Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Bozor iqtisodiyotining quyidagi s u b y e k t l a r i mavjud
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Bozor iqtisodiyotining quyidagi s u b y e k t l a r i mavjud:
iqtisodiy mustaqil mulk egasi yoxud iste’molchi bo‘lgan ayrim kishilar yoki guruhlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, yer egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o‘z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi; 124 firma, korxona, xo‘jaliklar, ularda band bo‘lgan tadbirkorlar. Ular foyda olish yo‘lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar; davlat, aniqrog‘i, davlatning barcha mahkama-idora tashki- lotlari. Ular ham ishlab chiqarish, ham iste’mol bilan shug‘ullanadilar, bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o‘zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, yer, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o‘z navbatida ishlab chiqarish omillaridan foydalanib, tovar va xizmatlar yaratadilar, ularni taklif etadilar. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi – iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakllari va xo‘jalik yuritish usullarining turli- tuman bo‘lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Turli mulklar muvozanatda bo‘lib, ayrim mulk shaklining hukmronligiga yo‘l berilmaydi. Xo‘jalik yuritish usullari ham har xil bo‘ladi. Yakka tartibda, jamoa-uyushmaga birikkan holda, sherikchilik-paychilik yoxud aksionerlik asosida, o‘z mablag‘iga yoki qarzga olingan mablag‘ga tayanib xo‘jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar birgalikda boradi. Bozor iqtisodiyotiga xos yangi huquqiy tizimning o‘zagini – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil etadi. Shu bois ham, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin», – deyilgan. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning mulk obyekti bo‘lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikka ega bo‘lishidir. Ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi o‘z tovarini yoki pulini o‘zi bilganicha ishlatadi, bunga u haqli. Har bir korxona, tashkilot, kichik biznes bilan shug‘ullanuvchilar, fermerlar, ayrim fuqarolar o‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘ziga ma’qul bo‘lgan ish bilan shug‘ullanadi. Xo‘jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan alohida bo‘ladi, chunki ular, birinchidan, mulk egalari, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har xil ish bilan 125 shug‘ullanadilar. Bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi tadbirkorlar ko‘pchilikdan iborat bo‘lib, tarqoq holda foyda-zararni o‘z zimmasiga olib ish yuritadilar. Ammo ularning faoliyati qanchalik tarqoq bo‘lmasin, baribir bozor orqali bir-biriga bog‘lanadi. Bozor iqtisodiyoti erkin bo‘lganidan, u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Iqtisodiy monopolizm – korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman iqtisodiyotda yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishi. Iqtisodiyotdagi monopolizm ishlab chiqarishning o‘zida, savdo-sotiqda, kredit-bank tizimida yoki iste’mol doirasida mavjud bo‘ladi. Iqtisodiyotdagi monopolizmning tayanchi muayyan mulk shaklining tanho hukmronligidir. Bunday mavqe esa siyosiy hokimiyat va g‘oyaviy sohadagi monopolizmni yuzaga chiqaradi. Iqtisodiy taraqqiyotga yo‘l ochish uchun iqtisodiyotdagi monopolizmni tugatish zarur, chunki mopopoliya o‘z tabiatiga ko‘ra ishlab chiqarishda turg‘unlik paydo qiladi, hukmron mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay, foyda ko‘rishi mumkin, raqobatning yo‘qligi yoki zaifligidan foydalanib, bozorda o‘z izmini o‘tkazishi mumkin. Monopoliya turg‘unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusni chegaralaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti u bilan chiqisha olmaydi. Mana shu jihatdan bozor iqtisodiyoti antimonopol yo‘nalishga ega. Shu bois, davlat raqobatlashish muhitining vujudga kelishi va uni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda davlat tomonidan iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman antimonopol yo‘l tutishga mustaqil- likning dastlabki yillaridan e’tibor qaratildi. Chunki busiz raqobatlashish vaziyati paydo bo‘lmaydi. Shuni nazarda tutib, O‘zbekistonda «Mo- nopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga ko‘ra: bozorda sun’iy taqchillik hosil etish; narxlarni monopollashtirish; raqobatlarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish; raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Biroq mazkur qonun moliyaviy xizmatlar bozorlaridagi raqobatni tartibga solish masalalarini o‘z ichiga olmagan. Bu esa o‘z navbatida, mazkur sohada raqobatga qarshi harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan poralarni amalga oshirishga imon bermoqda. 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunida tovar va moliya bozorlarida raqobat sohadagi munosabatlarni tartibga soladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro munosabatlar manfaatlarni ko‘zlagan holda o‘rnatiladi. Ish yuzasidan bo‘lgan munosabatlar 126 (sheriklik) erkin shakllanadi. Turli ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan manfaatli aloqa o‘rnatadilar. Bozorda esa xaridor bilan sotuvchi bir-birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifatiga va narxiga qarab tanlab olish imkoniga ega bo‘ladi. 2008-yilning avgustida boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi talabning pasayishiga olib keldi. Dunyo mamlakatlarida talabni oshirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqildi. O‘zbekistonda ishlab chiqilgan inqirozga qarshi dasturlar mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi – narxlarning liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. Narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuviga binoan yuzaga keladi. Bozor munosabatiga kelishilgan narxlar xizmat qiladi. Narx pul bilan o‘lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo‘lishi mumkin emas. Pul iqtisodiy munosa- batlarning asosiy vositasi, iqtisodiyotda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadr-qiymati, inflatsiya, valuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat asosiy o‘rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining xususiy, o‘zgalarnikidan alohidalashgan manfaatini bildiradi, lekin bu manfaat yo‘lida kurash qoidalariga rioya qilish shart hisoblanadi. Manfaatlarni yuzaga chiqarishning birdan-bir yo‘li talabgir, ya’ni jamiyat uchun zarur tovarlarni ishlab chiqarishdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali ishlatish ko‘plab va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. Shu jihatdan raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir. Raqobat iqtisodiyotni tartiblovchi va nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobatlashuvchi kuchlar muvozanatda bo‘lib, ulardan birontasi ham monopol mavqega ega bo‘lmaydi. Erkin raqobat cheklanmagan iqtisodiy erkinlikni, xohlagan usulda kurashni, hatto monopoliya hosil etgan holda o‘z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi, chunki raqobatni davlat tartiblab turadi. Tartiblanmagan raqobat iqtisodiy erkinlikka kafolat bera olmaydi, iqtisodiyotni monopollashtirishga intilishni jilovlab tura olmaydi, chunki u o‘zbilarmonlik bo‘ladi. Shakllangan bozor iqtisodiyotida antimonopol kuchlar yuzaga kelib, ular 127 xolis raqobatga yo‘l bergan holda monopollashtirish yo‘lini to‘sadi. Bozor iqtisodiyotining hamma subyektlari uchun bir xil imkoniyat yaratiladi, lekin ulardan foydalana olish ishbilarmonlikka bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy sharoit shunday bo‘ladiki, har bir subyekt uchun raqobat qilish sharti bu ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘ladi. Subyektlar bozorga chiqqan ehtiyoj qondirilganda, zarar ko‘rmaslikni foyda olib ishlaganda, boshqalarga tobe bo‘lmaslikni bilgan holda raqobatga kirisha oladilar. Ijtimoiy foydali ish bilan shug‘ullanish raqobatga yengilmaslik sharti hisoblanadi. Zamonaviy bozor iqtisodiyotida, birinchidan, manfaatlar to‘qnashib Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling