Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mulkning yuridik huquqi spetsifikatsiyasi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mulkning yuridik huquqi spetsifikatsiyasi – mazkur huquqning tegishli 
yuridik vakolatlarga (egalik, foydalanish, tasarruf etish, javobgarlik kabilarga) 
bo‘linishi. 


 120
Xususiy mulk – xususiy ne’matlarni o‘zlashtirish borasida xo‘jalik 
munosabatlari subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarning 
ijtimoiy shakli. 
Mulkning ekzogen (tashqi) tizimi – hozirgi zamon iqtisodiyotida 
mulkning barcha shakllari va turlarining o‘zaro bog‘liq va rivojlanib 
borayotgan birligi. 
Inson kapitaliga bo‘lgan mulkning iqtisodiy shakli – mulkning tabiiy 
tarzda shaxsiy tus oladigan shakli: inson kapitalining iqtisodiy mulkdori 
adolatli ravishda ushbu ne’matni amalda ichki ishlab chiqarish jarayonida 
yaratadigan shaxsdir. 
O‘rta sinf – jamiyatning o‘z tasarrufidagi mulk obyektlari asosida 
kengaytirilgan individual takror ishlab chiqarishni amalga oshiradigan qismi. 
Protoo‘rta sinf – jamiyatning o‘rta sinfiga yaqinlashadigan, uning 
tarkibiga kirishga urinadigan, ammo hozircha tashqaridan, avvalo davlat 
tomonidan bo‘ladigan yordamsiz individual kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni amalga oshira olmaydigan ijtimoiy qatlami. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Mustaqillik yillari mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga 
keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qildi. 
2. Amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning barcha bosqichlarida 
eng muhim dolzarb vazifa sifatida mulkiy munosabatlarni tubdan 
o‘zgartirishga e’tibor qaratildi. Uning tub mohiyati – mulkni haqiqiy egalari 
qo‘liga berishni tezlashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik uchun keng 
imkoniyatlar berish va mulkdorda yangi mulk egasi hissiyotini tarbiyalashdan 
iborat bo‘ldi. 
3. Konstitutsiyaviy tarzda bozor munosabatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi, teng 
huquqli, daxlsiz, davlat himoyasidagi mulk tashkil etishi va bunda ustuvorlik 
xususiy mulkka berilishi qayd etildi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining 
butun dunyoda qabul qilingan tamoyillarga o‘tish, va strategik 
taraqqiyotimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishi sifatida xususiy mulkning 
daxlsizligini mustahkamlashga yuksak e’tibor qaratildi. 
4. Milliy qonunchiligimizda xususiy mulk va mulkdorlarning himoya 
qilish kafolatlarini belgilovchi bir qator huquqiy hujjatlar amal qilmoqdaki, 
ularga ko‘ra, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq 
qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf 
etish huquqidir. 
5. Xulosa o‘rnida qayd etish kerakki, mulkdorlarning davlat organlari 
bilan o‘zaro munosabatlarda huquqlarining ustuvorligi prinsiplari amal qiladi. 


 121
Unga muvofiq, qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish 
bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha 
ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga hal etiladi. 
6. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tez va jadal 
rivojlanishini ta’minlash, shu asosida bugungi kunda jamiyatning eng muhim 
va hal qiluvchi qatlami, ijtimoiy siyosiy barqarorlik hamda xavfsizlik kafolati, 
mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikni ta’minlaydigan o‘rta sinf – ya’ni mulkdorlar sinfini shakllantirish 
deb qaralmoqda. O‘tkazilgan so‘rovlardan ma’lum bo‘lishicha, 2013-yil 1-
yanvarigacha mamlakatimiz aholisining 50 foiziga yaqini o‘zini o‘rta sinfga 
mansub deb biladi, 2000-yilda bu ko‘rsatkich atigi 24 foizni tashkil etgan.
5-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI VA UNING 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling