Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɧɢ ɦɨɞɟɪɧɢɡɚɰɢɹ ԕɢɥɢɲ ɣʆɥɢɧɢ ɢɡɱɢɥ ɞɚ-
ɜɨɦ ɷɬɬɢɪɢɲ – ɬɚɪɚԕԕɢɺɬɢɦɢɡɧɢɧɝ ɦɭԟɢɦ ɨɦɢɥɢɞɢɪ // ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2010. – 8 ɞɟɤ.


 524
«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo‘lgan 
mulkdorlar sinfini, ya’ni o‘rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini 
hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning ushbu sohasi 
yurtimizda qanday katta sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini yuqorida 
qayd etib o‘tdik. Bu o‘rinda 2012-yilda mazkur sohaning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 54 foizga yetdi. Bu iqtisodiy jihatdan mustaqil 
bo‘lgan ijtimoiy subyekt, u yuksak mehnat unumini ta’minlaydi, uning 
bilim va malakasi yuqori, siyosiy erkinliklarni kafolatlovchi kuch 
hisoblanadi, asosiy soliq to‘lovchi vazifasini o‘taydi, uning iste’moli 
bozor hajmini belgilaydi, jamiyatdagi iqtisodiy o‘sishni va xalq 
farovonligining yanada yuksak bo‘lishini ta’minlaydi. 
Tabaqalanish jarayonida kambag‘allar qatlami hosil bo‘lar ekan, 
uning o‘lchami ham bo‘lishi kerak. Kambag‘allik chegarasini tirikchilik 
minimumining qiymati belgilaydiki, daromadi shundan kam bo‘lganlar 
kambag‘allarni tashkil etadi. Daromadlar taqsimlanishidagi ɬɚɮɨɜɭɬɥɚɪ
Jini koeffitsiyenti yordamida ham aniqlanishi mumkin. Jini 
koeffitsiyentidan ayrim mamlakat doiralarida shaxslar yoki uy xo‘jaliklari 
o‘rtasida daromadlarning (yoki ayrim hollarda xarajatlarning) mutlaq teng 
taqsimlanishidan ularni real taqsimlanishida yuz beradigan farqlanish 
darajalarini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Nolga teng Jinni koeffitsiyenti 
mutlaq tenglikni, 100 foizga teng bo‘lgan koeffitsiyent esa mutlaq 
tengsizlikni anglatadi. Boshqacha aytganda, Jinni koeffitsiyentining 
maksimal mazmuni (mohiyati) 100 foiz bo‘lib, bu barcha daromadlarning 
qandaydir birgina shaxs yoki xonadon tomonidan olinishini anglatsa
minimal mazmuni – nol esa mutlaq tenglikni ko‘rsatadi. Jinni 
koeffitsiyenti tengsizlikni aniqlashda eng ko‘p tarqalgan o‘lchovdir. 
Jahon banki Jinni indeksining turli yillar bo‘yicha hisoblangan 
ko‘rsatkichlarini beradi. Ular o‘zgarib turganidan har xil chiqadi. 
Daromadlarning ozchilik qo‘lida to‘planishi har xil kechadi, lekin bu 
ko‘rsatkich iqtisodi uncha rivojlanmagan mamlakatlarda yuqori bo‘ladi. 
Boylar va kambag‘allarni daromadlardagi hissasi ham mamlakatlar 
bo‘yicha farqlanadi. 
Tabaqalanishni tahlil etganda, iqtisodiyotning tuzilishini ham nazarda 
tutish kerak. Shu sababli daromadlardagi farqlarni taqqoslash bilan 
kifoyalanib bo‘lmaydi. Bunda iste’moldagi farqlarni ham nazarda tutish 
kerak bo‘ladi. Bu, ayniqsa, o‘tish davridagi mamlakatlar uchun muhim. 
O‘zbekistonda, masalan, daromad haqidagi rasmiy ma’lumotlar iste’mol 
hajmini aniq belgilamaydi, chunki amalda hisobga kirmagan, yashirin 


 525
yo‘l bilan topilgan daromadlar ham borki, ular iste’molda ishtirok etadi. 
Buning ustiga natural iste’mol ham bo‘lib, u pul daromadlarining iste’mol 
buyumlariga aylanishini bildirmaydi. Bu daromad oldi-sotdini chetlagan 
holda xonadon iste’moliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushadi. So‘nggi 
ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda shaharliklar jami iste’mol 
etiladigan oziq-ovqatning 7,2 foizni xarid etmaydilar. Qishloqda esa 
xarid etilmay turib, o‘z xo‘jaligidan olib iste’mol qilingan oziq-ovqat 
26,0 foizni tashkil etgan. 
Aholi kambag‘al qatlamlarining muammolari keskin ijtimoiy 
muammolar bo‘lib, u yoki bu darajada barcha mamlakatlarda mavjud. 
Kambag‘allikning umumsayyoraviy, umumbashariy xarakterga ega 
ekanligi uning sabablari umumiyligidan dalolat beradi. 
Hozirgi dunyo xilma-xil mamlakatlar majmuidir. Dunyodagi 
mamlakatlar iqtisodi rivojlangan, darajasi o‘rtacha va kam rivojlangan 
mamlakatlardan iborat. Ulardan har birining o‘zi turli guruhlarga 
mansubdir. Rivojlangan mamlakatlarda tafovutlar kuchli emas, 
mamlakatlarning iqtisodiy daraja bo‘yicha farqi ikki baravarga yaqin. 
Iqtisodi rivoj topgan mamlakatlarda moddiy to‘kinchilik bo‘lib, mahsulot 
va xizmatlar farovon yashash uchun yetarli bo‘ladi. Gap shundaki, ularni 
qayta taqsimlash jarayonida boylar daromadining bir qismining soliq 
vositasida olinib, kambag‘allarga berilishi mumkin. Shu sababli 
kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lmaydi. Ayni chog‘da boylik katta 
bo‘lganidan uning bir qismi egasidan olinib, kambag‘allarga berilishi 
boylardagi iqtisodiy faollik rag‘batlarini so‘ndirmaydi, iqtisodiy o‘sish 
uchun zarur investitsiyalarni ham cheklamaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda insoniylik prinsiplari ham kuchli bo‘ladi. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, nochorlarga muruvvat qilish, 
muhtojlarga yordam sifatida qilinadigan xayr-ehson uchun sarflanadigan 
pulning miqdori boylikka to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Shu bois, 
rivojlangan mamlakatlarda kam ta’minlanganlar uchun yo‘naltiriladigan 
davlat mablag‘idan tashqaridagi xayr-ehson fondlarining miqdori o‘sib 
boradi. Boy mamlakatlarda daromaddagi ijtimoiy tafovutlarning kichik 
bo‘lishi, kambag‘allikning cheklanganligini keltirib chiqaradi. 
Kambag‘allik darajasini faqat ishlab chiqarish darajasi bilan emas, 
balki aholining o‘sishi bilan ham izohlash zarur. Iqtisodiyotda shunday 
qonuniyat mavjudki, aholi jon boshiga olinadigan daromadlarning o‘sishi 
ishlab chiqarish hajmiga va aholining soniga bog‘liq bo‘ladi. Jon boshiga 
to‘g‘ri keladigan daromadlar ko‘payishi uchun ishlab chiqarishning 
o‘sishi aholi soni o‘sishidan, ko‘payishidan tez borishi talab qilinadi. 


 526
Rivojlangan mamlakatlarda aholining o‘sish sur’atlari pasayishga moyil 
bo‘lgani holda ishlab chiqarish tez o‘sadi, natijada jon boshiga 
hisoblangan daromad ortib boradi. Kam rivojlangan mamlakatlarda 
boshqacha hodisa yuz beradi. Bu yerda ishlab chiqarishning umumiy 
darajasi past bo‘ladi.
Ammo XXI asrga kelib kambag‘allikning yashovchan ekanligi 
namoyon bo‘lmoqda. Hatto jadal iqtisodiy o‘sish ham kambag‘allikning 
darhol tugatilishini kafolatlay olmayapti. Kambag‘allik dunyoda global 
hodisaga aylanib, narkotik moddalar va yuqumli kasalliklar kabi jahon 
jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Qit’alar, davlatlar o‘rtasida va 
davlatlar ichida, odamlarning yashash sharoitlarida katta tafovut mavjud 
bo‘lsa, shubhasizki, butun dunyo mamlakatlarida barqaror rivojlanish 
bo‘lmaydi. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kambag‘allik va 
tengsizlik ko‘lamining ortishi insoniyatga tahdid solayotganligini 
anglagan dunyo jamoatchiligi uning oldini olish usullarini izlashmoqda. 
2000-yilda dunyodagi 160 ta mamlakat yetakchilari BMTning Ming 
yillik deklaratsiyasini qabul qilib, insoniyat taraqqiyotining global 
maqsadlarini ma’qulladilar va bu bilan jahon jamoatchiligi 2015-yilga 
kelib kambag‘allikni ikki baravar qisqartirish maqsadini yana bir bor 
tasdiqladi. 
Mustaqil O‘zbekiston mazkur deklaratsiyani imzolagan davlat 
sifatida faol ijtimoiy siyosat yo‘lini davom ettirmoqda. O‘zbekistonning 
o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan 
biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli 
ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir.
.
Qolgan barcha qoidalar ijtimoiy 
vazifalarni hal etishga, aholini ijtimoiy himoyalash sohasida qat’iy 
kafolatni vujudga keltirishga bo‘ysundirilgan. O‘zbekiston islohotlarni 
bosqichma-bosqich amalga oshira borib, mustaqillikning dastlabki 
yillaridagi og‘ir larzalardan so‘ng daromad va iste’mol darajasini qayta 
tiklashga hamda talabning iqtisodiy o‘sish omiliga aylanishiga erishdi. 
O‘zbekiston BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlari dasturi 
parametrlarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Bugungi kunda 
davlat budjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Ayni 
paytda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 82,5, tabiiy gaz 
bilan ta’minlash 83,5 foizga yetdi, sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh 
qilish va rivojlantirish, o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklarga barham berish 
hamda ularni kamaytirish borasida qat’iy choralar ko‘rildi. Bularning 
barchasi xalqaro hamjamiyat qabul qilgan dastur parametrlarini 


 527
bosqichma-bosqich qo‘lga kiritish imkonini berdi. Internet 
ma’lumotlariga ko‘ra ming yillik rivojlanish maqsadlari ijrosi dunyo 
xaritasida aks ettirilgan. Dastur ijrosi qariyb ro‘yobga chiqarilgan sanoqli 
davlatlar qatorida O‘zbekistonning ham borligini quvonch bilan ta’kidlash 
lozim. Natijada 
ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini 
ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 
barobar ko‘paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani 
va buning natijasida onalar o‘limi ikki barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 
uch barobar kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 
73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetdi
1
.
Islohotlarning hozirgi bosqichida davlat iqtisodiy o‘sish siyosati 
samarasini barcha insonlar uchun daromadlarni oshirishning keng 
imkoniyatlarini yaratishga qaratmoqda. 2004-yilda xalqaro moliya 
institutlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2004–2006 va 2010-
yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining Yashash darajasini 
oshirish strategiyasida jamiyatning turli qatlamlari daromadlaridagi 
tengsizlikning dolzarb muammolari ifodalangan. Bu tajribadan bosh 
xulosa – turmush darajasini oshirish vazifasiga atroflicha (kompleks) 
yondashuvning muhimligidir. 
Barcha rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodi o‘tish davriga xos 
mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish vazifasi ustuvor deb tan 
olinadi. Kam ta’minlanganlarga ijtimoiy nafaqa, subvensiyalar, 
mintaqalar hamda tarmoqlar bo‘yicha dotatsiya va soliq imtiyozlari, 
shahar va qishloq o‘rtasida, bandlik sohasida va ijtimoiy guruhlar 
o‘rtasida daromadlarni tenglashtirish uchun yetarli chora-tadbirlar 
majmui bo‘la olmaydi. Samarali dastur chuqur va muvofiqlashtiruvchi 
yondashuvni taqozo etadiki, unda iqtisodiy o‘sish bandlik va turmushning 
barcha sohalarini qamrab olishi, kam ta’minlanganlar, ayollar va 
yoshlarning daromad olishi va turush darajasini oshirish imkonini 
yaratishi kerak. 
Kambag‘allikka qarshi kurash va turmush darajasini oshirish 
g‘oyasini yangicha tushunish boshlanganini Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining 2005-yilni «Mikromoliyalashtirish yili» deb e’lon 
qilganligi ham dalolat beradi. 
1

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling