Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar ayirboshlash.
Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar,
ularni bir-biriga bog‘laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi uni sotish uchun, xaridor esa uni olish uchun chiqadi. Sotuvchilar – bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo‘jaliklari, yakka tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridorlar esa jamiki iste’molchilar, ya’ni xonadonlar, resurslarni olib ishlatuvchi firmalar, davlat idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo‘ladi. Agar aholi bozordan iste’mol buyumlari va xizmatlarni sotib olsa, firmalar va yakka tartibda ishlovchilar asbob-uskuna, mashinalar, yoqilg‘i, elektr energiya, xom ashyo va ish kuchini sotib oladilar. Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, ya’ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo‘ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga qaytadan boshqa tovar sotib olinadi. Tovar pulga ayirboshlanganda (T-P bo‘lganda) sotish operatsiyasi, pul tovarga ayirboshlanganda (P-T) xarid etish operatsiyasi yuz beradi. Demak, bozor munosabatlarida ham tovarlar, ham pul ishlatiladi (1- rasm). Shuning uchun buni tovar-pul munosabati deb aytiladi. 1-rasm. Tovar ayirboshlash. Ɍɨvar Pul Ɍɨvar 123 Ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulot va xizmatlar bozorda tovar shakliga kiradi. Shuning uchun ham tovar deganda, bozorda sotish uchun chiqarilgan narsalar tushuniladi. Hammaning ishi bozorda bitadi, chunki u yerdan pulga barcha kerakli iste’mol buyumlari va resurslarni topsa bo‘ladi. «Hamma narsaning otasi ham bozor, onasi ham bozor» degan gapning ma’nosi mana shunda. Hamma ishning bozorda bitishi uning afzalligi bor degani. Xo‘sh, bu afzallik nimada? Bu bozor aloqalarining iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lishida, albatta. Gap shundaki, hamma narsani o‘zi ishlab chiqargandan ko‘ra, bir xil mahsulotni chiqarib, boshqasini sotib olish nafli bo‘ladi. Tovar yaratuvchining mehnati ixtisoslashgan bo‘ladi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar faqat u yoki bu tovarni ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘ladilar, natijada kasblarning turi ko‘payib boradi. Masalan, XXI asrga kelib yer yuzida 20 mingdan ziyod kasblar paydo bo‘ldiki, ular bilan mashg‘ul kishilar 60 trillion dollardan ziyod (2010-y.) mahsulot va xizmatlarni yaratdilar, bular g‘oyat xilma-xil tovarlar bo‘lib, ularni ishlab chiqaruvchilar bozor orqali bir-biriga yetkazib beradilar. Hozirgi dunyoda, ayniqsa, G‘arb mamlakatlarida iqtisodiyot haqida gap ketganda, faqat bozor iqtisodiyoti anglanadi. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti g‘oyat ko‘p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. Uning mohiyatini anglash uchun unga xos tub belgilarni yaxlitlikda olib qarash kerak. Bu belgilar shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga aylangan bozor iqtisodi sharoitida vujudga keladi, hozirgi eng rivojlangan mamlakatlarda aniq ko‘rinadi. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo‘ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‘nalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib (tartiblanib) turuvchi iqtisodiyotdir. O‘ziga xos mulkiy munosabatlari, ijtimoiy yo‘nalishlari va tartiblanib turish usullari jihatidan bu tizim kapitalistik iqtisodiyotdan va tarixda mavjud bo‘lgan sotsialistik iqtisodiyotdan farq qiladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling