Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Kambag‘allik global muammo bo‘lgani bois, uni tugatish
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Kambag‘allik global muammo bo‘lgani bois, uni tugatish
umumbashariy tus olgan. Buning uchun eng avval kambag‘allik sabablarini aniqlash, so‘ngra uni chegaralash chora-tadbirlarini ishlab chiqish talab qilinadi. Nazariy jihatdan qaralganda kamba- g‘allik sabablarini har xil deb baholash mumkin. Bulardan biri o‘tkinchi bo‘lsa, boshqasi doimiy bo‘ladi. Xalqaro tashkilotlar tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, kambag‘al bo‘lib qolish xavfining yuzaga chiqish sabablariga qarab, uning oldini olish choralari ko‘rilishi mumkin. Kambag‘allik xavfini har xil sabablar yuzaga keltiradi. Kambag‘allik xavfining sabablari orasida muhimlari mavjud. O‘zbekistonga misolida xavfni yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagicha: 1) ishsizlik; 2) o‘tmishda kambag‘allarning ko‘p bo‘lganligi; 3) iqtisodning agrar strukturasi; 4) ekologik holat; 5) aholining tez ko‘payib borishi. Bu sabablar obyektiv bo‘lganligi bois, ularni birdaniga yo‘qotib bo‘lmaydi. Biroq, bu muammoning kuchayishiga yo‘l bermaslik uchun eng avval bandlikni oshirish talab qilinadi. O‘zbekistonda aholi turmush darajasining ortib borishi va kambag‘allik miqyosini qisqartirish eng avvalo umumiqtisodiy o‘sishni taqozo etadi. Ma’lumki, Pareto prinsipiga binoan iqtisodiyot quyi darajadan yuqori darajaga ortgani sari 533 daromaddagi tafovutlar kamroq seziladi. Demak, kambag‘allik miqyosi va darajasi taraqqiyot darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgarib boradi. Kambag‘allik dunyo mamlakatlari kabi O‘zbekiston uchun ham ijtimoiy muammolardan biri sanaladi. Bu muammoni tamomila hal etib bo‘lmaydi, chunki aholining tabaqalanishi obyektiv va iqtisodiyot uchun tabiiy bir hol. Lekin kambag‘allik ijtimoiy to‘qnashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin, bu esa ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltiradi, jamiyat- ning iqtisodiy yangilanishiga to‘sqinlik qiladi, unga xavf solishi ehtimol- dan xoli emas. Shuni hisobga olib, kambag‘allik muammosini yumshatish zarur bo‘ladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bular bandlik va daromadlar siyosatidir. Hozirgi bosqichda kambag‘allik miqyosini qisqartirishning asosiy yo‘nalishi bu investitsiya, shu jumladan xorijiy investitsiyani topish va eng arzon ish o‘rinlarini yaratish hisoblanadi. Bu kambag‘al qatlamlarga mehnati hisobidan o‘z ahvolini yaxshilash imkonini beradi. Ish kuchi eksportini uyushtirish va aholining o‘sish sur’atlari pasayish tendensiyasini saqlash, an’anaviy eksportni saqlagan holda ilg‘or xorijiy texnologiyalarga tayanib, mahalliy arzon xom ashyolarni qayta ishlashga asoslangan eksportni kengaytirish, eksport qiluvchi subyektlarning jahon bozorining yangi segmentlarida mustahkam o‘rnashuvi, milliy bozor hajmini hisobga olgan holda, kichik biznes jumladan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish kabilar katta ahamiyat kasb etadi. O‘tish davr iqtisodida kambag‘allik miqyosining qisqarishi mehnatdagi faollikni oshirish uchun shart-sharoit yaratilishi bilan yuz berishi mumkin. Shuning uchun ishlab topiladigan daromadni va, birinchi navbatda, mehnat daromadini o‘stirish uchun imkoniyat yaratilishi juda muhimdir. Bu hol kambag‘allarning o‘rtacha toifaga o‘tishiga imkon beradi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling