Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Intellektual tovarlar bozori
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor ko‘lami
Intellektual tovarlar bozori bozorning maxsus turi bo‘lib, aqliy
mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning ayirboshlanishini bildiradi. Bu yerda sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar hisoblangan 135 ilmiy g‘oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma- xil axborotlarni oldi-sotdi etish yuzasidan munosabatda bo‘ladilar. Bu tovarlar egalari yoki ulardan vakolat olgan firmalar bozorda sotuvchi vazifasini bajaradi. Xaridorlar esa turli firmalar, uyushmalar, davlat idoralari, har xil tashkilotlar va fuqarolar bo‘ladi. Mazkur bozor kichik qismlardan iboratki, ular ilmiy-texnik ishlanmalar bozori, kino bozori, tasviriy san’at bozori, musiqa va tomoshalar bozori, antikvar buyumlar bozori kabilardan tashkil topadi. Intellektual tovarlar bozorida ilmiy- texnikaviy ishlanmalar oldi-sotdisi katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau (patent – yangilikni ishlatish huquqini beruvchi hujjat; litsenziya – ruxsatnoma, nou-xau – ishlatish huquqi egasida bo‘lgan yangilik) sotishdan iboratdir. Bu yerda ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o‘z egasi mulki bo‘laturib, vaqtincha foydalanish sharti bilan sotiladi. Bu bozor ishlab chiqarish novatsiyasiga, ya’ni unga yangilik kiritishga xizmat qiladi, fan-texnika rivojiga ta’sir etadi. Ilmiy-texnik ishlanmalar bozoridagi munosabatlar ko‘pincha mamlakatlararo bo‘ladi. Intellektual tovarlar bozori eng dinamik bozordir, u tez kengayadi, yangi- yangi qismlarga ajraladi. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeining kuchayishidir. Gap shundaki, hozirgi bozor iqtisodiyoti ilmtalab ishlab chiqarishning o‘sishi, turli xizmatlar, eng avval axborot xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Buni internet xizmati bozorining shiddat bilan yer yuzida o‘sib borishi tasdiqlaydi. Mehnat bozori – bu ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Bu yerda insonning mehnat qilish qobiliyati, shartnoma asosida ma’lum muddatga sotiladi. Ish kuchi avvalo iste’mol qilinib, so‘ngra uning haqi to‘lanadi. Bozorning o‘zi yaxlit bo‘lganidek, uning turlari ham bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amal qiladi. Iste’mol tovarlar bozoriga mos holda resurslar bozori tashkil topadi. O‘z navbatida, resurslar bozoridagi holatga qarab mehnat bozori, ilmiy-texnikaviy yangiliklar bozori shakllanadi. Bozor turlarining bir-biriga moslashuvi iqtisodiy o‘sishning sharti hisoblanadi. Iqtisodiyot uchun bozor ko‘lami g‘oyat muhim, chunki bozor qanchalik keng bo‘lsa, shunchalik ishlab chiqarishning o‘sishiga sharoit muhayyo bo‘ladi, ya’ni tovarlar o‘z vaqtida sotiladi, kerakli resurslar sotib olinib, ishlab chiqarish davom etadi. Bozor ko‘lami – bu bozorning katta- kichikligi bo‘lib, oldi-sotdining hajmi bilan o‘lchanadi. Ko‘lam 136 tovarlarning miqdori, ularning narxi va necha marta oldi-sotdi qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mamlakatda, 1 mln. dona tovar yaratilgan bo‘lib, uning o‘rtacha narxi 100 birlikka teng deb olsak, jami tovarlar narxining summasi 100 mln. birlikni bozorda sotadilar. Bozor miqyosi Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling