Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mulkning iqtisodiy shakli


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mulkning iqtisodiy shakli – ne’matni yaratishning ijodiy mehnat 
jarayonini bevosita tashkil qilish va boshqarish shakli. 
Mulkning endogen (ichki) tizimi – uning uchta tarkibiy darajasining 
o‘zaro bog‘liq va rivojlanuvchi birligi. 
Ichki (endogen) ishlab chiqarish – shaxsning o‘z insoniy kapitalini 
yaratish borasidagi ijodiy mehnat faoliyati; shaxsning uni rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan investitsiyalarni «o‘zlashtirish borasidagi» faoliyati. 
Mulk muammosiga takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan 
yondashish – ijodiy mehnat usuli bilan o‘zlashtirilgan mahsulotning yaratilish 
bosqichidan tortib ushbu ne’matning tabiiy mulkdori muayyan daromad 
olgunicha davom etadigan harakatini tadqiq etish. 
Fuqaroviy yoki sivilitar mulk – fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va 
erkin bozorning asosini tashkil qiluvchi shaxsiy, xususiy va ijtimoiy mulklar 
tizimi. 
Mulkning rivojlanishi qonuni – yuzaga kelgan mulk shakli ertami-
kechmi modifikatsiyalanishini belgilovchi zarurat. 
Mulkning shakllanishi va rivojlanishi qonuni – ayni vaqtning o‘zida 
mulkning tabiiy ravishda yuzaga kelgan shakl va turlarining «rasmiy-
lashuvi»ni, shuningdek ularning obyektiv ravishda o‘zgarishi va modifikatsiya-
sini ifodalovchi ichki aloqalarni aks ettiruvchi qonun. Mulkning shakllanishi 
va rivojlanishi qonunining mohiyati muayyan ne’matlarni o‘zlashtirish 
sohasida yuzaga keladigan munosabatlarning ijtimoiy shakllari ular yaratuvchi 
o‘zlashtirilishining mavjud tabiiy-huquqiy shakl va usullariga muvofiqligining 
obyektiv zarurligidadir. 
Mulkning shakllanish qonuni – ne’matni yaratishning har qanday ijodiy 
mehnat jarayoni ertami-kechmi munosabatlarning muayyan ijtimoiy shakli 
bilan yakunlanadigan zarurat. 
Intellektual mulk – faoliyatning barcha daraja va sohalaridagi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar o‘rtasida intellektual boyliklarning o‘zlashtirilishi va 
keyinchalik mansubligini ta’minlash borasida yuzaga keladigan munosa-
batlarning ijtimoiy shakli. 


 119
Shaxsiy mulk – shaxs hamda xo‘jalik munosabatlarining boshqa subyekt-
lari o‘rtasida shaxsiy ne’matlarni o‘zlashtirish borasida yuzaga keladigan 
munosabatlarning ijtimoiy shakli. 
Jamoat mulki – davlat siymosida namoyon bo‘ladigan jamiyat hamda 
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida insonning jamiyat a’zosi 
sifatida ijtimoiy ne’matlarni o‘zlashtirishi borasida yuzaga keladigan 
munosabatlarning institutsionallashgan tizimi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling