143
Bozor iqtisodiyoti – ayirboshlash transaksiyalari amalga oshiriladigan
iqtisodiyot, ya’ni ko‘plab ne’matlar ko‘plab alohida ishlab chiqaruvchilar
tomonidan ayirboshlash uchun maqsadli ishlab chiqariladi.
Bozor iqtisodiy subyektlari – ayirboshlash uchun ne’matlar ishlab
chiqaradigan subyektlar. Bozorga oid bo‘lmagan iqtisodiy subyektlar – natural
xo‘jalik doirasida yaratuvchilik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar.
Uy xo‘jaligi – odatda qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan va
iqtisodiyotning iste’mol sektorida faoliyat ko‘rsatayotgan bir yoki bir necha
shaxsdan iborat iqtisodiy birlik.
Institutsional bozor – xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida
ayirboshlashni tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi institutlarning legal va
yashirin «oldi-sotdisi» sohasida yuzaga keladigan
munosabatlarning muayyan
shakli.
Ma’muriy bozor – iqtisodiy faoliyat sohasidagi «ruxsatnomalar» va
«taqiqlar» oldi-sotdisi borasida amaldorlar byurokratiyasi hamda xo‘jalik
yurituvchi subyektlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarning muayyan
shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: