Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Fiskal siyosat. Bu davlatning soliq-budjet siyosatidir, unga binoan
soliqlar belgilanadi, budjet mablag‘lari aniq maqsadlar yo‘lida ishlatiladi. Soliq siyosati soliqlar vositasida budjetga pul to‘plashga qaratiladi. Unga binoan soliq turlari aniqlanadi, soliq stavkalari, soliq solinadigan obyektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi. Soliqlar davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishida qo‘llaniladigan asosiy vositadir. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotni rag‘batlantirish zarur bo‘lganda, soliqlardan imtiyozlar beriladi. Bunda soliq kamaytiriladi, soliqni undirish muhlati cho‘ziladi yoki umuman soliq undirilmaydi. Natijada firmalarga tegadigan foyda ko‘payadi, ular foydani reinvestitsiya qiladi, ya’ni qaytadan ishlab chiqarishni o‘stirishga yuboradi. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekistonda foydadan to‘lanadigan soliq stavkasi 2004- yildan boshlab muntazam tushirilib borilmoqda. Ishlab chiqarish qizib ketganda, uning o‘sishini sekinlashtirish zarur bo‘lsa, soliqlar oshiriladi. Bu usul kapitalning eski tarmoqlardan chiqib, yangi istiqbolli tarmoqlarga ko‘chib o‘tishiga ham yordam beradi, chunki eski joydagi yuqori soliq xarajatni oshirib, foydani kamaytirib yuboradi, yangi joydagi soliqning kamligi foydani oshiradi. 567 Fiskal siyosatda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o‘stirish uchun ikki xil yo‘ldan boriladi: 1) ilgari kiritilgan va hozir amalda bo‘lgan iqtisodiy stabilizatorlarni – vositalarni qo‘llashni davom ettirish. Davlat qonun yo‘li bilan shunday tartibni o‘rnatadiki, unga binoan moliya normativlari (me’yorlari) joriy etiladi. Bular sharoit o‘zgarishiga qarab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilaveradi. Bular jumlasiga soliq stavkalarini, ishsizlik nafaqasi miqdori, daromadlarning inflatsiyaga qarab indeksatsiya qilinishi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish normativlarini kiritish mumkin. Masalan, daromad solig‘i daromad miqdoriga nisbatan 15 foiz qilib belgilansa, daromad ko‘payishi bilan uning miqdori ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshadi. Daromadlarni 80 foiz indeksatsiyalash tartibi o‘rnatilgan bo‘lsa, narx oshgan taqdirda, shu 80 foiz darajada daromad ham ko‘paytiriladi; 2) sharoitga qarab yangi normativlarni kiritish yo‘lidan borish, bu Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling