Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi me’yori


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi me’yori. Zamonaviy 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini oqilona hal etish davlatning 
iqtisodiyotni tartibga solishi va bozor mexanizmining uzluksiz ishlashi 
samarali uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi. Agar davlat haddan 
tashqari bozor iqtisodiyotiga aralashsa ham bozor mexanizmining 
deformatsiyasiga olib keladi. Bu ishlab chiqarish samaradorligining 
keskin pasayishiga olib keladi va iqtisodiyotning iste’mol talabiga 


 561
mo‘ljalini izdan chiqaradi. Shunday qilib, davlatning bozor iqtisodiyotiga 
aralashuvi chegarasi bozor mexanizmining funksionalligidan kelib 
chiqadi. 
Quyida raqobatli bozorning davlat tomonidagi bozorga aralashuvi 
chegarasi borasidagi talablarining qisqacha tafsilotini keltiramiz. 
1. 
Bozor mexanizmi (talab va taklif, raqobat, narx) ichki 
aloqalarni buzuvchi bozor mexanizmini, davlat harakatlarini rad 
etadi. Gap bunda erkin bozorning amal qilish shart-sharoitlari haqida 
bormoqda. Agar davlat o‘z sektorining haddan ziyod iqtisodiyotdagi 
ulushini ko‘paytirsa, bu xo‘jalik faoliyati erkinligini cheklaydi, bu esa 
iqtisodiyot nodavlat sektorlarining qisqarishiga olib keladi. Agar davlat 
narx-navoga ma’muriy nazoratni kuchaytirsa, bozor mexanizmining 
buzilishiga olib keladi. Chunki narx-navo raqobatli bozorda 
rag‘batlantiruvchi signal hisoblanadi. Bu davlat narxlar ustidan nazoratni 
olib tashlaydi, degani emas. Davlat narx darajasi dinamikasi borasidagi 
mas’ulligini saqlab turadi. 
Bozor mexanizmi o‘ziga nisbatan ta’sir etishning bevosita yoki 
iqtisodiy usullarini qo‘llashga ham yo‘l qo‘yadi. Raqobatli bozor 
xo‘jaligida ma’muriy metodlar mavjud bo‘lish huquqiga ega. Iqtisodi 
rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotni 
iqtisodiy dastaklar bilan boshqarish samarali ekan. 
Raqobatli bozor iqtisodiy dastaklardan ehtiyotlik bilan foydalanishni 
talab etadi. Agar davlat ilmiy asoslanmagan, puxta o‘ylanmagan iqtisodiy 
dastaklarni qo‘llasa, bozor mexanizmining maromi izdan chiqadi. 
Jumladan, puxta o‘ylanmagan soliq yoki pul-kredit siyosati. Yoki 
davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati. Davlat inflatsiyani bostirish uchun 
ma’muriy yo‘l bilan muomalaga chiqariladigan pul miqdorini cheklaydi. 
Pul massasini muomalada cheklash kredit foizini oshiradi. Bu pulga 
bo‘lgan talabni kamaytiradi. Oqibatda investitsiya qisqaradi. Demak, 
iqtisodiy o‘sish darz ketadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida, shuningdek bozor mexanizmini 
mustahkamlash borasida kuchli siyosat olib bormoqda. Bular kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy biznesni 
rivojlantirish, xususiylashtirish, inflatsiyani jilovlash, bandlik siyosati, 
daromadlar siyosati, soliq ayovchanligi va h.k.).
Xullas, davlatning rolini ziddiy omillar belgilaydi. Iqtisodiy 
aloqalarning global tus olishi davlatning rolini kuchaytirsa, o‘zini o‘zi 
tartibga solish imkoni bu rolni cheklab turadi. Shu sababli davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi me’yorida bo‘lishi talab qilinadi.


 562

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling