Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
toifadagi ijtimoiy institut deb ham atash mumkin. Shu sababli uning
ijtimoiy funksiyalari ham kuchayib boradi. Ijtimoiy tanlov nazariyasiga ko‘ra, hozirgi davlatda himoya qilish, homiylik va unumli ishlab chiqarish funksiyalari mavjud. Himoya qilish funksiyasi ijtimoiy xavfsizlik va tartibni ta’minlashdan iborat. Bu vazifani bajarish yo‘lida davlat kuch ishlatishi mumkin va jamiyat davlatga shunday monopol huquq beradi. Davlat kishilarni tinch-totuvlikda va hamkorlikda yashab, bir-biriga zarar yetkazmasligini ta’minlaydi. Davlatning unumli ishlab chiqarish funksiyasi fuqarolarga ijtimoiy ne’matlar yetkazib berishdan iborat. Bu shunday ne’matlarki, davlat fuqarolarga tekinga beradi, ulardan hamma bahramand bo‘ladi. Bu ne’matlarni hamma keragicha oladi, ularni taqsimlashda tenglik qoidasiga amal qilinadi. Bu yerda ijtimoiy ne’matni bir odam olgani holda boshqasi olmasligi mumkin emas. Masalan, davlat huquq-tartibot organlari xizmatidan bir guruh yoki shaxs foydalangani holda boshqasi bundan istisno etilmaydi. Shu tariqa bepul ta’lim, tibbiy, obodonchilik va ekologik xizmatlardan ham foydalaniladi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida: «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega», 41- moddasida: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi», – deb mustahkamlab qo‘yilgan. Agar bozor qonun-qoidalariga binoan, kishilarning iqtisodiy farovonligi jiddiy farqlansa, davlat bergan ijtimoiy ne’matlaridan foydalanish tafovutlarni qisqartiradi. Demak, davlat bozor mexanizmi hal eta olmaydigan ijtimoiy muammolarni yechishda jamiyat nomidan qatnashadi. Fuqarolik jamiyatida davlat kishilarning uyg‘unlashgan irodasini ifoda etadi, umummilliy manfaatlarni himoya qiladi. Bozor mexanizmi iqtisodiy o‘sish muammosini hal etgani holda, ijtimoiy tengsizlik muammosini keltirib chiqaradi. Bu esa beqarorlikni oziqlantiradi. Shu sababli davlat ijtimoiy tengsizlikni yumshatish choralarini izlaydi, u jamiyatning o‘zini ijtimoiy larzalardan saqlab turadi. Davlat jamiyatdagi barqarorlikni faqat 545 siyosiy kuch bilan emas, balki o‘zining ixtiyoridagi moliya resurslariga tayangan holda ta’minlaydi. Hozirgi davlat ijtimoiy davlat bo‘lar ekan, uning ixtiyorida iqtisodiyotning ijtimoiy sektori saqlanadi, ijtimoiy sektor davlat korxonalari bilan cheklanmaydi, balki ijtimoiy ne’matlarni yaratuvchi va xalqqa yetkazib beruvchi turli davlat tashkilotlarini ham o‘z ichiga oladi. Mazkur sektorga budjet tizimi ham kiradiki, bu uning bosh va yetakchi bo‘g‘ini vazifasini o‘taydi, chunki budjet ijtimoiy ne’matlarni yaratishni moliyalashtiradi. Jamiyat davlatga zo‘rlik qo‘llash vakolatini beradi va u shundan foydalanib, budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar undiradi, ya’ni o‘z moliyaviy resurslarini hosil qiladi. Ular hisobidan ijtimoiy ne’matlarni yaratadi. Ijtimoiy ne’matlar tovarlashgan xizmatlar emas, chunki ular bozorga chiqarilmaydi, binobarin, bozor qiymatiga binoan ayirboshlanmaydi, ular bepul taqsimlanadi. Shularni e’tiborga olib, ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini nobozor ishlab chiqarish deb aytish mumkin va bu vazifani davlat bajarishini qayd etish zarur. Ijtimoiy ne’matlarning nobozor usullar bilan taqsimlanishi bir qator ijtimoiy xizmatlarni aholining kambag‘al qatlamlariga ham yetkazib beradi, bu bilan ularning ijtimoiy farovonligi ma’lum darajada ta’minlanadi. Davlat aytilgan xizmatlarni yaratar ekan, bularni resurslar bilan ta’minlash uchun boshqa subyektlar daromadining bir qismini budjetga olib taqsimlaydi. Bu bilan bozor mexanizmi bajara olmaydigan, firmalar va xonadonlar qo‘lidan kelmaydigan ishni bajaradi, ya’ni hammabop ne’matlarni elga yetkazadi. Bu yerda davlat ekstrenal, ya’ni iqtisodiyotga nisbatan tashqi kuch vazifasini o‘taydi, ammo bu iqtisodiyot uchun zarurat hisoblanadi, chunki, birinchidan, ijtimoiy farovonlikka xizmat qiladi, ikkinchidan, ish kuchining takroran yaratilishiga hissa qo‘shadi. Davlat bozor mexanizmi hal etishga qodir bo‘lmagan vazifalarni o‘zining ijtimoiy siyosati orqali bajaradi. Bu ijtimoiy ne’matlardan hammani bahramand etish, ijtimoiy himoya, bandlik va daromad siyosatidir. O‘zbekiston avvaldan faol ijtimoiy siyosat yo‘lini tutdi va mustaqillik yillarida bunga izchil amal qildi. Bu yerda davlat o‘z zimmasiga g‘oyat katta ijtimoiy majburiyatlarni oldi, bu bilan ijtimoiy sohalarni uzluksiz ishlab turishini ta’minlashga, va hatto ijtimoiy ne’matlar ko‘lamini oshirishga erishildi. Bu o‘z navbatida, davlat iste’molining yalpi ichki mahsuloti hissasining katta bo‘lishiga olib keldi. Yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning ijtimoiy tadbirlarga xarajati qariyb 21 yil ichida besh barobardan ziyod ko‘paydi. Davlat ijtimoiyligining kuchayishi uning iste’molini iqtisodiy salohiyat darajasiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishiga olib keldi, aks holda katta 546 ijtimoiy majburiyatlarni bajarib bo‘lmas edi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekiston davlati ijtimoiy sohaga katta resurslarni safarbar etib, uning rivojini ta’minladi. Bu bilan aholining kambag‘al qatlamlariga eng zarur ijtimoiy ne’matlar yetkazib berildi. Bu ne’matlar iste’moli jihatidan aholining aytilgan qatlami o‘rtacha darajaga yaqinlashdi. Davlatning ijtimoiy siyosati – bu insonning tobora yuksalib borayotgan eng muhim hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqarish, insonni himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan siyosatdir. O‘zbekistonda davlatning ijtimoiy himoya siyosati ham ijtimoiy tafovutlarni cheklashga qaratildi. Shu maqsad yo‘lida katta resurslar ajratildiki, ular hisobidan aholining yordamga muhtoj qatlamlariga pul va natural transfetlar shaklida yordam ko‘rsatildi, maqsadli pul to‘lovlari va ijtimoiy imtiyozlar beriladi, kompensatsion ijtimoiy to‘lovlar ajratiladi. Ijtimoiy yordam siyosati kambag‘allar sonini qisqartirishni ko‘zda tutadi. Biroq bu ishda muhtojlarga beriladigan yordam, asosan, ish qobiliyatini yo‘qotganlarga ko‘rsatiladi, ish qobiliyatini saqlagan kishilarga ishlab, daromad topish uchun sharoit yaratiladi. Bu bilan mehnatdan foydalanish hisobiga muhtojlikdan ozod bo‘lish ko‘zda tutiladi. Ijtimoiy barqarorlikka davlatning bandlik siyosati yordamida ham erishiladi. Bu siyosat uch yo‘nalishda olib boriladi: a) mavjud ish joylaridan to‘liq foydalanish asosida bandlikni oshirish; b) davlat tomonidan yangi ish joylari yaratilishini rag‘batlantirish; c) ish kuchi eksportini tashkil etish va rag‘batlantirish. Bu usul ish kuchi taklifini qisqartirish orqali bandlikka ko‘maklashadi. Bandlikning oshirilishi daromad topish hisobidan ham doimiy, ham juz’iy kambag‘allikni qisqartiradi. O‘zbekiston sharoitida bandlikni oshirishning ikkinchi usuli ustunlikka ega. Bu yerda yangi ish o‘rinlari, ayniqsa, arzon ish o‘rinlarining yaratilishi hamma choralar bilan rag‘batlantiriladi. Shu o‘rinda imtiyozli mikrokreditlar alohida ahamiyat kasb etadi, chunki ular kichik biznes, dehqon-fermer xo‘jaliklarida kapital sig‘imi kichik bo‘lgani uchun nisbatan arzonga tushadigan, yaratilishi qiyin bo‘lmagan ish o‘rinlarini hosil etadi. O‘zbekistonda 2013-yilda jami 970 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu yangi tashkil qilingan umumiy ish o‘rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki 65 foizi kichik biznes sohasi va fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish muammosini hal etish 2013-yil va yaqin 547 istiqbolda ham mamlakatimizni muvaffaqiyatli va barqaror rivojlantirishning alohida ustuvor yo‘nalishi va hech mubolag‘asiz eng muhim sharti ekanligini ta’kidladi. «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlari e’tiborini ushbu mas’uliyatli vazifa bo‘yicha ularning shaxsan javobgar ekanligini» Yurtboshimiz qat’iy vazifa etib qo‘ydi. Topshirilgan vazifalarning bajarilishi joylarda ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, ijtimoiy tengsizlik bozor tizimi uchun muqarrar bo‘lsa-da, uning ma’lum me’yori bo‘lib, bundan chiqib ketish ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltiradi. Bu, birinchi navbatda, eng kam va eng yuqori daromadni, ya’ni boylar va kambag‘allar daromadlarining farqlanishiga taalluqli bo‘ladi. Bu farq katta joyda ijtimoiy xatar imkoni mavjud. Aksincha, bu farq kam joyda ijtimoiy muvozanatga moyillik hukmron bo‘ladi. Tengsizlikni aniqlashda odatda 10 foiz boylar va 10 foiz kambag‘allar daromadining nisbati asos qilib olinadi. Xalqaro standartlarga binoan bu (13–15):1 bo‘lishi mumkin. Tengsizlik darajasi bundan oshib ketganda, ijtimoiy xatar tug‘iladi, deb qabul qilingan. Keltirilgan nisbatning me’yoridan chiqib ketishi ko‘pincha iqtisodiyoti yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda kuzatiladi. Biroq bu me’yorni saqlab qolish ijtimoiy siyosatga ham bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyot baquvvat joyda ommaviy farovonlik mavjud, chunki ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar to‘kinchilikni ta’minlab, hayotni farovon qilishga yetadi. Buning dalili sifatida qoloq davlatlarga berilgan beg‘araz yordam miqdorining ortib borishi, ularga berilgan qarzlardan kechib yuborilishini ko‘rsatish mumkin. O‘zbekistonda ijtimoiy tengsizlik mavjud bo‘lsa-da, uning miqyosi kattalashib borishiga yo‘l berilmaydi, aksincha, faol ijtimoiy siyosat amalga oshirilib, kambag‘allarga har taraflama yordam beriladi. O‘zbekiston iqtisodi rivojlangan mamlakatlar safiga kirmasa-da, bu yerda kambag‘allarning daromaddagi salmog‘ining ko‘rsatkichi aytilgan mamlakatlardagidan ancha yuqori, ya’ni 9,2 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston faqat Yaponiya, Vengriya, Norvegiya, Chexiya va Finlyandiyadan orqada, qolgan boshqa hamma mamlakatlardan oldinda yuradi. Bu faol ijtimoiy siyosat natijasidir. O‘zbekistonda aholining tabaqalashuvi o‘z holiga tashlab qo‘yilmasdan, doimo me’yorida saqlanib kelingan. Bu yerda 10 foiz kambag‘allar bilan 10 foiz boylar daromadi o‘rtasidagi farq keyingi paytda 9,5–13,5 -martadan oshmagan. Demak, tabaqalashuv xalqaro 548 standartlar darajasida yuz bergan. Tahlillarning ko‘rsatishicha, O‘zbekistonda daromadlarni boy tabaqa qo‘lida konsentratsiyalashuv (to‘planuv) koeffitsiyenti ham me’yorida. Bu me’yor koeffitsiyenti 0,250 – 0,360 hisoblanadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 1995-yilda – 0,310, 1996-yilda – 0,350, 1997-yilda – 0,421, 1998-yilda – 0,405, 2000-yilda – 0,389, nihoyat 2003-yilda – 0,320 bo‘lgan. Aholining daromadlar bo‘yicha tabaqalashuvining me’yorida saqlab turilishi ijtimoiy hamjihatlikni kafolatlaydi. Ijtimoiy barqarorlik kambag‘allar sonining qisqarib borishi bilan ham bog‘liq. Dunyoda qabul qilingan kambag‘allik me’yori 10 foizni tashkil etadi, ya’ni kambag‘allar butun aholining o‘ndan bir qismini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. Dunyoning mutlaq ko‘pchilik mamlakatlarida bu me’yor ta’minlanmagan. Shu sababli kambag‘allarga yordam ko‘rsatish ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlovchi vosita sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Ijtimoiy xavfsizlik iste’mol darajasi va tarkibini ham me’yorida bo‘lishini talab qiladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling