. Budjet mablag‘larining taqsimlanishi amaldorlarga bog‘liq va 
bu ularni pora orqali sotib olishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Davlat 
iste’molining YAIM hissasi kamayishga moyil bo‘lsa-da, uning mutlaq 
miqdori o‘sadi, chunki YAIM ko‘payib boradi. Davlat iste’molini 
qondirish xarajatlari budjetdan moliyalashtiriladi. Davlat iste’moli uning 
xaridini yuzaga keltiradi. Davlat buyurtmasini olish firmalar tovarining 
sotilishini, shunga qarab foydaning tushishini kafolatlaydi. Shu sababli 
buyurtma uchun raqobatlashuv kelib chiqadi. Bu raqobatda pora berish 
ham qo‘llaniladi. Ayniqsa, bu davlatning investitsiyalari ko‘paygan 
kezlarda yuz beradi, chunki davlat iste’molini ortishi yuz beradi. Davlat 
iste’moli jamiyat rivoji uchun zarur, biroq bu korrupsiyaga sharoit 
hozirlaydi. Natijada jamiyat o‘ziga ma’qul va noma’qul hodisalarga duch 
keladi. Demak, korrupsiyani bozor tizimidagi ichki ziddiylik yuzaga 
keltiradi, deb aytish mumkin. 
Korrupsiyaning obyektiv sabablaridan biri – bu davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi va shunga bog‘liq holda biznesni rivojlantirish 
muammolari hal qilinishining davlat amaldorlariga bog‘liq bo‘lishidir. 
Davlatni iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy usullar 
orqali yuz beradi. Bu usullarning qo‘llanilishi amaldorlar faoliyatiga 
bog‘liq. Davlat qo‘lidagi subsidiyalar, soliqlar, imtiyozli litsenziyalar, 
kvotalar, preferensiyalar va buyurtmalar kabi vositalar biznesni tartiblab 
turishda qo‘llaniladi. Ulardan kimning bahramand bo‘lishi amaldorlarning 
munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natijaga 
erishish uchun tadbirkorlar pora berish yo‘li bilan amaldorlarni sotib olish 
va ular orqali imtiyozlarga ega bo‘lishiga intiladilar. Davlatning 
iqtisodiyotiga aralashuvini zarurligi va shuning o‘zi korrupsiyani yuzaga 
keltirishi ham iqtisodiyotdagi ziddiy holatdir. 
Korrupsiya sabablari aniqlanganda, ko‘pgina tadqiqotchilar davlat 
qonunlarining nomukammalligiga urg‘u berishadi. Bu to‘g‘ri, lekin hech 
qachon va hech qayerda abadiy mukammallashgan qonunlar bo‘lmagan. 


 593
Qonunlar odatda real hayotdagi o‘zgarishlardan orqada qoladi, shu sababli 
ular tez o‘zgarib, to‘ldirilib turadi. Mukammal hisoblangan qonunlar vaqt 
o‘tishi bilan nomukammal bo‘lib qoladi, chunki real hayot ilgarilab 
ketadi. Nomukammal qonun bu real hayot talabidan orqada qolgan va 
kelajakni to‘la aks ettirmaydigan qonunlar. Bunday qonunlar yaxshi 
ishlamaydi, natijada korrupsiyaga yo‘l ochiladi. Ko‘pchilik o‘tish davri 
mamlakatlaridagi qonunlar nomukammalligi bilan ajralib turadi, chunki 
bular chetdan andoza olgan holda yaratilgan qonunlar bo‘lib, ular yaxshi 
ishlamagan va bu korrupsionerlarga qo‘l kelgan bir qator MDH 
mamlakatlarida qonunlarning nomukammalligidan ustalik bilan foyda-
langan guruhlar amaldorlarga pora berish vositasida kapital jamg‘arishni 
tezlashtirganligi ma’lum voqeadir. Korrupsiyani qonunlar sifatiga 
bog‘liqligi shuni ko‘rsatadiki, unga qarshi kurashish vositasidan biri 
qonunlarni o‘z vaqtida qayta ko‘rish hisoblanadi.
Korrupsiyaning sababi aniqlanganda, bir qator olimlar va siyosiy 
arboblar davlat amaldorlari ish haqining kamligiga urg‘u berishadi. Bu 
ham poraxo‘rlikka intilishni kuchaytiradi, lekin uning birdan-bir sababi 
emas. Ish haqining ozligi quyi tabaqadagi amaldorlarni poraxo‘rlikka 
undaydi. Ammo katta pora olish yuqori, mansabli amaldorlarga xos. 
Poraxo‘rlik huquq-tartibot organlarida tez-tez uchrab turadi, vaholanki bu 
yerdagi ish haqi va pensiyalar yuqori hisoblanadi. Demak, poraxo‘rlik ish 
haqidan ko‘ra pora olish imkoniyatlariga ko‘proq bog‘liqdir. 
Korrupsiyani lobbizm ham keltirib chiqaradi, biroq har qanday 
lobbizm bunga olib kelmaydi. Ruxsat berilgan, jamiyat tan oladigan 
lobbizm borki, bu ochiq bozor aloqalariga tayanadi. Bunda u yoki bu 
guruh shaxslar yoki firmalar manfaatiga mos keladigan, lekin jamiyat 
uchun zararsiz bo‘lgan qarorlarni davlat idoralari tomonidan qabul qilish 
zarurligini asoslash va bunga ko‘maklashish bilan bog‘liq lobbizm 
korrupsiyani tavsiflamaydi, chunki bu yerda bozor qoidalariga binoan 
lobbistik xizmatlardan ochiqchasiga ularni haqini to‘lagan holda foyda-
lanish yuz beradi. Ammo shu bilan birga xufiyona lobbistik xizmatlar 
borki, ular individual va korporativ manfaatlarni himoya qilgan holda 
boshqalar manfaatiga zid ishlarni amalga oshirilishini bildiradi. Shunday 
bo‘lganda g‘ayriqonuniy lobbizm paydo bo‘ladi, uning xizmat haqi 
poradan o‘zga narsa bo‘lmaydi. Iqtisodi va demokratiya rivojlangan mam-
lakatlarda oshkora lobbizm ko‘proq uchrasa, iqtisodi qoloq va demok-
ratiya rivojlanmagan joyda lobbizm korrupsion faoliyat shakliga kiradi. 
Yuksak likvidli aktivlarning mavjudligi va davlatning iqtisodiyotiga 
aralashuvi, demokratiya darajasi korrupsiyaning obyektiv sabablari 


 594
bo‘lsa, kishilarning ma’naviy darajasi va axloq-odobi, demokratiya 
tamoyillariga sodiqligi korrupsiyaning subyektiv sabablariga kiradi. 
Subyektiv munosabat korrupsiyani kuchaytirish yoki zaiflashtirishi 
mumkin. Biroq bu korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘qota olmaydi, chunki 
uning ildizlari iqtisodiy munosabatlarning naqadar rivojlanganligiga borib 
taqaladi.
Korrupsiyaning negativ hodisa sifatida xavfsizlikka tahdid solishi 
hech kimda shubha tug‘dirmaydi, shu sababli unga qarshi davlat idoralari 
va jamoatchilik tashkilotlari kurashib keladi. Biroq dunyoning hech bir 
mamlakatida, hatto hamma tomondan yuksak rivojlangan mamlakatlarda 
ham korrupsiya tugatilmagan. Jamiyat korrupsiyani cheklab turishi, uni 
katta xavf tug‘dirmaydigan darajaga keltirishi mumkin. Unga qarshi 
kurashish tadbirlarini ishlab chiqish va qo‘llash uchun qaysi sohani 
qanday darajada korrupsiyalanganini bilish talab qilinadi, bunga 
korrupsiyaning miqdoriy tahlili vositasida erishiladi. 
Jahon banki va Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 
1998-yilda o‘tish iqtisodiyotidagi 22 ta mamlakatda olib borilgan 
tadqiqotlari aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi bevosita xorijiy 
investitsiyalar hajmi bilan hukumatning yuqori darajalaridagi korrupsiya 
darajasi hamda yirik hukumat shartnomalarini tuzish davrida olinuvchi 
poralar o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Jumladan, 
1994 va 1999-yillarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi bevosita xorijiy 
investitsiyalar hajmi Belorus, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Ukrainada 
yiliga 20 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Polsha va Sloveniyada bu 
ko‘rsatkich 100 dollar, Vengriya va Chexiyada 200 dollarga yetganligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling