Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


diskretsion fiskal siyosat


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

diskretsion fiskal siyosat deb yuritiladi. Bu siyosatga asosan yangi soliq 
stavkalari joriy etiladi, yangi soliqlar kiritiladi, budjet mablag‘larini 
sarflash normativlari o‘zgartiriladi. Diskretsion siyosat o‘zgargan 
sharoitga moslashish siyosatidir. Iqtisodiyot bir maromda o‘sib 
borayotganda, birinchi yo‘l, u tanglikka yo‘liqib, undan chiqish kerak 
bo‘lganda, ikkinchi, ya’ni diskretsion yo‘l ustuvor bo‘ladi. 
Fiskal siyosat budjet orqali ham iqtisodiyotga ta’sir etadi. Budjet 
hisobidan davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga katta investitsiyalarni 
yuboradi, milliy iqtisodiyot uchun ahamiyatli ish (masalan, yangi 
texnologiyani yaratish) bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga subsidiya 
beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib olinmaydi, uning 
hisobidan xarajatlar qoplanib, foyda ko‘payadi, bu bilan korxonalar 
rag‘batlantiriladi. 
Budjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini kanda qilmay va 
kerakli miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratiladi. Davlat budjeti 
balanslashgan bo‘lishi, ya’ni daromadlarga qarab xarajatlar qilinishi zarur 
bo‘ladi. Budjet siyosati shundan kelib chiqqan holda budjet defitsitiga 
yo‘l bermaslikni, defitsit yuz bergan taqdirda ham, bu me’yorida 
bo‘lishiga qaratiladi. Budjet siyosati davlatning ichki va tashqi qarzining 
ham me’yorida bo‘lishini ta’minlashi zarur. 
Fiskal siyosat ikki xil bo‘ladi: 
1. Faol fiskal siyosat. Bu qo‘llanilganda diskretsion vositalar ishga 
solinadi, masalan, soliqlar kamaytiriladi, ulardan saylangan tarzda 
bo‘lsa-da siylovlar beriladi, budjetdan transfertlar berish ko‘paytiriladi, 
firmalar subsidiyalar oladi. Bularning hammasi iqtisodiy faollikka olib 


 568
keladi. Firmalar xarajati qisqarib foydasi ortadi, aholining transfertlar 
hisobidan xarid qobiliyati oshadi. Xullas, bu siyosat firmalar va 
xonadonlar talabini oshiradi. Mana shunday yo‘l ko‘p hollarda iqtisodiyot 
qiyinchilikdan chiqib, o‘zini o‘nglab olishi uchun qo‘llaniladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling