Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

savdoda maydalab iste’molchilarga sotadilar. Bozorda ishlab chiqaruvchi 
bilan iste’molchining bevosita aloqa o‘rnatishi ham bo‘ladi. Bunda ishlab 
chiqaruvchi o‘z tovarini chakana narxda iste’molchining o‘ziga sotadi. Masalan, 
Toshkentdagi «Yulduz» tikuvchilik firmasi o‘zining do‘konida tovarlarini 
aholiga sotadi, bozorga kelgan dehqon ham o‘z mahsulotini iste’molchiga 
chakanasiga sotadi. 
B. Resurslar bozori. Bu yerda xilma-xil moddiy resurslar va ish kuchining 
oldi-sotdisi yuz beradi. Bu bozorning ishtirokchilari resurslarni ishlab 
chiqaruvchilar va ularni sotib oluvchi firmalar, davlat idoralari va 
xonadonlardan iborat. Bu bozorda moddiy shaklga ega asbob-uskuna, turli 
mashinalar, xom ashyo, butlovchi qismlar, yoqilg‘i, elektr energiyasi, gaz, 
ko‘chmas mulkni tashkil etuvchi binolar, inshootlar va yer oldi-sotdisi yuz 
beradi. Mazkur bozorning maxsus turi bu mehnat bozori bo‘lib, bu yerda 
moddiy shakli bo‘lmagan tovar, ya’ni ish kuchi taklif etiladi. 
Resurslar bozorining xususiyati shundan iboratki, bu yerdan sotib 
olingan tovarlar shaxsiy iste’mol uchun emas, balki ishlab chiqarish 
uchun xizmat qiladi. Resurslar iste’mol tovarlaridan farqliroq ikki xil 
usulda oldi-sotdi qilinadi: 1) resurslar to‘la-to‘kis sotib olinadi. Bunda 
ular sotuvchi mulkidan xaridor mulkiga o‘tib iste’mol qilinadi. 
O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida resurslar sotilib, ular ishlab 
chiqarishda iste’mol etildi; 2) resurslarning o‘zi emas, balki ulardan 
vaqtincha foydalanib turish huquqi sotiladi. Bunda resurs sotuvchi mulki 
bo‘lib qoladi, lekin u ijaraga olib ishlatiladi. Masalan, qimmatbaho 
uskuna, kema, samolyot, mashina, bino, inshoot yoki yer butunlay sotib 
olinmagan holda, u ijaraga olinib, egasiga ijara haqi beriladi. Moddiy 
resurslar bozori O‘zbekistonda Tovar-xom ashyo birjasi, savdo uylari va 
mashina-uskunalar sotuvchi firmalar timsolida gavdalanadi. Uning 
tarkibiy qismi bo‘lgan mehnat bozorining xususiyati shundan iboratki, bu 


 134
yerda insonning mehnat qilish qobiliyati bo‘lgan ish kuchi sotiladi. Biroq 
u tamomila emas, ma’lum vaqtda ishlatib turish uchun sotiladi. 
O‘zbekistonda mehnat bozorining ikki turi amal qiladi: birinchisi, mehnat 
birjalari, bu tashkil etilgan mehnat bozori; ikkinchisi, mardikor bozori, bu 
tartibsiz mehnat bozoridir. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling