Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulkdan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlarning o‘sishi
Iste’mol budjeti. Aholi farovonligini o‘zida yaqqol mujassam
etadigan eng muhim ko‘rsatkich bu – oila iste’mol budjetining hajmi va tarkibidir. Ushbu ko‘rsatkich oila yalpi daromadlari hajmi va tarkibiga, iste’mol bozorining zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirilishi hamda oila daromadlarining ana shu iste’mol mahsulotlari va xizmatlarni xarid qilish imkoniyatlariga bog‘liq. Iste’mol budjetida yalpi daromadlar hajmi va tarkibini tahlil qilish muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy tamoyillaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli ijtimoiy siyosat aholi yalpi daromadlarining o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Mazkur islohotlar natijasida 1990–2010-yillar davomida O‘zbekiston aholisining yalpi daromadlari aniq hisob-kitoblar bo‘yicha 8,6 barobar oshdi. 538 Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar ko‘rinishidagi yangi daromad turlari paydo bo‘ldi. Tabiiyki, sobiq mustabid tuzum davridagi markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitida aholining bunday daromad manbalari shakllanishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmas edi. 5-jadval Mulkdan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlarning o‘sishi 1990-yil 2012-yil Mulkdan va tadbirkorlik faoliyatidan, mahsulot sotish hamda xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlarning yalpi daromaddagi ulushi 10,6 51,0 Yangi turdagi bunday daromadlar hissasiga 2012-yilda yalpi daro- madlarning 51,0 foizi to‘g‘ri keldi. Yangi turdagi ushbu daromadlarning afzalligi shundaki, aholining tadbirkorlik sohasidagi faollashuvi oila yalpi daromadlarining jadal ravishda oshib borishi uchun rag‘batlantiruvchi bozor omillarini yaratadi, markazlashtirilgan iqtisodiyot sharoitida keng tarqalgan boqimandalik va daromadlarning bir xilda bo‘lishi darajasini pasaytiradi. O‘rtacha oylik ish haqi miqdorining bosqichma-bosqich oshirib borilishi yalpi daromadlar tarkibidagi, o‘tish davrining dastlabki yillarida bo‘lgani kabi, ulushi yanada pasayib ketishining oldini oldi. Hozirgi paytda aholining yalpi daromadlarida oylik ish haqining ulushi barqaror holat, ya’ni 30–32,1 foiz darajasida saqlab qolinmoqda. Mamlakatimizda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning qabul qilinishi, hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan o‘rta sinfni shakllantirish imkonini berdi. Ekspert xulosalariga ko‘ra, o‘rtacha daromadga ega bo‘lganlar, agar 1990-yilda aholining 18 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda uy xo‘jaliklarini tadqiq etish natijalariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 24 foizga yetgani ayon bo‘ldi. 2010-yilda esa 60 foiz uy xo‘jaliklari o‘rtacha darajadan kam bo‘lmagan barqaror daromadga ega bo‘lgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling