Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Bozorning funksiyalari va tarkibiy tuzilishi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Bozorning funksiyalari va tarkibiy tuzilishi 
Bozor shuning uchun ham zarurki, u bir qator foydali funksiyalarni 
bajaradi. 
1. Bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lash funksiyasini bajaradi.
Tovar harakati uni ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. 
Shu harakatning qanday yuz berishi bozorga bog‘liq. Ma’lumki, har qanday 
ishlab chiqarishdan pirovard maqsad iste’mol uchun tovar yaratishdir. Bozor 
tizimida ehtiyojlar tovarlarni pulga ayirboshlash orqali qondiriladi, chunki 
tovar ishlab chiqarish bor joyda mahsulotlar va xizmatlar bozordan o‘tmay 
turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga kelib tushmaydi. Tovarlarni albatta 
bozordan sotib olish zarur. 
2. Bozor ishlab chiqarishning qaytadan yangilanib turishiga, ya’ni 
uzluksiz yuz berishiga sharoit hozirlaydi. Bozorda tovarlar sotilgach, ularning 
egasi qilgan xarajatlarining pulini chiqarib olish bilan birgalikda foyda ham 
ko‘radi. Tovarni sotishdan tushgan pulga bozorning o‘zidan resurslar olinib, 
ularning o‘rni qoplanadi, ular miqdoran ko‘payadi, ya’ni ishlab chiqarish 
omillari yangidan hosil bo‘ladi. Natijada iqtisodiy faoliyat takrorlanadi. 
3. Bozor iqtisodiy regulator, ya’ni iqtisodiyotni tartiblovchi vosita bo‘lib 
xizmat qiladi. Bunga bozor narxlari orqali erishiladi. Narx pasaygan joydan 
resurslar chiqib ketadi, ular narx oshgan yerga oqib o‘tadi. Bozor talabning 
o‘zgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi haqidagi 
signalni (axborotni) ishlab chiqarishga yetkazadi. Shunga binoan resurslar 
taqsimlanib, kerakli sohalarga yuboriladi va talabgir tovarlarni ishlab 
chiqarishga erishiladi. Mana shu jarayonlar bozor iqtisodiyotini tartiblashda 


 131
qatnashib turishiga dalolat beradi. Shuningdek, pulni resurslar bilan ta’minlab 
pul muomalasini barqarorlashtirish vazifasini o‘taydi. 
4. Bozor turli mamlakatlar, millatlar va elatlar o‘rtasida o‘zaro 
manfaatli iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi. Bozor 
munosabatlari xalqaro iqtisodiy hamkorlikning yetakchi sohasi 
hisoblanadi. Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa 
davlatlari bilan bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘lidir. Bu 
yo‘l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo‘li» nomi 
bilan shuhrat qozongan. Xalqaro savdo-sotiq orqali turli mamlakatlar 
o‘rtasida muntazam aloqalar o‘rnatiladi, davlatlar iqtisodiy jihatidan bir-
biriga bog‘lanadi. Bozor ishlab chiqarishning davlatlararo miqyosda aniq 
ixtisoslashuvini, xalqaro miqyosdagi talab-ehtiyojni mo‘ljalga olib 
yuritilishini taqozo etadi. Xullas, bozor xalqaro aloqalarni o‘rnatish va 
ularni kengaytirish vositasi ham bo‘ladi. 
Bozorning ichki tuzilishiga har xil mezonlar jihatidan baho beriladi. 
Bu mezonlar raqobat, bozor subyektlarining ahvoli, bozor obyektining 
xarakteri, bozor muomalasining miqyosi, bozor aloqalarining qonuniyligi 
kabilardir. Ularning orasida raqobat va subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
mavqei asosiy o‘rinda turadi. Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko‘ra bozorni 
ikki turga ajratish mumkin: a) erkin, mukammal raqobatli bozor; b) nomu-
kammal raqobatli, monopollashgan yoki raqobat mutlaqo bo‘lmagan 
bozor. 
Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko‘pchilik bo‘lib, ulardan 
hech biri bozorda hukmron mavqega ega bo‘lmaydi, aksincha, ular doimo 
raqobatda bo‘lishadi. Bozor ishtirokchilarining aloqasi erkin oldi-sotdi 
munosabatiga asoslanadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling