Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Davlat (bozor iqtisodiyoti subyekti sifatida)


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Davlat (bozor iqtisodiyoti subyekti sifatida) – iqtisodiy o‘sish, ish bilan 
to‘liq bandlik, xo‘jalik sohasidagi barqarorlik, mamlakatning iqtisodiy va 
milliy xavfsizligining yangi sifatini ta’minlash maqsadida iqtisodiyot tizimiga 
ta’sir ko‘rsatish uchun vakolatlarga ega bo‘lgan turli muassasalar majmuidan 
iborat murakkab institutsional tuzilma. 
Bozor muvozanati mexanizmi – talab va taklif hajmi muvozanatda 
bo‘lgan sharoitda obyektiv bozor bahosi o‘rnatilishiga olib keladigan 
iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar raqobatining mexanizmi; talab va 
taklifning belgilangan (statik) darajalarida bozor bahosi shakllanishining 
mexanizmi. 
Nohuquqiy ayirboshlash – xo‘jalik sohasidagi teng huquqqa ega 
bo‘lmagan agentlar o‘rtasidagi noekvivalent ayirboshlash. 
Ayirboshlash – kimdandir istalayotgan obyektni o‘rniga nimadir taklif 
etib olish harakati. 
Ayirboshlashning huquqiy xususiyati ayirboshlashning ishlab 
chiqarish omillarining teng huquqli mulkdorlari qabul qiladigan va ular 
yordamida yaratiladigan ne’matlar oldi-sotdisi borasidagi qarorlar natijasi 
hisoblanadigan ekvivalentligi. 
Raqobatli bozor iqtisodiyoti – mulk shakllarining xilma-xilligi mavjud 
bo‘lgan va huquqiy ayirboshlash transaksiyalari amalga oshiriladigan 
iqtisodiyot. 
Bozor iqtisodiyotida ijtimoiy himoya – har bir shaxsga uning 
rivojlanishi va yaratuvchilik imkoniyatlaridan nihoyatda samarali foydalanishi 
uchun zarur bo‘lgan muayyan turmush darajasining kafolatlanishini 


 144
ta’minlovchi davlat iqtisodiy choralari, shart-sharoitlari va munosabatlari 
tizimi. 
Ijtimoiy yo‘naltirilgan raqobatli bozor iqtisodiyoti – xo‘jalik yuritish 
jarayonlari batamom shaxsni har tomonlama rivojlantirish vazifalariga 
bo‘ysundirilgan iqtisod. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling